A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
To'rtta umumiy tahliliy amallarni tasvirlash
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
10.2.To'rtta umumiy tahliliy amallarni tasvirlash.
Umumiy tahliliy amallar trend tahlil qilish, nisbatlar tahlili, statistik va ma'lumotlarni intellektual tahlili va mulohazakor testlarni o'z ichiga oladi. Trend tahlil qilish bu- uzoq vaqt davomida hisob balansidagi o'zgarishlar tahlilidir. Nisbatlar tahlili bu- buxgalteriya hisobotidagi schyotlar o'rtasidagi munosabatlar taqqoslash, schyotlarni nomoliyaviy ma'lumotlar bilan taqqoslash yoki bir sanoat kompaniyalari o’rtasidagi munosabatlarni taqqoslashdir. Mulohazali testlar bu- schyot qoldiqlari bo’yicha tahlil yoki schyot qoldiqlarining "asosliligi" jihatidan, kutilayotgan schyotlar o’rtasidagi munosabatlar miqyosida buxgalteriya hisobining schyotlari bo’yicha qoldiqlar o’zgarishlaridir. Ma'lumotlarni intellektual tahlili katta hajmdagi yoki yashirin ma'lumotlarni kutilmagan ma'lumot yoki modelni aniqlash maqsadida o’rganishni,shuningdek, murakkab statistik tahlil qilishda foydalaniladigan kompyuter vositalari metodlari yig’indisidan iborat. Buning uchun auditorlar odatda auditning kompyuter-dasturiy ta’minotidan foydalanadilar.(CAAT) Umumiy tahliliy amallar: trend tahlil qilish, nisbatlar tahlili, statistik ma’lumotlar va ma'lumotlarning intellektual tahlili, mulohazakor testlar.Tahliliy 215 amallarning turi professional fikrlashning predmeti orqali aniqlanadi. Audit amaliyotini shuni ko'rsatmoqdaki, oddiy qasddan yondashuvlar (masalan, taqqoslash va nisbatlar tahlili) murakkab statistik usullarga (masalan, vaqt qatorlarini modellashtirish yoki regression ) qaraganda ko'proq tez-tez ishlatiladi. Bu amallar odatda, qoidaga ko’ra, kompyuter- dasturiy ta'minot (masalan CAAT) yordamida amalga oshiriladi. ■ Trend tahlil qilish Trend tahlil qilish- joriy davrdagi balans schyotlari yoki munosabatlarning o'zgarishini tahlilidir. Trend tahlili orqali o'tgan yilgi balans schyotlarini joriy tekshirilmagan balansga nisbatan yoki ko’plab boshqa davrdagi qoldiqlarga nisbatan solishtirish mumkin. Hisob yoki munosabatlar ancha aniqroq bo'lsa, trend tahlil har qachongidan ko’ra yaxshiroq ishlaydi (masalan, barqaror muhitda ijara xarajatlari). Audit qilinayotgan korxonada qandaydir sezilarli buxgalteriya yoki operatsion o’zgarishlar ro’y bergan paytda unchalik ham samarali bo'lmaydi. Trend tahlilini o'tkazish soni muomalalar barqarorligining bir funksiyasi hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida barqaror muomalalar ko'proq bo’lsa, shunchalik nisbatlar qiymati aniqroq bo'lishi mumkin. Jamlanma darajadagi trend tahlili nisbatan noaniq hisoblanadi (masalan, konsolidatsiyalashgan asosda), chunki jamlanma schyotlarning balansiga mavjud xatolik odatda kamroq bo’ladi. Trend tahlilining aniq bo’lishi- ma'lumotlarni qismlarga bo’lib o’rganishdir (masalan, bozor segmentlari, mahsulot yoki joylashuv, shuningdek, oylik yoki choraklik va yillik asosda). ■Nisbatlar tahlili Nisbatlar tahlili moliyaviy hisobotning schyotlari o'rtasidagi munosabatlarni taqqoslash, schyotlarni nomoliyaviy ma'lumotlar bilan taqqoslash, yoki bir sohadagi kompaniyalarni taqqoslash bo’lib hisoblanadi. Nisbatlar tahliliga yana bir misol (ba'zan umumiy hajm tahlili deb ataladi) bu- schyotlardagi barcha qoldiqlarni yoki jami summadan aktivlar yoki daromadlar ulushi o'rnatish. Schyotlar o’rtasidagi munosabatlar yetarlicha aniq bo’lganda likvidlik darajasini 216 tahlilini qo’llash o’rinli bo'ladi (masalan, savdo va debitorlik qarzlari o'rtasidagi munosabatlar). Nisbatlar tahlili, trend tahlil qilishga nisbatan samaraliroq bo'lishi mumkin, buxgalteriya balansi va daromadlar to’g’risidagi moliyaviy hisobot taqqoslanganda, ko'pincha g'ayrioddiy o'zgarishlarni oshkor qilishi mumkin. Tahliliy amallarda qo’llaniladigan nisbatlar tahlilining besh turi mavjud: 1.mijozlar va sanoat haqidagi ma'lumotlarni solishtirishtiruvchi koeffisiyentlar; 2.o’tgan davr ma'lumotlari bilan mijozning o’xshash ma'lumotlarini taqqoslovchi koeffisiyentlar; 3. mijoz ma'lumotlarini ma’lum natijalarni kutayotgam mijozlar ma’lumotlari bilan solishtirish koeffisiyentlar; 4.mijoz ma'lumotlarini ma'lum bir auditor kutayotgan natijalarni bilan taqqoslovchi koeffisiyentlar; 5.mijoz ma'lumotlarini nomoliyaviy ma'lumotlardan foydalangan holda kutilayotgan natijalar bilan taqqoslovchi koeffisiyentlar. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling