A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH 8.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda tashqi auditorlar uchun ichki
Nazorat uchun savollar: 1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi to’g’risida nima bilasiz? 2. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi to’g’risida nima bilasiz? 3. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklarni qanday tariflaysiz? 4. Firibgarlikni ratsionalizatsiyalash to’g’risida nima bilasiz? 5. Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati to’g’risida nima bilasiz? 148 8-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH 8.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda tashqi auditorlar uchun ichki nazortning ahamiyati Ichki nazorat yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga rahna soluvchi risklarni ta’sirini kamatirishga yordam beradi. Bunda korxonaning bosh maqsadlari bo’lgan yuqori foyda olishga erishish, amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning samaradorligini ta’minlash, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, barcha hukumat va belgilangan qonun-qoidalarga va talablarga bo’ysunish hamda barcha tashqi va ichki ma’lumot oluvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ish beruvchilar va ishchilar, qisqacha qilib aytganda faoliyatni ijtimoiy-huquqiy tartiblar asosida olib borish tushiniladi. Vaholangki, tashqi auditor odatda yuqorida qayd qilingan korxonaning o’z oldiga qo’ygan amalga oshirishi rejalashtirilgan va lozim bo’lgan maqsadlaridan tashqari moliyaviy hisobotga alohida e’tibor qaratadi.Chunki korxona ishonchli moliyaviy axborot olishda ham ba’zi xafv- xatarga duch kelishi mumkin. Masalan, sotuvchilar mukofotlarga sazovor bo’lish uchun sotish hajmini sun’iy ravishda oshirib ko’rsatishi mumkin yoki bo’lmasa inventarlar hisobini yurituvchi xodimlar ish jarayonida chalg’ishlar natijasida inventarlarning hisob-kitobini o’z vaqtida yuritmasdan xatoga yo’l qoyishlari mumkin. Buning oqibatida menejment bo’limi moddiy va nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda noto’g’ri qarorlar qabul qilishi xatolikka yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham menejerlar o’z korxonlarida ishonchsiz ma’lumotlarni olishga sababchi bo’luvchi omil belgilarni aniq va to’g’ri belgilay olishi va aniqlashi lozim. Agar berilayotgan har bir ma’lumot korxona ahamiyatiga molik bo’lsa bunda xatolar yuzaga kelmasligini oldini olgan holda korxona menejerlari topshirlayotgan har bir ma’lumot ustidan kuchli nazorat o’tqizishlari shart hisoblanadi. 149 Moliyaviy hisobotda ichki nazoratning ahamiyati shundaki topshirilayotgan to’g’ri ma’lumotlar korxonaning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga zamin yaratibgina qolmay, u bir vaqtning o’zida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha noqulay vaziyatlardan korxonani xolos etadi. Samarali ichki nazorat axborotning sifatliligini ta’minlash bilan birga, axborotning tashqi va ichki iste’molchilariga to’g’ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling