A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


  Triduey Komissiyasi Homiylik Tashkilotlari Qo'mitasi  tomonidan


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

8.2. 
Triduey Komissiyasi Homiylik Tashkilotlari Qo'mitasi
 tomonidan 
taqdim qilingan Ichki Nazorat Integratsaviy Dasturi va ichki 
nazoartning elementlarini aniqlash
 
Ichki nazoratni aniqlanish 
Har bir Amerika korxonasi umum qabul qilingan buxgalteriya prinsiplari 
asosida o’z faoliyatlarini yuritishni afzal ko’rishadi va ichki nazoratda moliyaviy 
hisobotni samarali va ishonchliligini ta’minlash maqsadida ham o’sha 
prinsiplardan keng foydalanishadi. Eng keng qo’llaniladigan dasturilamal bo’lib 
Qo’shma Shtatlar ichki nazorat dasturi bo’lib, u Triduey Komission Homiylik 
Tashkilotlari Qo'mitasidir (TKHTQ). Bu xomiy tashkilotlar birinchi bo’lib 1980-
yilda moliyaviy hisobotlarda qallobliklar avj olgan o’sha paytlarda majburiyat 
yuzasidan tashkil etildi. Bu dastur 2000 yilga kelib moliyaviy inqirozlar yuz 
berayotgan paytlarda ham ko’pchilik korxonalar tomonidan keng foydalanildi. 
2013-yilda esa TKHTQ o’zing dasturini kengaytirdi va texnik ba’zasini yangiladi. 
Bugun esa, ichki nazorat integratsiyaviy dasturi ( hali ham TKHTQ deb yuritiladi) 
ichki nazoratni tashkil etishda nafaqat AQSH korxonalari tomonidan balki boshqa 
davlatlarda ham keng qo’llanilib kelmoqda. Shunday qilib TKHTQ ichki nazorati 
quyidagicha talqin qilinadi: 
Bu shunday jarayonki, bunda direktorlar kengashi, ishchilar, menejerlar 
hatti-harakati bilan uzviy bog’langan bo’lib, bu jarayonda ishonchli axborot bilan 


151 
ta’minlashga asoslangan operatsiyalar, obyektivlik va ma’lumot berishning 
samarali ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi elementlar muhim hisoblanadi: 
Jarayon joriy operatsiyalarni ya’ni vaqt, joy, makonga muvofiq bo’lishi; 
- Jarayonda barcha xodimlar birdek ta’sirga ega bo’ladi, ya’ni ularning qay 
darajada ichki qonun-qoidalarga rioya qilishi, intizomi yoki lavozimi muhim emas 
balki ularning ichki nazoratni tadrijiy o’tqizishdagi ulushi, qo’shgan hissasi; 
- Jarayonnining ishonchli ekanligini kafolatlash, hech bir korxona to’laqonli 
kafolat bera olmaydi albatta, ammo har bir korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlari 
tomon og’ishmay harakatlanayotganini kafolatlashi lozim; 
- Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun shaylik, tashabbuskorlik buning 
ma’nosi shuki, ichki nazorat 3 ta kategoriyaga bo’linuvchi maqsadlarni o’zida 
mujassam eta oladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan tashqi auditor birinchi 
navbatda moliyaviy hisobotlarga qaratilgan maqsadlar qanday va qanaqa 
ekanligiga e’tibor beradi; 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling