A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Firibgarlik xavfini baholash (TKHTQ 8 prinsipi)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Firibgarlik xavfini baholash (TKHTQ 8 prinsipi)
Risklarni baholashning bir qismi sifatida, korxona fribgarlik riski – aktivlarni qonunga xilof ravishda egalik qilish va noto’g’ri moliyaviy hisobotlarni shakllantirish bilan bog’liq risklarni hisobga oladi. Ushbu baholash insonning xatti-harakatlari kutilgan axloqiy me'yorlarga mos kelmasligi mumkinligini anglatadi. Firibgarlik risklarini baholash o’z ichiga moliyaviy hisobotga ta’sir qiladigan firibgarlik riski omillarini, moliyaviy natijalar hisobotida firibgarliklarga sabab bo’luvchi rag’batlantirishlar yoki bosimlarni, firibgarlik uchun imkoniyatlar va ishchilarning firibgarlik faoliyatlariga aralashishlari yoki ratsionalizatsiyalashini oladi, bu esa firibgarlik uchburchagi hisoblanadi. Sezirlarli O’zgarishlarni Aniqlash va Tahlil qilish (TKHTQ 9 prinsipi) Ichki va tashqi holatlar o’zgarishi bilan, korxonaning ichki nazorati ham o’zgarishi mumkin. Bir holatda samarali hisoblangan ichki nazorat, holat o’zgarishi bilan samarali bo’lmay qolishi mumkin. Misol uchun, korxona biznes sohasi yoki biznes modelini o’zgartirsa, yangi nazorat yuritish zarur bo’lishi mumkin chunki korxona yangi risklarni qabul qilgan bo’lishi mumkin. Nazoratga ta’sir qiladigan o’zgarishlarga yana bir misol, korxonada yangi ma’lumotlar tizimi texnologiyalarini joriy qilish bo’lishi mumkin. Tashkilot shuningdek, menejment va boshqa xodimlardagi o'zgarishlarni, ularning ichki nazorat tizimidagi munosabati va tushunchasini ham ko'rib chiqishi kerak. Umuman olganda, asosiy printsip, tashkilot ishonchli moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqarishga ta'sir etishi mumkin bo'lgan ichki va tashqi omillarning o'zgarishini aniqlash va baholash uchun zarur bo'lgan jarayondir. 8.5. Ichki nazoratning nazorat amallari elementi tavsifi va uning prinsiplari TKHTQ elementi: Nazorat amallari 165 Nazorat amallari bu menegmentning yo’nalishiga tegishli nazoratlarni amalga oshirilishiga erishishga yordam beradigan siyosatlar va jarayonlarni o’rnatishdan iborat harakatlar majmuidir. Nazorat amallari jarayonlar orqali amalga oshiriladi, misol uchun, tranzaksiyalar jarayonida hamda texnologiya muhiti ustidan majburiyatlarni taqsimlash. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling