A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Ma`lumot kiritish nazoratlari vakolat berilgan tranzaksiyalar to`liq va 
mukammal ekanligini va faqatgina vakolat berilgan ma`lumotlar kiritilganligini 
tasdiqlash uchun tuzilgan. Ma`lumot kiritish nazoratlarining keng tarqalgan ikki 


168 
turi mavjud bo`lib, bular kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi va o`zini 
o`zi tekshiruvchi raqamlardir. Kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi 
odatda tahlil qilish tekshiruvlari deb yuritiladi, chunki ular kiritilgan 
ma`lumotlardagi aniq xatolarni tekshirish va tahlil qilish uchun tatbiq ichiga 
qurilgan nazorat tekshiruvlaridir. Kiritilgan ma`lumotlarning yaroqlilik tekshiruvi 
xuddi tajribali xodim oddiy ishchi biladigan, masalan o`tgan haftada hech kim 70 
soatdan ko`p ishlamaganidek, qo`lda bajariladigan tizimda bajariladiganidek 
ma`lumot almashinuvlarni qayta ko`rib chiqish uchun tuzilgan. Agar onlayn 
kiritilgan masala talab qilingan mezonlarga mos kelmasa, foydalanuvchi 
ogohlantiriladi va to`g`irlanishlar amalga oshiriladi yoki Tranzaksiya ustida ishlov 
berilishi kerakligi yoki ishlov berish davom ettirilishidan oldin kengroq tarzda 
qayta ko`rib chiqilishi kerakligi to`g`risida bir to`xtamga kelib olinadi. O`zini o`zi 
tekshiruvchi raqamlar ma`lum sonlarga aloqador o`zaro almashinish xatolarini 
tekshirish uchun rivojlantirilgan ma`lumot kiritish yaroqlilik tekshiruvi turlaridan 
biri. O`zini o`zi tekshiruvchi raqamlar, raqamli aniqlovchiga kiritilgan hisoblovchi 
qo`shimcha bir yoki bir nechta raqamlar yordamida ishlaydi. Algoritmlar 
xatolarning ma`lum turlarini aniqlash uchun tuzilgan. Har safar aniqlovchi tizimga 
kiritilgan vaqti, dastur aniqlovchi to`g`ri ekanligini tekshirish uchun o`zini o`zi 
tekshiruvchi raqamlarni qayta hisoblaydi.
Nazorat jarayonlari ishlov berish uchun to`g`ri dasturdan foydalanilgani
barcha ma`lumot almashinuvlariga ishlov berilgani, va ma`lumot almashinuvlari 
munosib fayllarni yangilagani haqida asosli tasdiq taqdim etish uchun tuzilgan. 
Misol uchun, ishchilarga beriladigan oylikning umumiy miqdori avval qayd etilgan 
oylik to`lovi ma`lumotlarini yangilashi lozim. 
Qayta yetkazish nazoratlari barcha ma`lumotlar to`laqonli ishlov 
berilganligi va kiritilgan ma`lumotlar faqatgina vakolat berilgan qabul 
qiluvchilarga tarqatilganligi haqida asosli tasdiq taqdim etish uchun tuzilgan. 
Odatiy nazoratlar jamg`armalar nazoratining murosasi, qayta yetkazish tarqatuvlari 
tartibi va jarayonlari va qayta tarqatish haqida qayta ko`rib chiqishlarni o`z ichiga 


169 
oladi. Tanqidiy ma`lumotlar uchun, foydalanuvchi muhim ishlov berish 
jarayonining to`liq ekanligini aniqlash maqsadida qayta tarqatilgan ma`lumot bilan 
kiritilgan ma`lumot muvofiqligi va tafsilotlarga boy qayta ko`rib chiqishni taqdim 
etishi mumkin. Bundan tashqari, tashkilot xolislikni va saqlangan qaydlarni 
himoya qiluvchi dastur rivojlantirishi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling