A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat jarayonlari
- Qayta yetkazish
Ma`lumot kiritish nazoratlari vakolat berilgan tranzaksiyalar to`liq va
mukammal ekanligini va faqatgina vakolat berilgan ma`lumotlar kiritilganligini tasdiqlash uchun tuzilgan. Ma`lumot kiritish nazoratlarining keng tarqalgan ikki 168 turi mavjud bo`lib, bular kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi va o`zini o`zi tekshiruvchi raqamlardir. Kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi odatda tahlil qilish tekshiruvlari deb yuritiladi, chunki ular kiritilgan ma`lumotlardagi aniq xatolarni tekshirish va tahlil qilish uchun tatbiq ichiga qurilgan nazorat tekshiruvlaridir. Kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi xuddi tajribali xodim oddiy ishchi biladigan, masalan o`tgan haftada hech kim 70 soatdan ko`p ishlamaganidek, qo`lda bajariladigan tizimda bajariladiganidek ma`lumot almashinuvlarni qayta ko`rib chiqish uchun tuzilgan. Agar onlayn kiritilgan masala talab qilingan mezonlarga mos kelmasa, foydalanuvchi ogohlantiriladi va to`g`irlanishlar amalga oshiriladi yoki Tranzaksiya ustida ishlov berilishi kerakligi yoki ishlov berish davom ettirilishidan oldin kengroq tarzda qayta ko`rib chiqilishi kerakligi to`g`risida bir to`xtamga kelib olinadi. O`zini o`zi tekshiruvchi raqamlar ma`lum sonlarga aloqador o`zaro almashinish xatolarini tekshirish uchun rivojlantirilgan ma`lumot kiritish yaroqlilik tekshiruvi turlaridan biri. O`zini o`zi tekshiruvchi raqamlar, raqamli aniqlovchiga kiritilgan hisoblovchi qo`shimcha bir yoki bir nechta raqamlar yordamida ishlaydi. Algoritmlar xatolarning ma`lum turlarini aniqlash uchun tuzilgan. Har safar aniqlovchi tizimga kiritilgan vaqti, dastur aniqlovchi to`g`ri ekanligini tekshirish uchun o`zini o`zi tekshiruvchi raqamlarni qayta hisoblaydi. Nazorat jarayonlari ishlov berish uchun to`g`ri dasturdan foydalanilgani, barcha ma`lumot almashinuvlariga ishlov berilgani, va ma`lumot almashinuvlari munosib fayllarni yangilagani haqida asosli tasdiq taqdim etish uchun tuzilgan. Misol uchun, ishchilarga beriladigan oylikning umumiy miqdori avval qayd etilgan oylik to`lovi ma`lumotlarini yangilashi lozim. Qayta yetkazish nazoratlari barcha ma`lumotlar to`laqonli ishlov berilganligi va kiritilgan ma`lumotlar faqatgina vakolat berilgan qabul qiluvchilarga tarqatilganligi haqida asosli tasdiq taqdim etish uchun tuzilgan. Odatiy nazoratlar jamg`armalar nazoratining murosasi, qayta yetkazish tarqatuvlari tartibi va jarayonlari va qayta tarqatish haqida qayta ko`rib chiqishlarni o`z ichiga 169 oladi. Tanqidiy ma`lumotlar uchun, foydalanuvchi muhim ishlov berish jarayonining to`liq ekanligini aniqlash maqsadida qayta tarqatilgan ma`lumot bilan kiritilgan ma`lumot muvofiqligi va tafsilotlarga boy qayta ko`rib chiqishni taqdim etishi mumkin. Bundan tashqari, tashkilot xolislikni va saqlangan qaydlarni himoya qiluvchi dastur rivojlantirishi kerak. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling