A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Ichki nazoratning tashqi auditdagi zaruriyati
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Ichki nazoratning tashqi auditdagi zaruriyati
Professional audit standartlari auditorlardan shuni talab qiladiki, har bir auditor audit rejasini tuzuvchi sifatida ish olib borilayotgan tashkilotning axborotlarni noto’g’ri ko’rsatishi, fribgarlik qilib yoki texnik xato tufayli, riskini baholay olishi zarur hisblanadi. Shu sababli tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazayotgan auditorlar birinchi navbatda mijoz korxonadagi ichki nazorat tizimini baholab oladi. Baholash davrida auditor turli usullardan foydalanishi mumkin. Bu baholash jarayoni albatta korxona haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lish yoki unining xususiyatlaridan kelib chiqadi, korxona moliyaviy hisobotlarni tayyorlayotgan paytda qay darajada ichki nazorat funktsiyasi yaxshi ishlashini o’rganish fikrimizning isbotidir. Bundan tashqari auditor tashkilot ichki nazoratida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ishonchsiz axborotlar aynan nimalar bilan bog’liq bo’lishi, qaysi hujjatlarda kuzatilishi mumkinligini to’g’ri bashorat qilishi muhim hisoblanib, bu tahmin qilinayotgan xatolar moliyaviy hisobotda mavjud yoki mavjud emasligini tekshirishdan iboratdir. Agar korxona sifatsiz ichki nazoratini olib borsa, audit jarayoni olib borilayotgan vaqtida ushbu omil ahamiyatga ega hisoblandi. Misol uchun, auditor korxona mahsulotlar kirim-chiqimi o’z vaqtida, samarali amalga oshirilmaganligini o’z hisobotida aks ettirsa, bunday paytda auditor shunday muqobil audit qilish jarayonini o’tqizishi kerakki haqiqatdan ham material kirim-chiqimi ichki nazoratning yomon ishlagani uchun yaroqsiz, noto’g’ri axborot vujudga kelganligiga shak-shubxa qolmasin. Deyarli barcha 150 auditorlik kompaniyalari o’zlari xizmat ko’rsatayotgan yirik korxonalarning ichki nazorat olib borishiga alohida qiziqish bildirishadi. Auditorlik korxonalari auditorlik xulosasini taqdim etayotgan paytlarida uni o’zaro chambarchas bog’liqlikdagi auditorlik tekshiruvi sifatida taqdim etadi va bunda o’sha tashkilotning moliyaviy hisobotlarni tayyorlayotganda ichki nazoratni qay darajada amalga oshirayotganligini alohida qilib moliyaviy hisobot to’g’risidagi tekshiruv natijalariga kiritadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling