175
berilishini va tegishli chora tadbirlar ko’rilishini talab qiladi. Monitoringning ikkita
prinsipi muhokama qilinadi.
Doimiy va/yoki alohida baholashlarni olib borish (TKHTQ 16 prinsipi)
Doimiy baholashlar tashkilotning odatiy
takrorlanuvchi amallariga
aylanuvchi
jarayonlar
hisoblanadi.
Amaliy
auditdagi
“
Fast-food
franchayzinglarida monitoring nazorati” maqolasi doimiy baholashlarning misoli
sifatida keltirilgan. O’tkazmalarning kompyuterlashtirilgan monitoringi bu
ko’pchilik korxonalar tomonidan katta hajmdagi o’tkazmalarni arzon narxda qayta
ko’rib chiqish uchun tanlanadigan yondashuv hisoblanadi.
Korxonalar barcha
to’lov o’tkazmalarini ko’rib chiqishni avtomatlashtirish va kelgusida batafsil
o’rganiladigan farqli jihatlarni(anomaliyalarni)
aniqlash uchun dasturdan
foydalanishi mumkin.
Alohida baholashlar odatda maqsadli boshqaruv hodimlari, ichki auditorlar,
yoki tashqi maslahatchilar tomonidan davriy ravishda olib boriladi. Misol uchun,
korxonaning ichki auditorlari barcha to’lovlarning
tanlab olingan miqdorlarida
yillik auditni amalga oshirishi mumkin. O’sha auditning bir qismi sifatida ichki
auditorlar nazoratlar samarali faoliyat olib bormayotgan holatlarni aniqlaydi.
Ma’lum dollar miqdori uchun qilingan to’lovlarni tegishli
hodimdan tasdiqlashni
talab qiluvchi siyosatga ega bo’lgan korxonani tasavvur qiling. Yillik audit
davomida ichki auditor zarur tasdiqlovlarsiz amalga oshirilgan to’lovlarni ham
aniqlshi mumkin. Alohida baholashlar vaqti-vaqti bilan
amalga oshirilgani uchun
ular nazorat kamchiliklarini aniqlashda doimiy baholashlardagidek bo’la
olmaydilar. Ammo alohida baholar nazorat samaradorligiga yangi, obyektiv qarash
bilan qarash imkonini beradi.
Amaliy audit
Do'stlaringiz bilan baham: