A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Yaxlitlik va axloqiy normalarga bo’ysunuvchanlik(TKHTQ 1 prinsipi)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Direktorlar kengashi nazorat ma’sulyatini o’z zimmasiga olishi (TKHTQ 2 prinsipi)
Yaxlitlik va axloqiy normalarga bo’ysunuvchanlik(TKHTQ 1 prinsipi)
Korxona yaxlitligi va axloqiy me’yoriy qoidalarga bo’ysunuvchanlik direktorlar kengashi hamda menejerlar tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalar orqali amalga oshiriladi. Har bir korxona o’z hududida amal qiladigan joriy standartlar orqali ma’lum natijalarga erishishni maqsad qiladi. Bunda xodimlarning qay darajada boshqaruv qoidalariga rioya etishini, qo’yilgan standartlarni qay darajada bajarishini aniqlab, kuzatib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, kutilgan natijalar va haqiqatdagi natijalar o’rtasidagi farq tadrijiylik va muvofiq tarzda, o’z vaqtida muqobil amallar qo’llash orqali bartaraf etib boriladi. Agar yuqorida ta’kidlab o’tilgan ishlar o’z vaqtida va muvofiq tarzda amalga oshirilib borilmasa bu ichki nazorat jarayonining buzilishiga olib kelishi ko’plab yirik korxonalar tajribasida kuzatilganligiga tarix guvoxdir. Direktorlar kengashi nazorat ma’sulyatini o’z zimmasiga olishi (TKHTQ 2 prinsipi) Direktorlar kengashi a’zolari boshqa ta’sischilar tomonidan ta’yinlanadi. Hukumat tashkilotlari va boshqa yirik tashkilotlar direktorlar kengashi a’zolari ma’lum bir qo’mitalar tarkibini tashkil etuvchilar hisoblanadi. Misol uchun, auditorlik qo’mitasiga mansub a’zo menejment ustidan tekshiruv ishlarini amalga oshiradi, bunda moliyaviy hisobotning qay darajada ishonchilik darajasini o’rganadi va tashqi auditor faoliyatini ham nazorat qiladi. Kompensatsiya qo’mitasi esa moliyaviy boshqaruvchilar va boshqa boshqaruvchi shaxslar faoliyatini yaqindan o’rganadi, korxonaning mahsuldor rejalarini ko’rib chiqadi 160 (misol uchun mukofot kompensatsiya amallari) hamda kompensatsiya to’g’risidagi kerakli maslahatlarni beradi. Direktorlar kengashi audit qo’mitasi orqali ichki boshqaruvni rivojlanishi va amalga oshirilishini qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda bajarilishini nazorat qiladi. Misol uchun direktorlar kengashi o’z ma’sulyatlarining ajralmas qismi sifatida korxonada yaxshi va samarali ishlamayotgan bo’limlar to’g’risida boshqaruv lavozimidagi boshqa hodimlar bilan joriy nazoratda kuzatilayotgan nuqsonlarni qanday qilib bartaraf etish mumkinligi haqida muhokamalarni olib boradi. Direktorlar kengashi o’z vazifalarini to’laqonli ado etish uchun yetarlicha bilim va malakaga ega bo’lishi lozim. Talab etiladigan bilimlar bo’lib bozor, kompaniya xususiyati, qonun hujjatlari, boshqaruv talablari, texnika va texnologiya va muammolarni hal eta olish qobiliyati tushuniladi. Direktorlar kengashi va uning qo’mitalari a’zolari tadrijiy, holis va dahlsiz ko’rsatma, hulosa va takliflarni bergandagina boshqaruv tizimi obyektiv tarzda amalga oshirilgan bo’ladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling