A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Triduey Komissiyasi Homiylik Tashkilotlari Qo'mitasi tomonidan
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
8.2.
Triduey Komissiyasi Homiylik Tashkilotlari Qo'mitasi tomonidan taqdim qilingan Ichki Nazorat Integratsaviy Dasturi va ichki nazoartning elementlarini aniqlash Ichki nazoratni aniqlanish Har bir Amerika korxonasi umum qabul qilingan buxgalteriya prinsiplari asosida o’z faoliyatlarini yuritishni afzal ko’rishadi va ichki nazoratda moliyaviy hisobotni samarali va ishonchliligini ta’minlash maqsadida ham o’sha prinsiplardan keng foydalanishadi. Eng keng qo’llaniladigan dasturilamal bo’lib Qo’shma Shtatlar ichki nazorat dasturi bo’lib, u Triduey Komission Homiylik Tashkilotlari Qo'mitasidir (TKHTQ). Bu xomiy tashkilotlar birinchi bo’lib 1980- yilda moliyaviy hisobotlarda qallobliklar avj olgan o’sha paytlarda majburiyat yuzasidan tashkil etildi. Bu dastur 2000 yilga kelib moliyaviy inqirozlar yuz berayotgan paytlarda ham ko’pchilik korxonalar tomonidan keng foydalanildi. 2013-yilda esa TKHTQ o’zing dasturini kengaytirdi va texnik ba’zasini yangiladi. Bugun esa, ichki nazorat integratsiyaviy dasturi ( hali ham TKHTQ deb yuritiladi) ichki nazoratni tashkil etishda nafaqat AQSH korxonalari tomonidan balki boshqa davlatlarda ham keng qo’llanilib kelmoqda. Shunday qilib TKHTQ ichki nazorati quyidagicha talqin qilinadi: Bu shunday jarayonki, bunda direktorlar kengashi, ishchilar, menejerlar hatti-harakati bilan uzviy bog’langan bo’lib, bu jarayonda ishonchli axborot bilan 151 ta’minlashga asoslangan operatsiyalar, obyektivlik va ma’lumot berishning samarali ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi elementlar muhim hisoblanadi: - Jarayon joriy operatsiyalarni ya’ni vaqt, joy, makonga muvofiq bo’lishi; - Jarayonda barcha xodimlar birdek ta’sirga ega bo’ladi, ya’ni ularning qay darajada ichki qonun-qoidalarga rioya qilishi, intizomi yoki lavozimi muhim emas balki ularning ichki nazoratni tadrijiy o’tqizishdagi ulushi, qo’shgan hissasi; - Jarayonnining ishonchli ekanligini kafolatlash, hech bir korxona to’laqonli kafolat bera olmaydi albatta, ammo har bir korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlari tomon og’ishmay harakatlanayotganini kafolatlashi lozim; - Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun shaylik, tashabbuskorlik buning ma’nosi shuki, ichki nazorat 3 ta kategoriyaga bo’linuvchi maqsadlarni o’zida mujassam eta oladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan tashqi auditor birinchi navbatda moliyaviy hisobotlarga qaratilgan maqsadlar qanday va qanaqa ekanligiga e’tibor beradi; Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling