A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda menejmenting sust nazoratni


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 
8.8. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda menejmenting sust nazoratni 
baholashni hisobga olgan holda ichki nazorat buyicha javobragligini aniqlash 
Menejmentning moliyaviy hisobot ustidan olib boradigan ichki 
nazoratidagi javobgarligi 


177 
Ishonchli moliyaviy hisobotga erishishda menejment birinchi himoya 
chizig’ini ta’minlaydi deb tushuniladi. Menejment moliyaviy hisobot ustidan 
samarali ichki nazorat shakllantirishga, joriy qilishga hamda saqlab turishga 
majbur. Bundan tashqari menejment moliyaviy hisobot ustidan olib boriladigan 
ichki nazorat bo’yicha yetarlicha xujjatlarni ham saqlashi lozim.  
Ichki nazorat xujjatlari 
Menejment yetarlicha va tegishli ichki nazorat xujjatlarini saqlashi lozim. 
Ushbu xujjatlar ichki nazoratga oid kutilishlar va standardlarga mos kelishi hamda 
aniqlikni ta’minlashi kerak. Shuningdek, xujjatlar yangi hodimga ish o’rgatishda 
yoki barcha ishchilarga ma’lumotlar vositasi sifatida xizmat qilishda ham foydali 
bo’ladi. Bundan tashqari, xujjatlar nazoratlar olib borilayotgani haqida dalillarni 
taqdim etadi, to’g’ri monitoring faoliyatini olib borishga imkon beradi va ichki 
nazorat samaradorligi haqidagi hisobotlarni qo’llav quvvatlaydi. Tashqi auditor 
ushbu xujjatlardan mijozining ichki nazorat tizimini tushunib olishi uchun ham 
foydalanishi 
mumkin. 
Bundan 
tashqari, 
auditor 
mijozning 
nazoratlari 
samaradorligi haqida fikrlarini aytadigan Ford Motor kompaniyasiga o’xshagan 
kompaniyalarda, menejment auditorni menejmentning baholashlarini tasdiqlovchi 
xujjatlar bilan ta’minlashi lozim bo’ladi va ushbu xujjatlarni auditor audit 
dalilining qismi sifatida foydalanishi mumkin. Xujjatlarning tabiati va ko’lami 
korxonalar bo’ylab o’zgarib boradi, lekin ushbu xujjatlar nazorat amallarining 
samaradorligi hamda dizaynini qo’llab-quvvatlashi uchun yetarli bo’lishi lozim. 
 
Moliyaviy o’tkazmalarni qo’llab-quvvatlovchi xujjatlar sifatida 
tashkilot o’zi tomonidan shakllantirilgan o’tkazmalarni amalga oshirish uchun 
ruxsatnomalar dalillarini ta’minlovchi, o’tkazmalarning mavjudligini ta’minlovchi, 
jurnal yozuvlarni tasdiqlovchi hamda moliyaviy majburiyatlarni aks ettiruvchi 
xujjatlarga ega bo’lishi lozim. Nazorat xujjatlari odatda qog’ozda aks etirilgan 
bo’lishi lozim deb qaraladi. Biroq, xujjatlar qog’ozlarda ham elektron tarzda ham 
bo’lishi mumkin. Informatsion axborot tizimida mol-mulkni olishning elektron 
nusxasi mavjud bo’lganda mol-mulk uchun to’lovni amalga oshiruvchi 


178 
avtomatlashtirilgan dastur bo’ladi. Kompyuter dasturi qabul qilingan bilan 
buyurtma qilingan xaridlarni taqqoslaydi va to’lovni amalga oshirishdan oldin 
sotuvchi schyot-fakturasini talab qilishi yoki qilmasligi mumkin. 
Ichki nazoratga taalluqli ishonchli xujjatlarni shakllantirish uchun yo’l-
yo’riqlar quyida keltirilgan: 

Qabul qilingan qog'oz yoki kompyuter tomonidan ishlab chiqilgan 
hujjatlar bitimlarning nazorat qilinishiga va hisobdorligini ta'minlashga yordam 
beradi va to'liqlikni tasdiqlash uchun juda muhimdir. 

O'z vaqtida tayyorlov hujjatlarning ishonchliligi va hisobdorligini 
oshiradi va barcha hujjatlardagi xatolar darajasini pasaytiradi. 

O’tkazmalarning avtorizatsiyasi bayonnomalarda aniq ko'rinib turishi 
kerak. 

O’tkazmalar izlari mavjud bo’lishi kerak, chunki shu orqali 
foydalanuvchi (auditor) o’tkazmani shakllanishidan tortib oxirgi yakuniy qaroriga 
qadar yoki aksincha, kuzatib borishi mumkin bo’ladi. O’tkazmalar izlari ko’p 
maqsadlarga xizmat qiladi, jumladan, mijoz sorovlariga javob berish uchun 
ma’lumotlarni ta’minlash va xatolarni aniqlash hamda to’g’irlash kabilar. 
Elektron o’tkazmalar izining muhim jihatlari quyida keltirib 
o‘tilgan. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling