A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Ichki nazoratdagi kamchiliklarini baholash


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Ichki nazoratdagi kamchiliklarini baholash 
Baholashning bir qismi shaklida, menejment ichki nazorat yaratishdagi yoki 
boshqarish samaradorligidagi kamchiliklardan xabardor bo`lishi mumkin. 
Nazoratdagi kamchilig ishonchli moliyaviy hisob berishdagi oldga qo`yilgan 
maqsadlar amalga oshirila olmaganligi kabi ichki nazoratlardagi bir nechta 
kamchiliklardir. Rejalashdagi kamchiliklar kerakli nazorat nazorat maqsadiga mos 
kela 
olmagan 
vaqtida, 
yoki 
mavjud 
bo`lgan 
nazorat 
munosib 
loyihalashtirilmaganida 
paydo 
bo`ladi, 
natijada 
hattoki 
nazorat 
loyihalashtirilganidek amalga oshirilsa ham nazorat maqsadlari amalga oshmaydi. 
Boshqarishdagi kamchiliklar munosib loyihalashtirilgan nazorat reja qilinganidek 
boshqarilmasa, yoki nazoratga ma`sul shaxs kerakli vakolatga va samarali nazorat 
qilish uchun kerakli bilimga ega bo`lmasa vujudga keladi. Menejment barcha 
aniqlangan nazorat kamchiliklarining qay darajada jiddiy ekanligini baholaydi. 
Kamchiliklarning ikki toifasi diqqatga sazovor: moddiy taqchillik va ahamiyatli 
kamchiliklar. 
Ichki nazoratda moddiy kamchilik 
Moddiy kamchilik bu moliyaviy hisob berish ustidagi ichki nazoratda 
kompaniyaning yillik yoki oraliq vaqt moliyaviy hisobotida jiddiy noto`g`ri 
bayonotning asosli ehtimolligi bor bo`lsa ham muddat tartibida oldi olinmaganligi 
va aniqlanmaganligi kabi kamchilik yoki kamchiliklar kombinatsiyasi. Bunday 
nuqsonlar sababli, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan noto`g`ri bayonotning hajmi va 
ehtimolligiga ko`ra kompaniya o`zining moliyaviy hisob berishi ustidagi ichki 
nazoratni samarali deb xulosa qila olmaydi. Moddiy kamchilik moliayaviy 
bayonotdagi noto`g`ri bayonotlar material, yoki hattoki material bo`lmagan nazorat 


185 
kamchiliklari tufayli kelib chiqqan ekanligini anglatmaydi. Aksincha, bu turdagi 
nazorat kamchiligi moddiy noto`g`ri bayonotga sabab bo`lishi mumkin ekanligi 
asosli ehtimol bo`la oladi. Ammo, qachonki menejment material noto`g`ri bayonot 
sababli nashr etilgan hisobotni qayta taqdim etsa, menejment ichki nazoratda 
material kuchsizlik mavjud bo`lganligini xulosa etsa bo`ladi.
Bir va undan ortiq moddiy kamchilik ka ega bo`lgan tashkilot moliyaviy 
hisob berish ustidagi ichki nazorati samarasiz ekanligini ko`rsatuvchi hisobot nashr 
etadi. Bu hisobot aniqlangan muhim kamchiliklarni bayon etadi. 
Menejment hisobotlarida aniqlangan ichki nazoratdagi moddiy kamchiliklar 
namunalari jadvalda ko`rsatilgan. Esingizda bo`lsin moddiy kamchiliklar 
nazoratning loyihasi yoki boshqaruvida bo`lishi mumkin. 13 – jadval ma`lumot 
almashinish jarayoni ustida nazorat amallariga tegishli dastlabki muhim 
kamchiliklarga alohida e`tibor qaratadi. Lekin, bu bob davomida berilgan turli xil 
misollardan eslangki moddiy kamchiliklar ichki nazoratning boshqa elementlari 
bo`lgan nazorat muhiti, xavf-xatarni baholash, ma`lumot va muloqot, va muntazam 
tekshirib borish kamchiliklarini ham o`z ichiga oladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling