A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi to’g’risida nima 
bilasiz?
2. 
Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi to’g’risida 
nima bilasiz?
3. 
Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklarni qanday tariflaysiz?
4. 
Firibgarlikni ratsionalizatsiyalash to’g’risida nima bilasiz? 
5. 
Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning 
munosabati to’g’risida nima bilasiz? 


148 
8-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT 
TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH 
8.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda tashqi auditorlar uchun ichki 
nazortning ahamiyati
Ichki nazorat yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxonaning o’z oldiga 
qo’ygan maqsadlariga rahna soluvchi risklarni ta’sirini kamatirishga yordam 
beradi. Bunda korxonaning bosh maqsadlari bo’lgan yuqori foyda olishga erishish, 
amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning samaradorligini ta’minlash, yuqori 
sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, barcha 
hukumat va belgilangan qonun-qoidalarga va talablarga bo’ysunish hamda barcha 
tashqi va ichki ma’lumot oluvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ish 
beruvchilar va ishchilar, qisqacha qilib aytganda faoliyatni ijtimoiy-huquqiy 
tartiblar asosida olib borish tushiniladi. Vaholangki, tashqi auditor odatda yuqorida 
qayd qilingan korxonaning o’z oldiga qo’ygan amalga oshirishi rejalashtirilgan va 
lozim bo’lgan maqsadlaridan tashqari moliyaviy hisobotga alohida e’tibor 
qaratadi.Chunki korxona ishonchli moliyaviy axborot olishda ham ba’zi xafv-
xatarga duch kelishi mumkin. Masalan, sotuvchilar mukofotlarga sazovor bo’lish 
uchun sotish hajmini sun’iy ravishda oshirib ko’rsatishi mumkin yoki bo’lmasa 
inventarlar hisobini yurituvchi xodimlar ish jarayonida chalg’ishlar natijasida 
inventarlarning hisob-kitobini o’z vaqtida yuritmasdan xatoga yo’l qoyishlari 
mumkin. Buning oqibatida menejment bo’limi moddiy va nomoddiy aktivlar 
hisobini yuritishda noto’g’ri qarorlar qabul qilishi xatolikka yo’l qo’yishi mumkin. 
Shuning uchun ham menejerlar o’z korxonlarida ishonchsiz ma’lumotlarni olishga 
sababchi bo’luvchi omil belgilarni aniq va to’g’ri belgilay olishi va aniqlashi 
lozim. Agar berilayotgan har bir ma’lumot korxona ahamiyatiga molik bo’lsa 
bunda xatolar yuzaga kelmasligini oldini olgan holda korxona menejerlari 
topshirlayotgan har bir ma’lumot ustidan kuchli nazorat o’tqizishlari shart 
hisoblanadi. 


149 
Moliyaviy hisobotda ichki nazoratning ahamiyati shundaki topshirilayotgan 
to’g’ri ma’lumotlar korxonaning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga zamin 
yaratibgina qolmay, u bir vaqtning o’zida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha 
noqulay vaziyatlardan korxonani xolos etadi. Samarali ichki nazorat axborotning 
sifatliligini ta’minlash bilan birga, axborotning tashqi va ichki iste’molchilariga 
to’g’ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling