A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Texnologiya ustidan umumiy nazoratni tanlash va shakllantirish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Texnologiya ustidan umumiy nazoratni tanlash va shakllantirish 
(TKHTQ 11prinsipi) 
Deyarli barcha tashkilotlar ishonchli moliyaviy hisobotlarga ega bo’lish 
maqsadida informatsion texnologiyalarga suyanadilar. Nazorat amallarini 
tashlashning bir qismi sifatida menejment avtomatik nazorat amallari hamda 
umumiy kompyuter nazoratlarining; nazorat amallari aralashmasida qancha 
miqdordagi qismini tashkil etishini aniqlashlari lozim. Avtomatik dastur 
nazoratlarini to’g’ri ishlashi uchun tashkilot samarali umumiy kompyuter 
nazoratiga (ba’zan axborat texnologiyalari umumiy nazorati sifatida ta’riflanadi) 
ega bo’lishlari lozim. Umumiy kompyuter nazorati keng tarqalgan nazorat amali 
hisoblanib, biz kundalik hayotimizni rejalashtirishda foydalanadigan ko’plab 
turdagi axborot texnologiyalari tizimiga: bosh kompyuterlar, ishchi stoli 
kompyuterlari, noutbuklardan tortib telefon qurilmalarigacha; ta’sir qiladi. 
Umumiy kompyuter nazorati o’z ichiga texnologiyalar infrastrukturasi, xavfsizlik 
boshqaruvi hamda texnologiyani o’zlashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash 
ustidan qo’lda yoki avtomatik olib boriladigan nazorat turlarini oladi. 
Texnologiyalar infrastrukturasi. Texnologiyalar infrastrukturasi axborot 
texnologiyalarining samarali ishlashi uchun yordam beradi. U dasturlarning 
faoliyat olib borishi uchun hisoblash manbaalari va hattoki texnologiyani qo’llab 
quvvatlash uchun kerak boladigan elektr energiyasi kabi texnologiyalarni bir biriga 
bog’laydigan aloqa tarmog’ini o’z ichiga oladi. Nazorat amallari texnologiya bilan 
bo’ladigan istagan muammoni aniqlash va to’gri yechim topishda muhim 
hisoblanadi. Infrastrukturaga tegishli bo’lgan ikkita muhim nazorat amallari ham 


171 
mavjud bo’lib bular zaxiralash jarayonlari va falokatlardan qutqarish rejalari 
hisoblanadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling