A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Ichki aloqalar (TKHTQ 14 prinsipi)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi aloqalar (TKHTQ 15 prinsipi)
Ichki aloqalar (TKHTQ 14 prinsipi)
Ma’lumotlarning ichki aloqalari butun tashkilot bo’ylab sodir bo’ladi. Misol uchun, barcha ishchi hodimlar ichki nazorat ma’suliyatlariga jiddiy qaralishi lozimligi to’g’risida aniq xabar olishlari darkor. Bu turdagi muloqot davriy xabarnomalar, dam olish xonalaridagi posterlar yoki anchagina rasmiy hisoblangan yuqori menejmentdan hamda direktorlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi holatlarda ishonchli yoki anonim muloqotlashish uchun muloqotning maxsus yo’nalishi zarur bo’ladi, ayniqsa biror ishchi korxonaning faoliyati nimadir noto’g’riligini sezgan bo’lsa. Bu odatda “zimdan gap tashuvchilar faoliyati sifatida qaraladi” va hisobotlar anonim qolish jarayonini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ish beruvchilar zimdan gap tarqatuvchi ishchilarga qarshi harakatlar olib borishga 174 ijozat berilmasliklari lozim. Zimdan gap tashuvchilar jarayoni o’z ichiga audit qo’mitasiga muhim axloqiy hamda moliyaviy masalalarni olib kelish jarayonini olishi lozim. Tashqi aloqalar (TKHTQ 15 prinsipi) Korxona o’zining tashqi sheriklari: aksiyadorlar, biznes sheriklar, mijozlar va nazoratchi bilan ikki tomonlama muloqoti bo’lishi lozim. Menejmentning tashqi muloqoti ichki nazorat va korxonaning qiymati hamda madaniyatining muhimligi to’g’risida aniq xabar jo’natishi lozim. Korxona shuningdek, tashqi sheriklar ham ma’lumot berishlari uchun tegishli mexanizmlarga ega bo’lishi kerak. Misol uchun, mizojlar mahsulot sifatida haqida fikr-mulohaza bildirishlari, sotuvchilar esa sotilgan tavarlarga to’lanadigan to’lovlar haqida savollar berishlari yoki nomunosib ehtimolli hatti-harakatlar to’g’risida shikoyat qilishlari mumkin. Yana bir misol sifatida yirik do’kondorlar odatda boshqa ko’plab sotuvchilar bilan aloqasi borligini keltirishimiz mumkin. Ushbu do’kondorlarning ko’pchiligi bevosita telefon aloqasi o’rnatishadi va shu orqali agar sotuvchilar kompaniyaning sotib olish agenti tomonidan noo’rin harakatlar misol uchun, agar boshqa buyurtmachi tominidan katta buyurtmalar qo'yilgan bo'lsa, va mazkur sotuvchi darhol qaytarish taklifi kabilarni aniqlasa, to’g’ridan to’g’ri kompaniyaning ichki audit departamenti bilan yoki boshqa shunga o’xshash partiyalar bilan aloqa o’rnatishlari mumkin. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling