A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Umumiy ma’lumot. Ba’zi ishchi hujjatlar moliyaviy hisobotdan muayyan 
summani tasdiqlash uchun mo’ljallangan ma’lumotlarni emas, joriy davr uchun 
umumiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday axborotlar orasida – 
auditni rejalashtirish bo’yicha qaydlar, direktorlar kengashi majlislarining qisqacha 
mazmuni yoki bayonnomalari, doimiy fayllarga kiritilmaydigan shartnoma yoki 
bitimlarning qisqacha mazmuni, mijoz bilan nizolashuv sabablari, ishchi hujjatlar 
tekshiruvlari bo’yicha eslatmalar, shuningdek, umumiy xulosalar bo’ladi. Bu erga 
nazorat riskini baholash bo’yicha hujjatlarni ham kiritish mumkin. 
Ishchi namunaviy balans. Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun asos bosh 
kitob bo’lgani bois, tadqiq qilishda eng asosiy e’tibor unga kiritilmagan 
summalarga qaratiladi. Balans sanasidan keyin imkon qadar tez fursatda auditor yil 
oxiri uchun qoldiqlar va bosh kitobdan aylanmalar bo’yicha ma’lumotlarni oladi 


208 
yoki tayyorlaydi. Qoldiqlarning tizimli ro’yxati ishchi namunaviy balansni o’zida 
aks ettiradi. 
Ko’pchilik kompaniyalar, auditorning ishchi namunaviy balansi moliyaviy 
hisobot bilan bir xil shaklga ega bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Namunaviy 
balansdagi har bir band Bosh kitob hisoblarini detallashtiruvchi sintetik hisob 
ma’lumotlariga asoslanadi. Analitik hisobning har bir hisobi esa, o’z navbatida, 
sintetik hisobning tegishli ma’lumotlarini qo’llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, 
bunday muvofiqlik bajarilgan auditorlik ishidan dalolat beradi va auditor 
tomonidan chiqarilgan xulosalar uchun asos bo’ladi. 
Aylanma 
vedomostlarga 
tuzatishlar 
kiritish
Auditor 
buxgalteriya 
yozuvlarida jiddiy xatolarga duch kelganda, bunday moliyaviy hisobotlarga 
tuzatish kiritilishi taqozo etiladi. Masalan, agar mijoz eskirgan xom ashyosi borligi 
tufayli o’z tovar-moddiy qimmatliklari bahosini kamaytirmagan bo’lsa, u holda 
auditor ularning haqiqiy qiymatini aks ettiruvchi tuzatish yozuvi zarurligini 
ko’rsatishi mumkin. Audit davomida aniqlangan xatolar haqida bunday tuzatish 
yozuvlarini, odatda, auditorning o’zini kiritsa-da, shunga qaramay, ular mijoz 
tomonidan ma’qullanishi lozim. Chunki moliyaviy hisobot ob’ektiv tarzda taqdim 
etilishi uchun javobgarlik birinchi navbatda kompaniya ma’muriyati zimmasiga 
yuklatiladi. 
Buxgalterlik ma’lumoti taqdim etilishini tuzatish uchun ko’pincha hisobotga 
tuzatuvchi va xulosalovchi yozuvlar ham kiritiladi. Bu hatto bosh kitobda aylanma 
va saldo to’g’ri bo’lganda ham kuzatiladi. Materiallar uchun debitorlik qarzi 
summasini tushum hisobiga o’tkazish shunga oid keng tarqalgan misollardan biri 
sanaladi. Bosh kitobda debitorlik qarzi kompaniyaning kundalik faoliyati nuqtai 
nazaridan aks ettiriladi va bunday yozuv mijozning Bosh kitobiga kiritilmasligi 
mumkin. 
Umuman, moliyaviy hisobot ob’ektiv taqdim qilinishiga sezilarli ta’sir 
ko’rsatuvchi tuzatish va xulosalovchi yozuvlargina kiritilishi lozim. Xatolarga 
qachon tuzatish kiritish lozimligi haqida qaror qabul qilish uning jiddiylik 


209 
darajasiga asoslanadi. Auditor agar bir necha kichik xato tuzatilmagan bo’lsa, 
ularning umumiy ta’siri tufayli jiddiy xatolik yuzaga kelishi mumkinligini ham 
inobatga olishi darkor. Auditorlar hisobga olinmagan barcha yozuvlarning umumiy 
ta’sirini aniqlash uchun ko’pincha ularni alohida ishchi hujjatlarga kiritib boradi.
Yordamchi yozuvlar. Ishchi hujjatlarning eng muhim qismi moliyaviy 
hisobotning aniq summalarini tasdiqlash uchun auditor tomonidan tuzilgan 
yordamchi yozuvlarni o’z ichiga oladi. Mazkur yozuvlardagi turli ma’lumotlardan 
ancha keng foydalaniladi. Audit tegishli tarzda o’tkazilganini va ishchi 
hujjatlarning qolgan maqsadlariga erishilganini tasdiqlash uchun, auditning har bir 
elementi uchun mutanosib turdan foydalanish zarur. Biz quyida yordamchi 
yozuvlarning asosiy turlarini sanab o’tamiz. 
Tahlil. Tahlil butun tadqiqot davri mobaynida u yoki bu balans hisob 
doirasida faoliyatni namoyish qilish uchun mo’ljallangan. U ma’lumotlarning davr 
boshi va oxiri uchun o’zaro bog’liqligini tasdiqlaydi. Odatda, likvid qimmatbaho 
qog’ozlar, berilgan veksellar, shubhali qarzlar bo’yicha to’lovlar, mol-mulk, 
binolar, asbob-uskunalar, uzoq muddatli qarz kabi hisoblar tahlili amalga 
oshiriladi. Bu hisoblar xo’jalik tizimi faoliyatining muhim jihatlarini aks ettiradi. 
Aksariyat hollarda tahlil bo’yicha ishchi hujjatlarda boshqa ishchi hujjatlarga 
ko’ndalang havolalar mavjud bo’ladi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling