A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Auditorlik dalillari turlari
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
9.3. Auditorlik dalillari turlari
Qaysi audit amalini tanlash borasida qaror qabul qilar ekan, auditor ixtiyorida dalillarning ettita keng ko’lamli toifasini tanlash imkoni bo’ladi. Ularni dalillar turlari deb nomlaymiz va quyida keltirib o’tamiz. Mazkur bo’limda ularga ta’rif beriladi va batafsil tahlil qilinadi. • Haqiqatdagi nazorat. • Tasdiq. • Hujjatlashtirish. • Kuzatish. • Arifmetik aniqlik. • Analitik amallar. Haqiqatdagi nazorat. Haqiqatdagi nazorat – bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi ko’pincha tovar-moddiy qimmatliklari va naqd pullar bilan bog’liq. Lekin undan qimmatli qog’ozlarni, olingan veksellar va asosiy moddiy aktivlarni tekshirishda ham foydalanish mumkin. Audit maqsadlari uchun haqiqatdagi nazoratni (masalan, qimmatli qog’ozlar bozorida sotishga yaroqli qimmatli qog’ozlar va naqd pul mablag’lari) hujjatlarga asoslangan nazoratdan (masalan, to’langan cheklar va sotish bo’yicha hujjatlar ustidan) ajrata olish muhim ahamiyatga ega. Agar tekshirilayotgan hujjat (masalan, sotish uchun nakladnoy kabi) o’z-o’zicha hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasa, bunday dalillar hujjatlashtirish deyiladi. 198 Masalan, imzo qo’yilguncha chek hujjat hisoblanadi, imzo qo’yilgandan keyin u aktivga aylansa, to’langandan so’ng yana hujjatga aylanadi. Texnik nuqtai nazardan, chekning haqiqatdagi nazorati chek aktiv hisoblangan paytdagina o’rinli bo’lishi mumkin. Haqiqatdagi nazorat (mazkur aktiv real mavjudligini tekshirishning bevosita usuli sifatida) ishonchli va foydali turdagi audit dalillari olish uchun imkon yaratadi. Odatda, haqiqatdagi nazorat – bu aktivning miqdoriy xususiyatlari va uning tavsifi to’g’riligini tekshirishga imkon beruvchi ob’ektiv usuldir. Ba’zi hollarda, u aktiv holatini yoki uning sifat xususiyatlarini baholash bo’yicha ham foydali usul hisoblanadi. Ammo haqiqatdagi nazorat mavjud aktivlar rostdan ham mijozga tegishli ekanini tasdiqlash uchun etarli emas. Bundan tashqari, ko’p hollarda auditor ma’naviy eskirish va asliga muvofiqlik kabi sifat omillari haqida xulosa qilish uchun etarli malakaga ega bo’lmaydi. Haqiqatdagi nazorat yordamida moliyaviy hisobot uchun baholash to’g’ri qilingan-qilinmaganini aniqlash ham, odatda, mumkin emas. Tasdiq. Tasdiq – auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan yozma javob olish bo’lib, unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi. Tasdiq mijozga bog’liq bo’lmagan manbalardan kelib tushayotgani uchun, ular ayniqsa qimmatli va tez-tez qo’llaniladigan dalil turlari sanaladi. Biroq bunday tasdiqlar olish juda qimmatga tushadi. Shuningdek, bu so’rov yo’llangan shaxslar uchun ayrim noqulayliklar tug’dirishi mumkin. Shuning uchun bundan chetlab o’tish mumkin bo’lgan barcha hollarda shunday yo’l tutiladi. Tasdiqdan foydalanish yoki foydalanmaslik alohida olingan vaziyat uchun ishonchliligi yuqori ma’lumotlar qanchalik zarurligi, shuningdek, muqobil dalillardan foydalanish imkoniyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Tashkilotlar o’rtasidagi alohida xo’jalik operatsiyalarini, masalan, oldi-sotdi bo’yicha operatsiyalarni tekshirishda, odatda, tasdiqqa murojaat qilinmaydi, chunki auditor bu maqsad uchun hujjatlardan foydalanishi mumkin. Xuddi shuningdek, asosiy mablag’ tushumlarini audit qilishda ham tasdiq kamdan-kam hollarda ishlatiladi, 199 chunki bu aktivlarni hujjatlar va haqiqatdagi nazorat yordamida etarlicha ishonchli darajada tekshirish mumkin. Agar bu amaliy va o’rinli bo’lsa, har gal auditorlardan debitorlik hisoblaridan saralash bo’yicha tasdiq olish talab qilinadi. AICPA tomonidan ilgari surilgan ushbu talabning amal qilishi boisi shundaki, debitorlik hisobi, odatda, moliyaviy hisobotga nisbatan ahamiyatli va tasdiq bunday hisoblar bo’yicha yuqori darajadagi ishonchli dalilni o’zida aks ettiradi. Boshqa qandaydir hisoblar bo’yicha (debitorlik hisobidan tashqari) tasdiqlar talab qilinmasa-da, dalillarning bu turi ko’p turdagi ma’lumotlarni tekshirishda juda foydalidir. Tasdiq ishonchli dalilga aylanishi uchun, so’rov jo’natilgandan to javob olingunga qadar u auditor nazorati ostida bo’lishi kerak. Tasdiq haqida so’rovlarni tayyorlash, ularni jo’natish va javob olish bilan mijozning o’zi shug’ullanayotgan bo’lsa, bu auditor nazoratni qo’ldan boy berganini, shu bilan birga o’z mustaqilligini yo’qotib qo’yganini anglatadi. Bunday hollarda dalillar ishonchliligi pasayadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling