A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Nazorat amallarini tanlash va shakllantirish (TKHTQ 10 prinsipi)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzaksiyalar nazoratlari
Nazorat amallarini tanlash va shakllantirish (TKHTQ 10 prinsipi)
Garchi ba’zi nazorat amallari: majburiyatlarni taqsimlash, mustaqil kelishuvlar, vakolat va tasdiqlashlar, tekshiruvlar; ko’pgina korxonalarda foydalanilsa ham nazorat amallarining jami tizimi barcha korxonalar uchun mos kelmaydi. Aksincha, korxonalar risklarni baholash vaqtida aniqlanadigan risklarga mos keladigan nazorat foliyatlarini tanlaydilar hamda shakllantiradilar. Misol uchun, yuqori darajada nazorat qilinadigan korxonalarda, pas darajada nazorat qilinadigan korxonalarga nisbatan anchagina murakkab nazorat faoliayatlariga ega bo’ladilar. Boshqa misolga e’tibor qaratamiz, markazlashmagan faoliyatga hamda mahalliy avtonimiya va innovatsiyalarga urg’u beradigan korxonalar, faoliyati hududlar bo’ylab doimiy bo’lgan hamda yuqori markazlashgan korxonalarga qaraganda turlicha nazorat amallariga ega bo’ladilar. Tranzaksiyalar nazoratlari Tranzaksiyalar nazoratlari (dastur nazoratlari deb ham yuritiladi) nazorat amallarining muhim turini namoyish etadi. Ular tranzaksiyalar ishlov berishi xavf-xatarlarini yumshatish maqsadida amalga kiritilgan nazorat amallari, va ular ma`lum bir jarayonlar, ma`lumot almashinuvlar, hisob raqamlari va tasdiqlarga ta`sir ko`rsatadi. 13 – chizmada moliyaviy hisobot hisob raqamlari va oshkor qilishdagi ma`lumot sifatiga sezilarni ta`sir ko`rsatuvchi ma`lumot almashinuvlarining uch toifasi ko`rsatilingan. Ular • Biznes jarayonlari • Hisob raqami taxminlari • O`zgartirish, tugatish va noodatiy kirishga aloqador ma`lumot almashinuvlarini o`z ichiga oladi. 166 Ma`lumot almashinuviga ishlov berish jarayoni davomida tashkilot ma`lumotga ishlov berish mukammal, aniq va yaroqli bo`lishini xohlaydi. Tashkilot quyidagi nazorat maqsadlariga erishishni xohlaydi: • Qayd etilgan ma`lumot almashinuvlari mavjud va sodir bo`lgan • Barcha ma`lumot almashinuvlari qayd etilgan • Ma`lumot almashinuvlar chin ma`noda qadrlanadi • Ma`lumot almashinuvlar munosib namoyish qilingan va oshkor etilgan • Ma`lumot almashinuvlar tashkilotning huquq va majburiyatlariga aloqador. Sotish va sotib olish kabi ma`lum biznes jarayonlari davomida namoyish etilgan turli xil ma`lumot almashinuvi nazoratlari mana shu ishlov berish maqsadlari erishilganligi to`g`risida asosli tasdiq taqdim etish uchun amalga kiritilgan. Biznes ma`lumot almashinuviga ishlov berish nazorati amallari kompyuter moslashuvi yoki asoslilik tekshiruvlari kabi tasdiqlar, tafsilotlarga boy ko`makchi hisob raqamlari va nazorat hisob raqamlari o`rtasida kelishuv tekshiruvi kabi kelishuvlar, va harajatlar hisobotining nazoratchi tomonidan tasdiqlanishi kabi vakolatlar va ma`qullashlarni o`z ichiga oladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling