A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Auditorning bevosita bilimlari. Haqiqatda tekshirishlar, kuzatishlar, hisob-
kitoblar va tadqiqotlar natijasida auditor tomonidan bevosita olingan ma’lumotlar 
ishonchliligi u bilvosita oladigan ma’lumotlarga nisbatan yuqoriroq sanaladi. 
Masalan, agar auditor yalpi foydani savdo hajmining muayyan foizi sifatida 
hisoblasa va uning dinamikasini oldingi davr ma’lumotlari bilan solishtirsa, u 
holda bunday dalillar auditor nazorat tizimiga tayangan holda qo’lga kiritgan 
ma’lumotlarga ko’ra ishonchliroq bo’lishi mumkin. 
Ma’lumot etkazuvchi shaxslarni baholash. Axborot manbai hatto mustaqil 
bo’lgan taqdirda ham, dalillar maqomi ishonchli dalillar bilan ishlashga imkon 
beruvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan holatdagina ularni ishonchli deb 
hisoblash mumkin. Shu sababga ko’ra, advokatlar va banklar keltirgan dalillar
odatda, mijozning ishga oid operatsiyalari bilan yaxshi tanish bo’lmagan 
shaxslardan olingan ma’lumotlarga ko’ra ishonchliroq sanaladi. Bundan tashqari, 
bevosita auditor tomonidan to’plangan dalillar, agar u dalillarni to’g’ri baholash 
uchun etarlicha malakali bo’lmagan holatda ham etarli darajada ishonchli bo’lib 
chiqmasligi mumkin. Masalan, agar tekshiruvchi haqiqiy olmosdan shishani ajrata 
olishiga aniq imkon beruvchi tegishli bilimlarga ega bo’lmasa, brilliant 
buyumlardan iborat tovar-moddiy qimmatliklarni tekshirish ularning haqiqatda 
mavjudligiga oid ishonchli ma’lumotlar bermaydi. 
Ob’ektivlik darajasi. Xolis dalillar ishonchliligini puxta baholash talab 
qilinadigan dalillarga qaraganda ishonchliroqdir. Debitor hisoblar tasdig’i, bank 


195 
ko’chirmalari, qimmatli qog’ozlar va naqd pul mablag’lari inventarizatsiyasi 
natijalari, shuningdek, hisoblar bo’yicha aylanmalar va yakunlarni balans va bosh 
daftar bilan solishtirishni xolis ma’lumotlar sirasiga kiritish mumkin. Sub’ektiv 
axborotlarga misollar tariqasida esa mijoz advokatining ushbu mijozga nisbatan 
davom etayotgan sud ishining ehtimoliy natijalari bo’yicha da’volari, tovar-moddiy 
qimmatliklarni inventarizatsiya qilish jarayonida ularning eskirishini baholash, 
shuningdek, kredit bo’limi boshlig’ining muddati o’tib ketgan debitorlik qarzini 
to’lash imkoniyati haqida xabarnomasi tilga olinadi. Sub’ektiv ma’lumotlarning 
haqqoniyligini baholashda uni taqdim etayotgan shaxsni baholash muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
To’plangan dalillar etarliligi ularning soni bilan belgilanadi. Shuning uchun 
auditor o’ziga dalillar etarli yoki etarli emasligini belgilab olishida auditorlar 
tomonidan qo’llaniladigan saralash hajmi muhim ahamiyatga ega. Aniq amal 
bo’yicha u 200 yoki 100 ta elementli saralashdan dalillar olishi mumkin va ular, 
odatda, birinchi holatda etarliroq bo’ladi. 
Dalillar etarliligiga saralash hajmidan tashqari aniq elementlar tabiati ham 
ta’sir ko’rsatadi. Agar dollarda ifodalangan yirik miqdorli majmua elementlari 
tanlab olingan bo’lsa, u holda bu xatolarni aniqlash ehtimolini unchalik 
oshirmaydi. Lekin majmuaning reprezentativ elementlaridan iborat saralash, 
odatda, etarli hisoblanadi. Aksincha, aksariyat auditorlar dollarda ifodalanuvchi 
yirik miqdorlarga ega majmui elementlarinigina o’z ichiga oluvchi saralashlarni 
etarli deb hisoblashmaydi. 
Auditorlik dalillarining o’z vaqtidaligini ikki yoqlama ko’rib chiqish 
mumkin: yoki ushbu dalillar to’plangan vaqt bo’yicha, yoki umuman audit 
qilinayotgan davr bo’yicha. Agar dalillar balans sanasiga iloji boricha yaqinroq 
to’plangan bo’lsa, ular, odatda, ishonchliroq bo’ladi. Masalan, balans sanasi uchun 
qimmatli qog’ozlar likvidligining auditor baholash ularni ikki oy avval 
baholashdan ko’ra anchayin ishonchlidir. Foyda va zarar hisobotiga kelsak, 
davrning qandaydir bir qismini emas, balki to’lig’icha o’z ichiga qamrab olgan 


196 
saralashga ega bo’lingan holatda dalillar yanada ishonchli hisoblanadi. Misol 
uchun, butun yil uchun sotishlar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarining ixtiyoriy 
saralashi ushbu yilning faqatgina dastlabki olti oyini o’z ichiga olgan saralashdan 
ishonarliroqdir. 
Birlashgan samara. Dalillarning ishonarlilik darajasini ishonchliligi, 
etarliligi va o’z vaqtidaligini umumiy baholashdan keyingina baholash mumkin. 
Yuqori darajali ishonchli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan saralash agar o’sha 
axborot o’z vaqtida bo’lgan holatdagina ishonarli bo’ladi. Xuddi shuningdek, 
hajman katta, biroq ishonchsiz axborotlarni o’z ichiga olgan saralash ishonarli 
bo’lmaydi. 
Dalillarga nisbatan to’rt qaror bilan ularning ishonarlilik darajasini belgilab 
beruvchi uch xususiyat o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa mavjud.
Auditor moliyaviy hisobotning muhim pozitsiyasi hisoblanuvchi tovar- 
moddiy qimmatliklar bahosini tekshiryapti, deb tasavvur qilaylik. Umum qabul 
qilingan auditorlik standartlari auditor tovar-moddiy qimmatliklari bahosida 
haqiqiy ahvolni buzib ko’rsatuvchi holatlar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil 
qilgan bo’lishini talab etadi. Shuning uchun, auditor ushbu tovar-moddiy 
qimmatliklari bahosi bo’yicha ishonchli va o’z vaqtida olingan dalillarni etarli 
hajmda to’plashi kerak. Bundan kelib chiqsak, u tovar-moddiy qimmatliklari 
bahosini audit qilish uchun ishonarlilik talablarini qondiradigan amallarni
shuningdek, tarkibida etarlilik talablarini qondirishi mumkin bo’lgan elementlar 
mavjud saralash hajmini tanlashi lozim. Nihoyat, auditor ushbu amallarni qachon 
bajarish lozimligini hal qilishi kerak bo’ladi. Dalillarga nisbatan ushbu to’rt qaror 
uyg’unligi natijasida esa auditorda tovar-moddiy qimmatliklarini baholashda jiddiy 
xatoliklar yo’qligiga ishonch paydo bo’lishi kerak. Tovar-moddiy qimmatliklari 
bahosi haqida so’z yuritiladigan audit dasturi bo’limi esa bu qarorlarni aks ettirishi 
lozim. 
Ishonarlilik va qiymat. Auditorlik dalillari haqida qarorlar qabul qilishda, 
ularning nafaqat ishonchliligi va ishonarliligini, balki qiymatini ham hisobga olish 


197 
zarur. Axborotni tekshirish uchun faqat allaqanday bir turdagi dalillar zarur 
bo’lgan holatlar juda kamdan-kam kuzatiladi. Bunday axborotning eng yaxshi 
turini (yoki eng yaxshi turlari birikmasini) tanlashdan oldin, barcha muqobil 
variantlarning ishonarliligi va qiymati diqqat bilan tahlil qilinishi kerak. 
Auditorning maqsadi – ushbu ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin 
bo’lgan ishonchli va o’z vaqtida olingan dalillarni etarli hajmda qo’lga kiritishdan 
iborat. Shuningdek, bu maqsadga imkon qadar kamroq xarajatlar bilan erishilishi 
lozim. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling