A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Ishchi hujjatlar mazmuni va tashkil etilishi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Ishchi hujjatlar mazmuni va tashkil etilishi 
 
Tepadan pastga: 
Hisobot va auditorlik xulosasi 
Ishchi namunaviy balans 
Aylanma vedomostlarga tuzatish kiritish 
Majburiyatlar bo’yicha e’tirozlar va xarajatlar 
Operatsiyalar 
Passivlar va kapital
Aktivlar
Analitik amallar 
Xo’jalik operatsiyalari tekshiruvi 
Xo’jalik ichki nazorat tizimi 
Umumiy ma’lumotlar 
Audit dasturlari 


206 
Doimiy fayllar 
Ular moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasi bilan yakunlanadi. Ularning 
o’rtasida auditor tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar haqida bilib olish 
mumkin bo’lgan ishchi hujjatlar joylashtiriladi. 
Doimiy fayl. Doimiy fayllar joriy tadqiqotlar uchun tegishli original yoki 
yangilangan ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak. Bunday fayllar yillar o’tgan sari 
ham o’z qiymatini yo’qotmaydigan audit haqida qulay ma’lumot manbaidir. 
Odatda, doimiy fayllar quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: 
• maqolalar, korporatsiyalar nizomlari, shartnomalar, obligatsiyalar ro’yxati 
kabi doimiy qiziqish uyg’otadigan kompaniya hujjatlaridan ko’chirmalar yoki 
nusxalar. Qayd qilingan shartnomalar pensiya bitimlari, lizing shartnomalari, ijara 
shartnomalari, qimmatli qog’ozlar variantlari va boshqalarni o’z ichiga oladi. 
Ushbu hujjatlarning har biri butun amal qilish muddati davomida auditor uchun 
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
• auditor uchun doimiy qiziqish uyg’otuvchi hisoblar bo’yicha o’tgan yillar 
uchun tahlil. Shu jumladan, uzoq muddatli debitorlik qarzi, muassislar bilan hisob-
kitoblar, gudvill (huquqni kompaniyaga o’tkazish) va asosiy vositalar. Doimiy 
fayllarda shunday ma’lumotlarning mavjudligi auditorga ixtiyorida o’tgan yillarda 
olingan natijalar bo’lib, tekshirish jarayonida ulardan istalgan payt foydalanishi 
mumkin bo’lgan holda o’z diqqat-e’tiborini faqat joriy yil balansidagi o’zgarishlar 
tahliliga qaratishga imkon beradi. 
• Xo’jalik ichki nazorat tizimi va nazorat riskini baholash bilan tanishish 
haqida ma’lumotlar. Bunga tashkiliy sxemalar, hujjat aylanishining blok-
sxemalari, so’rovnomalar, xo’jalik ichki nazorati bo’yicha boshqa ma’lumotlar 
kiradi. 
• O’tgan yillarda auditorlik tekshiruvlarining bajarish bo’yicha amalga 
oshirilayotgan analitik usullar natijalari. Ular orasida – tanlangan hisob uchun 
munosabatlar va auditor tomonidan hisoblangan foizlar, shuningdek, umumiy yoki 
oylik aylanmalar balansi. Bu axborot foydali, chunki u auditorga ushbu hisob 


207 
bo’yicha keng tekshirishlar o’tkazish zaruratini yuzaga keltiruvchi joriy yil uchun 
qandaydir g’ayrioddiy o’zgarishlar mavjudligini aniqlashga yordam beradi. 
Analitik amallar va xo’jalik ichki tizimining tavsifi hamda u bilan bog’liq nazorat 
riski doimiy fayllarga emas, balki joriy davr uchun ishchi hujjatlarga 
joylashtiriladi. Ko’plab auditorlik firmalari shunday yo’l tutadi. 
Joriy fayllar. Joriy fayllar audit o’tkazilgan yil bilan bog’liq barcha ishchi 
hujjatlarni o’z ichiga oladi. Unda mijoz haqida ma’lumotlar keltirilgan doimiy 
fayllarning bitta to’plami va har yillik audit uchun bittadan joriy fayllar to’plami 
mavjud bo’ladi. Quyida biz joriy fayllarga qanday turdagi ma’lumotlar kiritilishini 
qisqacha ko’rib chiqamiz. Audit dasturi. Odatda, auditning barcha segmentlarini 
muvofiqlashtirish va integratsiyani yaxshilash maqsadida audit dasturi alohida 
faylga kiritiladi. 
Lekin ayrim auditorlik firmalari bu erga dasturdagi auditning ushbu 
bo’limiga bag’ishlangan qismi nusxasini ham kiritadi. Audit o’tkazishda har bir 
auditor bajarilgan amallarni va ularni tugash sanasini dasturda qayd qiladi. Ishchi 
hujjatlarga yaxshi rejalashtirilgan va vijdonan bajarilgan audit dasturining 
kiritilishi audit yuqori sifatli amalga oshirilganidan dalolat beradi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling