A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Yaxlitlik va axloqiy normalarga bo’ysunuvchanlik(TKHTQ 1 prinsipi)


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Yaxlitlik va axloqiy normalarga bo’ysunuvchanlik(TKHTQ 1 prinsipi) 
Korxona yaxlitligi va axloqiy me’yoriy qoidalarga bo’ysunuvchanlik 
direktorlar kengashi hamda menejerlar tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalar 
orqali amalga oshiriladi. Har bir korxona o’z hududida amal qiladigan joriy 
standartlar orqali ma’lum natijalarga erishishni maqsad qiladi. Bunda xodimlarning 
qay darajada boshqaruv qoidalariga rioya etishini, qo’yilgan standartlarni qay 
darajada bajarishini aniqlab, kuzatib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Eng 
muhimi, kutilgan natijalar va haqiqatdagi natijalar o’rtasidagi farq tadrijiylik va 
muvofiq tarzda, o’z vaqtida muqobil amallar qo’llash orqali bartaraf etib boriladi. 
Agar yuqorida ta’kidlab o’tilgan ishlar o’z vaqtida va muvofiq tarzda amalga 
oshirilib borilmasa bu ichki nazorat jarayonining buzilishiga olib kelishi ko’plab 
yirik korxonalar tajribasida kuzatilganligiga tarix guvoxdir. 
Direktorlar kengashi nazorat ma’sulyatini o’z zimmasiga olishi 
(TKHTQ 2 prinsipi) 
Direktorlar kengashi a’zolari boshqa ta’sischilar tomonidan ta’yinlanadi. 
Hukumat tashkilotlari va boshqa yirik tashkilotlar direktorlar kengashi a’zolari 
ma’lum bir qo’mitalar tarkibini tashkil etuvchilar hisoblanadi. Misol uchun
auditorlik qo’mitasiga mansub a’zo menejment ustidan tekshiruv ishlarini amalga 
oshiradi, bunda moliyaviy hisobotning qay darajada ishonchilik darajasini 
o’rganadi va tashqi auditor faoliyatini ham nazorat qiladi. Kompensatsiya 
qo’mitasi esa moliyaviy boshqaruvchilar va boshqa boshqaruvchi shaxslar 
faoliyatini yaqindan o’rganadi, korxonaning mahsuldor rejalarini ko’rib chiqadi 


160 
(misol uchun mukofot kompensatsiya amallari) hamda kompensatsiya to’g’risidagi 
kerakli maslahatlarni beradi. 
Direktorlar kengashi audit qo’mitasi orqali ichki boshqaruvni rivojlanishi va 
amalga oshirilishini qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda bajarilishini nazorat 
qiladi. Misol uchun direktorlar kengashi o’z ma’sulyatlarining ajralmas qismi 
sifatida korxonada yaxshi va samarali ishlamayotgan bo’limlar to’g’risida 
boshqaruv lavozimidagi boshqa hodimlar bilan joriy nazoratda kuzatilayotgan 
nuqsonlarni qanday qilib bartaraf etish mumkinligi haqida muhokamalarni olib 
boradi. Direktorlar kengashi o’z vazifalarini to’laqonli ado etish uchun yetarlicha 
bilim va malakaga ega bo’lishi lozim. Talab etiladigan bilimlar bo’lib bozor, 
kompaniya xususiyati, qonun hujjatlari, boshqaruv talablari, texnika va texnologiya 
va muammolarni hal eta olish qobiliyati tushuniladi. Direktorlar kengashi va uning 
qo’mitalari a’zolari tadrijiy, holis va dahlsiz ko’rsatma, hulosa va takliflarni 
bergandagina boshqaruv tizimi obyektiv tarzda amalga oshirilgan bo’ladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling