A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
9.2. Dalillar ishonchliligi Ob’ektda ishlashning uchinchi standarti auditor o’z fikrini tasdiqlovchi etarlicha ishonchli dalillar to’plashini talab qiladi. Auditorlik dalillari o’ziga xos tabiatga ega ekanligi tufayli, shuningdek, audit qiymatidan kelib chiqqan holda, auditor o’zi ifodalayotgan fikr mutlaqo to’g’ri deb to’liq ishonch hosil qilishi mumkin emas. Biroq u o’zining fikri etarli darajada adolatli ekaniga ishonch hosil qilishi kerak. Auditor barcha dalillarni taqqoslab, auditorlik xulosasini tuzish uchun haqligiga etarlicha ishonishi bo’yicha bir qarorga kelishi mumkin. Dalillar ishonchliligini belgilab beruvchi uch omil – bu aniqlik, etarlilik va o’z vaqtidalikdir. E’tibor bering, bu sohaga dastlabki ikki omil ob’ektda ishlashning uchinchi standartidan bevosita ko’chirib o’tkazilgan. Ishonchlilik. Ishonchlilik – dalillar ishonchga qanchalik munosib ekanligi va haqqoniy deb hisoblash mumkinligining tavsifidir. Agar dalillarni yuqori darajada haqoniy deb hisoblash mumkin bo’lsa, bu auditorni moliyaviy hisobot xolis taqdim etilganligiga etarlicha darajada ishontira olishi mumkin. Masalan, agar auditor 193 tovar-moddiy qimmatliklarni o’zi qayta hisoblagan bo’lsa, u holda buning natijasida olingan dalillar kompaniya ma’muriyati auditori ixtiyoriga taqdim etgan o’z raqamlariga qaraganda ko’proq ishonchli hisoblanadi. Aksariyat auditorlar, shu jumladan, ushbu kitobning mualliflari ham dalillar puxtaligi atamasidan ishonchlilik sinonimi sifatida foydalanadilar. Dalillar ishonchliligi faqat saralangan auditorlik amallari bilan bog’liq. Saralash hajmini yanada ko’paytirish yoki umumiy to’plamdan boshqa elementlarni tanlash orqali ishonchlilikni oshirish mumkin emas. Uni dalillarning quyida keltirilgan olti tavsifidan bittasi yoki bir qanchasi nuqtai nazaridan yuqoriroq sifatli bo’lgan audit amallarini tanlash orqaligina oshirish mumkin. O’rinlilik. Dalillar o’rinli va audit predmetiga tegishli bo’lishi kerak. Faqat shu holatda dalilni ishonchli deb hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, auditor uning mijozi etkazib berishlar uchun o’z mijozlariga yukxat taqdim etmaydi, degan gumonda (to’liqlik darajasini tekshirish). Agar auditor bu vaziyatda yuklash bo’yicha yukxatlarni tanlasa va ularni tegishli transport hujjatlari bo’yicha tekshirsa, u holda bu dalillar auditning to’liqlik va tugallik darajasini tekshirish kabi maqsadlariga taalluqli bo’lmaydi. Mazkur holatda o’rinli amal saralama transport hujjatlarini yuklab jo’natish uchun mutanosib yukxatlar bilan taqqoslashdan iborat bo’ladi. O’rinlilik darajasi faqat auditning aniq maqsadlari mezonlari bilan belgilanishi mumkin. Dalillar bir maqsadga nisbatan o’rinli va boshqasiga nisbatan noo’rin bo’lishi mumkin. Avvalgi misolda, ya’ni, auditor yuklab jo’natish uchun yukxatlarni transport hujjatlari bilan taqqoslaganda, dalillar moliyaviy hisobot ishonchliligini aniqlash uchun tamomila o’rinli bo’ladi. Aksariyat hollarda dalillar auditning bir necha maqsadlari uchun o’rinli bo’ladi, biroq barchasi uchun emas. Manba mustaqilligi. Xo’jalik tizimidan tashqarida olingan dalillar ushbu tizim doirasida olingan dalillarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. Masalan, tashqi dalillar (banklar, huquqshunoslar yoki mijozlar ma’lumotlari) mijozning 194 o’zidan olingan javoblardan, shuningdek, uning iqtisodiy tizimi doirasidan chiqmaydigan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlardan ishonchliroqdir. Xo’jalik ichki nazorat tizimi samaradorligi. Agar mijozning xo’jalik ichki nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda mijozdan olingan dalillar ham mos ravishda ishonchliroq bo’ladi. Masalan, agar sotish va yukxatlarni rasmiylashtirish bo’yicha xo’jalik ichki nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda auditor yukxatlar va transport hujjatlaridan ular nomaqbul bo’lgan holatga qaraganda ancha ishonchliroq ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling