A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Ichki nazorat tizimi elementlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 
Ichki nazorat tizimi elementlari 
TKHTQ ichki nazoratning 5 ta elementlarini aniqlagan bo’lib, bular o’z 
navabatida korxonaning o’z oldiga qo’ygan marralarga erishishda yordam beruvchi 
omil hisoblanadi. Bu elementlar TKHTQ ning yanggilangan dasturida keltirilgan 


152 
bo’lib, 1.1 rasmda ko’rishimiz mumkin. Ko’rinib turganidek jarayon moliyaviy 
nazoratni amalga oshirish korxonaning moliyaviy hisobotga tegishli maqsadlari 
bilan boshlanadi, qaysiki barcha noto’g’ri hisobot va ma’lumotlardan holi bo’lgan 
axborotlar yig’indisi tushuniladi. Aytib o’tilgan 5 ta element quyidagilardir: 
1. Riskni baholash. Bu shunday risklarki korxonaning istiqboliga rahna 
soladi. Riskni baholash birlamchi hisoblanib uni korxonaning boshqa nazorat 
turlarini amalga oshirishdan oldin bajarilishi kerak. 
2. Nazorat muhiti. Bu bir qancha standartlar yig’indisi bo’lib, bunda ichki 
nazoratni amalga oshirishda talab etiladigan, zarur bo’lgan amallar va tuzilishlar 
tushiniladi. Shuni yodda tutish lozimki, nazorat muhiti ichki nazoratning barcha 
bosqichalarida to’g’ridan to’g’ri ta’sirga ega bo’ladi va mavjud bo’ladi. 
3. Nazorat amallari. Bular amalga oshirilishi kerak bo’lgan operatsiyalar 
bo’lib, amallar va tuziliashda hamda korxonaning ichki siyosatida belgilab olingan 
bo’ladi. Bu amallar koxonaning barcha jabxalarida, nazorat bosqichlarida amal 
qiladi.
4. Ma’lumot va aloqa. Ikkisi ham ichki nazorat amallarini o’tkazishda 
muhim hisoblanadi. Ma’lumki ma’lumot tashqi va ichki manbalardan olinishi 
mumkin. Aloqa esa o’z navbatida o’sha kerakli axborotlarni olishda bo’glanish, 
axborotlarni qabul qilish yoki uzatish hisoblanadi. Ma’lumot va aloqa 
ishtirokchilarga ichki nazoratning mohiyati, bunda ularning majburiyati va u qay 
tarzda amalga oshirilishi kerakligini bunda uning korxona maqsadlariga 
erishishdagi roli kabi savollarga javob berishga yordam beradi. 
5. Monitoring. Bu bosqichda, ichki nazoratni amalga oshirishda yuqorida 
keltirilgan elementlarning to’g’ri ishlayotganligi va muqobilligi tekshiriladi va 
o’rganiladi. 
Samarali ichki nazorat xolis ishlashi uchun 5 ta elementni talab etiladi. 
Xususan, nazorat samarali tashkil etilgan va amalga oshirilgan bo’lishi shart uning 
to’g’ri ishlashi uchun; amal ichki nazorat tizimi bilan bilan uzliksiz va muvofiq 
bo’lishi ta’minlanishi kerak. Bu zaruriyatlar ichki nazoratning korxona faoliyati 


153 
davomida qo’yilgan maqsadlarga erishishda muhim rol o’ynashini etibordan chetta 
qoldirmaslik lozim. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling