A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-BOB. TAHLILIY AMALLAR 10.1.Tahliliy amallarning umumiy holatini tushunish.
Nazorat uchun savollar: 1. Auditorlik dalillar nima? 2. Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud? 3. Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud? 4. Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud? 212 5. Auditda ishchi hujjatlar nima? 6. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz? 213 10-BOB. TAHLILIY AMALLAR 10.1.Tahliliy amallarning umumiy holatini tushunish. Tahliliy amallar boshqa tegishli ma'lumotlarga zid keluvchi yoki bashorat qilinayotgan miqdorga mos kelmaydigan, jumladan, chetga chiqishlar va turli munosabatlar natijasida yuzaga keluvchi muhim koeffitsiyentlar va tendentsiyalar tahlilidan iborat. Boshqa so'z bilan aytganda, tahliliy amallar schyot qoldiqlari yoki boshqa ma'lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun foydalaniladigan taqqoslash va munosabatlar tahlilini talab qiladi. Ushbu amallar auditorga predmetlarga kengroq nazar tashlash va savolga javob berish imkonini beradi: Raqamlari qandaydir ma'noga egami? Tahliliy amallardan foydalanishning asosiy yetakchiligi ma'lumotlar orasida to’g’ri munosabatlar borligi va bu munosabatlar tahminga asoslanganligidir. Tahliliy amallar korxonaning moliyaviy hisobotini o'tgan davr ma'lumotlari bilan taqqoslashni, byudjetlar va shunga o’xshash soha ma’lumotlari kabi kutilgan natijalarni o'z ichiga oladi. Tahliliy amallar moliyaviy axborotlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun qo’llaniladi. Bular xodimlar soni va mehnat xarajatlari o'rtasidagi munosabatlar, subyekt tajribasiga asoslangan yalpi foyda foizlari, shuningdek, moliyaviy va nomoliyaviy axborotlar o’rtasidagi munosabatlardir. Tahliliy amallarni qo’llash auditorlik tekshiruvlari xarajatlari nuqtai nazaridan eng samarali yondashuv hisoblnadi. Tahliliy amallardan auditor quyidagi maqsadlarda foydalanadi: Xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchilklar sohasini belgilovchi g’ayrioddiy yoki noto’g’ri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash; Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatini o’rganish; Korxona moliya-xo’jalik faoliyati uzluksizligining istiqbolini baholash; Mufassal auditorlik amallari sonini qisqartirish; 214 Mijoz hisobi va hisobotida ko’zda tutiladigan kamchiliklarning o’rnini aniqlash; Yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlash. Auditorga auditni o’tkazishda tahliliy amallarni qo’llash auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasinibelgilash imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda boshqa auditorlik amallari soni va hajmini qisqartirish, auditorga audit vaqtida uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirish, qo’shimcha auditorlik amallarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifalarini bajaradi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling