A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Siyosatlar va jarayonlar orqali shay holatga keltirish (TKHTQ 12
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tegishli ma’lumotlaradan foydalanish (TKHTQ 13 prinsipi)
Siyosatlar va jarayonlar orqali shay holatga keltirish (TKHTQ 12
prinsipi) Nazorat amallarining muhim prinsipi bu tashkilotning nima kutilishini ko’rsatuvchi siyosati bo’lishi va ushbu siyosatlarni harakatga keltiruvchi bajariladigan ish tartibi bo’lishi lozimligidir. Misol uchun, siyosat naqd pulga kirish imkoniyati bo’lmagan ishchi orqali barcha bank hisob-raqamlarining oylik bitimini talab qilishi mumkin. Ish tartibi bitimni o’zi bo’lishi mumkin. Siyosatlar og’zaki yoki yozma tarzda bo’lishi mumkin, lekin har ikkala holatda ham ular aniq majburiyat va javobgarlik yuklashi lozim. Shundan so’ng ish tartibi tegishli va malakali ishchi tomonidan o’z vaqtida va doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. 8.6. Ichki nazoratning ma’lumot va aloqa elementi tavsifi va uning prinsiplar TKHTQ elementi: Ma’lumot va aloqa Tashkilot o’zining ichki nazorat majburiyatlarini olib borishi uchun ikkala ham ichki ham tashqi manbaalardan keladigan ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Axborot bu ma’lumotlarni qabul qilish, ta’minlash va bo’lishish jarayonidir. Ma’lumotlar tashkilot bo’ylab ichki tarzda xabar qilinadi. Va shuningdek, tegishli tashqi qismlar bilan ikki tomonlama aloqa bo’lishi lozim. Ichki nazoratning tarkibiy qismlari hisoblangan ma’lumotlar va axborotlar tashkilotning 173 maqsadlariga erishilishi uchun ma’lumotlarni davriy oraliqda aniqlash, ushlash va almashishga xizmat qiladi. U o’z ichiga tashkilotning buxgalteriya tizimini va o’tkazmalarni qayd etib borish va hisobot berish metodlarini, shuningdek, boshqa aloqalarni jumladan, muhim siyosatlarni, aloqa kodini va strategiyalarni oladi. Tegishli ma’lumotlaradan foydalanish (TKHTQ 13 prinsipi) Tashkilot ichki nazoratini qo’llab quvvatlashi va ishonchli moliyaviy hisobot shakllantirish maqsadiga erishishi uchun tegishli ichki va tashqi ma’lumotlarni aniqlashi hamda ularni to’plashi lozim. Misol uchun, tashkilot o’zining hodimlaridan ular tashkilotning hatti harakatlar standardlariga mos bo’lmagan tarzda ish olib borishlari so’ralganini, misol uchun, yetarlicha qo’llab quvvatlovchi xujjatlarsiz kirish jurnaliga yozib qo’yish kabilarni aniqlash maqsadida davriy tadqiqotlar olib borishi mumkin. Ushbu tadqiqot nazorat muhitining faoliyati haiqda ma’lumot beradi va boshqa nazaoratlar kerak yoki kerak emasligini aniqlashga yordam beradi. Ichki ma’lumotlarning manbaalari o’z ichiga buxgalteriya tizimini, ichki xabarlar, yig’ilishlarning yozma bayonnomalari va davriy hisobot tizimlarini oladi. Ma’lumotlarning tashqi manbaalariga misollar sifatida quyidagilar keltiriladi: sanoat tadqiqotlari hisobotlari, zimdan gap tashuvchilar (chaqimchi) o’chog’i, hamda raqobatchilar daromadlari. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling