A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Ichki nazoratning nazorat muhiti elementi tavsifi va uning prinsiplari
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TKHTQ elementi: nazorat muhiti
8.3. Ichki nazoratning nazorat muhiti elementi tavsifi va uning prinsiplari
Ichki nazoratning elementlari va prinsiplari 2013 yilda TKHTQ tomonidan tavsiya etilgan yo’riqnomada ko’ra 5 elementning har biri o’z ichiga shu elementning o’zi bilan fundamental tarzda bog’liq bo’lgan prinsipni oladi. Bundan tashqari TKHTQ o’zining yangi dasturida bir qator foydali maslahatlar va misollar bilan maydonga chiqgan, xususan menejerlar avvalo qulay va muqobil harakatlar strategiyasini aniqlashga e’tibor berishi lozimligi keltirib o’tilgan, qaysiki bular tashkilotning asosiy faoliyatiga, amalga oshiradigan operatsiyalariga va boshqaruv qonun-qoidalariga bog’liq bo’lishi kerak. 5 element va ularga bog’liq bo’lgan 17 ta muhim prinsiplar 1.2 jadvalda keltirib o’tilgan va izohlangan. Bunda eng muhim masala elementlar va prinsiplaring korxona maqsadlariga erishishda ishonarli moliyaviy hisobotni 155 tayyorlash o’ta muhim ekanligi va bu tashqi auditor uchun ham birlamchi zaruriyat bo’lishi bilan tushintirilgandir. TKHTQ elementi: nazorat muhiti Nazorat muhitini yaratish boshqa elementlar uchun dasturil amal bolishi ichki nazoratning eng muhim shartidir. Bu jarayon albatta korxona boshqaruvi tuzilishi bilan boshlanadi, yani deriktorlar kengashi, auditorlar qo’mitasi, menejerlardir. Direktorlar kengashi va menejerlar ichki nazoratning muhimliligini va qo’yilgan barcha standart talabalarni belgilashadi. Va qo’yilgan talablar va kutilayotgan natijalar butun korxona bo’ylab birdek amal qilishini ta’minlash o’ta muhim hisoblanadi. Kuchli nazorat muhitini yaratish ishonchli moliyaviy hisobotni tayyorlashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni oldini olishga yordam beradi. Ichki nazorat elementlari va prinsiplari Elementlar Prinsiplar Nazorat muhiti 1. Har bir korxona yakdillikda ishlab va ichki tartib qoidalarni ishlab chiqadi va joriy qiladi 2. Direktorlar kengashi menejerlardan holi ravishda ichki nazoratning kelajakda rivojlanishi va amalga oshirishirilishini ko’ra oladigan darajda ishlab chiqishi zarur 3. Menejerlar boshqa boshqaruv kursisidagi shaxslar bilan birgalikda korxona o’z oldiga qo’ygan marralarni zabt etishi uchun barcha faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yishi, korxona tuzulishi, muqobil boshqaruvchilar bilan ishlash, majburiyatlarni to’g’ri 156 aniqlash va ularga bo’ysunish kabi masalalar bilan shug’ullanishlari kerak 4. Tashkilot shunday amal qo’lashi kerakki bu uning hodimlarini o’ziga bog’lab turadigan rishtalarni Riskni baholash Nazorat amali saqlab tura olishi va raqobatbardosh hodimlarni jalb qilishda davom etishi hamda korxona maqsadlari bilan hodimlar xohish istaklari o’rtasida uyg’unlik bo’lishini ta’minlashi kerak. 5. Korxona ichki nazoratni amalga oshirishda uning korxona istiqbolidagi o’rnini chuqur tushungan holda o’z hodimlarining bu jarayondagi majburiyatlarini uqtirishi lozim 6. Korxona har bir maqsadini maxsuslashtirishi kerakki bu yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni aniqlashda va baholashda yordam bersin 7. Korxona faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo’lgan risklarni aniqlashi va analiz qilishi lozimki ularni qanday qilib boshqarish yoki oldini olish mumkinligini ishlab chiqishning imkoni bo’lsin 8. Korxona samarali faoliyat yuritishda yuzaga kelishi mukin bo’lgan risklarni baholashda yo’l 157 qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning potensialini aniqlashi kerak 9. Korxona yuz beradigan turli xildagi o’zgarishlar ichki nazorat tizimiga ta’sirini aniqlashi va baholay olishi kerak 10. Korxona shunday nazorat shakllaridan foydalanishi kerakki tanlangan strategiyalar risklarni ma’lum miqdorda, korxonaga katta ziyon yetqizmaydigan darajada kamaytirish imkonini bersin. Ma’lumot va aloqa Monitoring 11. Korxona shunday umumiy texnologik jarayonni rivojlantirishi va tanlashi kerakki, bu uni rivojlanish sari yetaklab borsin 158 12. Korxona o’zi ishlab chiqqan qonun- qoidalarni yo’lga qoyishi lozim va ularni to’liq va barcha jarayonlarda birdek ishlashini ta’minlashi lozim 13. Korxona shunday to’g’ri va muvofiq axborotlardan foydalanishi, ishlab chiqishi kerakki, ular boshqa elementlarni ham uyg’unlikda ishlashini ta’minlay olsin 14. Korxona ichida turli xildagi axborotlar almashinadi, misol ichki nazorat uchun kelajakdagi maqsadlar va majburiyatlar, bu ma’lumotlar ichki nazoratning boshqa elementlarining ham yaxshi ishlashini ta’minlaydi va tezlashtiradi 15. Korxona ichki nazoratga ta’sir etichi mumkin bo’lgan boshqa omillar xususida tashqi muhit bilan aloqalarni olib boradi 16. Korxona ichki nazorat elementlarining o’rinli, muqobil va to’g’ri amal qilayotganligi to’g’risida joriy va alohida hisobotlarni tayyorlaydi, yaratadi va tanlaydi 17. Korxona ichki nazoratning to’g’ri amal qilishini ta’minlovchi omillar xususida vaqti vaqti bilan baholash va hisobot berish ishlarini olib boradi, bunda hisobni ko’rib chiqadiganlar bo’lib direktorlar kengashi yoki yuqori menejerlar xizmat qiladi. Nazorat muhitining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi moliyaviy fribgarliklar oqibatida kelib chiqishi barchamizga kundek ravshan. Misol uchun, yirik moliyaviy institutlarning inqirozga yuz tutishi ichki nazorat muhiti bilan chambarchas bog’lanadi. Bu korxonalarda ,,sifatsiz’’ direktorlar kengashi yuqori menejerlar tomonidan boshqarilgan bo’lib, menejerlarning vazifasi korxona qimmatli qog’ozlar bahosini oshirishga qaratilgan bo’lib, bu vazifa korxona faoliyatini kengaytirish yoki ichki imkoniyatlar orqali erishish ko’zda tutilgan. Yana boshqa ichki nazoratda yo’lga qo’yilishi mumkin bo’lgan kamchiliklar ham bordirki ular quyidagicha bo’lishi mumkin: ichki nazoratni o’tkazishda bilim va malakaning kamligi auditorlik bo’limida mustaqil va dahlsiz shaxslarning yo’qligi 159 muassasada odob-axloq va tartib qoidalarga rioya etilmasligi yoki ularni samarali bajarilishi ustidan nazoratning past darajadaligi audit qo’mitasining tashqi auditor mijpzasi sifatida ko’rilmasligi menejment bo’limi nazorat amalini hisob-kitob schetlarida ko’r- ko’rona yuritishi xodimlarning o’zlariga yuklatilgan topshiriqlarga bafurja yondashmasligi va raqobotbardosh kadrlarning kamligi Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling