A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Firibgarlik uchburchagi
Mazkur elementlar bilan bog’liq omillar firibgarlik yoki qizil bayroqlar riski omillari deb nomlanadi. Oddiy misol sifatida qurilish kompaniyada sodir bo’lgan firibgarlik ko’rsatiladi. Kompaniya yo’l qoplamasi tagidan kanalizatsiya va suv oqish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirdi. Dastlab bu ishlar uncha katta bo’lmagan summadan boshlanib, ish yakunida bir yilda undan olingan daromad 30 mln dollarni tashkil qildi. Qurilish ishlari Michigan va Kolorodo shtatlarining turli xududlarida amalga oshirlgan. Kompaniyalar ko’p holatlarda qurilish materiallarini imkoniyatlar Rag’batlar/bosim Munosabatlar- ratsionalizatsiyalashtirish 133 ish bajarilayotgan joydan sotib oladi. Bitimga qurilish vakilari imzo qo’yyadi va to’lovni amalga oshirish uchun u buxgalteriyaga yuboriladi. Firibgarlik uchburchagi mazkur holatda qanday ishlashini ko’rib chiqamiz. Firibgarlikning mohiyati shundan iboratki, buxgalter sohta ta’minot uchun qalbaki xujjat tayyorlaydi. To’lovni amalga oshirish maqsadida hisob yozuvini, kvitantsiyani va xaridga buyurtma tayyorlaydi. Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud bo’lgan? Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu muammolar qarib qolgan ota-onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat bo’lgan. Ikkinchidan, yangi prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki imkoniyat bu uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab bo’lgan. Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha daromad olish va u xech qachon fosh etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu firibgarlik keyincha yanada foyda keltirish mumkinligi to’g’risida o’ylagan. Bu ishning boshqa bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi prezident barcha vitse-prezidentlarni takdim qilgandan so’ng superrvizorlar yangi pikaplarga ega bo’lgan. Buxgalter esa bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi. Buxgalterning fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar olayotgan puldan uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti- xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri ( tibbiy muxtojlik, nazoratning ichki vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash) bo’lmaganda edi, uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi. Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib chiqqayotganda –aktivlarni noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish boshlashi lozim. Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim. 134 Auditorlik guruh har bir tadbir bo’yicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat yoki bosimni , shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy sohalarni ham ko’rib chiqishi lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi: kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi; har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan balans uchun boshqa moliyaviy bosimlar; qarz shartnomalari; aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha; moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki kompaniya faoliyatining davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik; Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi: jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar; shaxsiy daromad imkon bermagan farovon hayot kechirish uchun oila, do’stlar tomonidan ko’rsatilgan bosim; Qimor o’yinlarga va norkotiklarga moyillik. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati firibgarlik tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi firibgarlikni sodir etish mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida ko’p ma’nolarni bildiradi. Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish uchun imkoniyat borligini, balki nazorat yo’qligini yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va bunday holatda jinoyatchi qo’lga tushish imkonniyati past ekanligini bildiradi. Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish imkoniyatlari quyidagilarni kamrab oladi: Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish; Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat va shartlarni qo’yish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi. Bu holat shaxslarga firibgarlik operatsiyalarni amalga oshirish uchun imkon beradi evi bermaydi; 135 Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi. Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma. Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling