A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Ichki nazoratdagi muhim kamchiliklar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy kamchilik va muhim kamchiliklar o`rtasidagi farqlar
Ichki nazoratdagi muhim kamchiliklar Muhim kamchiliklar bu moliyaviy hisob berish ustida o`rnatilgan ichki nazoratning muhim kamchilikka qaraganda uncha jiddiy bo`lmagan kamchilik yoki kamchiliklar kombinatsiyasi, biroq tashkilotning moliyaviy hisobotining e`tiborsizligiga javobgar bo`lgan shaxslarning e`tiboriga sazovor bo`lish uchun yetarlicha muhim. Muhim kamchilik shu darajada ahamiyatliki u menejment va audit qo`mitasining e`tiboriga olib kelinishi kerak, lekin tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi joyiz emas. Muhim kamchiliklar menejmentning ichki nazorat samaradorligi bo`yicha hisobotiga kiritilmaydi. Moddiy kamchilik va muhim kamchiliklar o`rtasidagi farqlar 187 Menejment aniqlangan nazorat kamchiliklari moddiy kamchilik yoki muhim kamchilik darajasiga ko`tarila oladimi yo`qmi shuni baholashda mohirona hukmdan foydalanadi. Kamchilikning jiddiyligi kamchilikdan tufayli sodir bo`lishi mumkin bo`lgan noto`g`ri bayonotning hajmi va tashkilotning nazoratlari buni oldini ola olishi, yoki hisob raqami balansi noto`g`ri bayonoti yoki fosh etilishining oldini olishi va to`g`irlashi haqida asosli ehtimolning mavjud ekanligiga bog`liq. Menejment aniqlangan kamchiliklarni o`rab turgan muayyan fakt va vaziyatlarni e`tiborga olishi zarur. 14 – jadval ikki xil nazorat kamchiliklari – biri moddiy kamchilik va yana biri muhim kamchilik deb baholanishi ehtimoli katta bo`lgan kamchiliklarni tasvirlaydi. jadval Aniqlangan nazorat kamchiliklarini baholash Bo`lishi mumkin bo`lgan moddiy kamchilik Tashkilot umumiy yillik daromadi daromad hisob raqamidagi noto`g`ri bayonoti umumiy moliyaviy hisobotlariga moddiy bo`la oladigan darajada katta yangi mahsulot tarmog`iga ega. Bu mahsulot tarmog`idan keladigan foyda murakkab ko`p elementli kelishuvlarga ega bo`lgan shartnomalarga asoslangan. Tashkilot bu mahsulot tarmog`iga har hafta davomida ko`plab hududlar bo`ylab ahamiyatli sondagi yangi shartnomalarni a`zo qiladi. Bu yangi shartnomalarni tayyorlashda, standard shartnoma shaklidan foydalaniladi, va standard shartnomaga o`zgarishlar bitimning ma`lum jihatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Yangi shartnoma kompyuterlashtirilgan hisob tizimiga kiritilganda hududiy ofisdagi mijoz hisob raqami xodimi tanish daromad BXUQQSga mos kelishini tasdiqlashi zarur. Nazorat jarayonining bir qismi shaklida, tasdiqlashni amalga oshirgan mijoz hisob raqami xodimi daromad qog’ozini to`ldirishi va tugatilishi haqida imzo qo`yishi lozim. Bu nazorat samarali loyihalashtirilganligini bildiradi. Ammo, menejment nazoratni tekshirgan vaqtida aniqlandiki bu nazorat jarayonlari yangi mahsulot tarmog`i uchun barqaror ravishda hujjatlashtirilmagan yoki taqdim etilmagan. Nazorat samarali boshqarilib kelinmayotgan ekan. Faqat shu faktlarga asoslangan holda, menejment bu kamchilikning quyidagi sabablarga ko`ra material kuchsizlikni ifoda etishini aniqlash ehtimoli yuqori 1) bu kamchilikdan kelib chiqadigan moliyaviy noto`g`ri bayonatning hajmi har hafta sodir bo`ladigan ko`plab muhim yangi savdo bitimlari sababli material bo`lishini kutish asosli va 2) yil davomidagi umumiy savdo bitimlari ham moddiy. Menejment xulosa qila oladiki, material noto`g`ri bayonot sodir bo`lishi ehtimolliligi asosli. Shu bilan birgalikda, ichki nazorat kamchiligidan kelib chiqadigan moliyaviy bayonotlardagi sodir bo`lishi mumkin bo`lgan 188 noto`g`ri bayonotlarning hajmi va ehtimolligi material kuchsizlikning tarifiga mos keladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling