A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
7.2. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi “Firibgarlik” terminii bundan 30 yil oldin Don Kressi tomonidan kiritilgan edi. Don Kressi firibgarlik mohiyatini o’rganib, barcha firibgarlikda mavjud bo’lgan uchta omilni ajratib ko’rsatdi. Keyingi yigirma yil davrda firibgarlik uchburchak modeli mustahkamlandi. Ilovada berilgan firibgarlikning uchta elementi quyidagilarni o’z ichiga kamrab oladi: Firibgarlikni amalga oshirish uchun rag’bat; Firibgarlikni amalga oshirish va uni yashirish imkoniyati; Ratsionalizatsiya – o’z firibgarliginii oqlash uchun kerak bo’lgan firibgarning fikrlash tarzi. AMALDAGI AUDIT Moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lgan katta qo’llamli salat yog’i firibgarigi bugungi kundagi firibgarlikka misol bo’la oladi. Mazkur firibgarlik Nyu-Djersida Xom ashyo o’simlik yog’i Itifoqi tomonidan amalga oshirilgan edi. Uning kontseptsiyasi oddiy bo’lgan: kompaniya o’zining amalda mavjud bo’lmagan zaxiralarini ko’p deb ta’kidlab, o’zining moliyaviy holatini yuqori ko’rsatadi. Ortiqcha ko’rsatillgan aktivlar kompaniyaga xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni ortiqcha ko’rsatishga imkon beradi. Umuman olganda firibgarlik kreditorlar va ta’minotchilarga tahminan 150 mln AQSh dollariga aylandi (jorriy kursada 1 mlrd dollar). Firibgarlik oddiy tusda sodir qilingan edi. Kompaniya katta tsisternalarda salat yog’ini saqlagan, U katta hajmda o’simlik yog’igko’rib chiqqan. 132 Firibgarlik kompaniya tomonidan quyidagicha amalga oshirilgan: Birinchidan, u tsisternalarni katta hajmdagi suv bilan to’ldirigan. Ikkinchidan, oqibatda suvning sathi yog’ bilan qoplanadi. Buning natijasida auditor tsisternani tekshirganda uning yuqori, ya’ni yog’li sathini ko’rgan. Uchinchidan, kompaniya auditorning tekshiruv marshrutini hisobga ollib, bir tsisternadan ikkinchi tsesternaga suvni haydab turgan. Mazkur firibgarlik bugungi kunda ham ayrim firibgarlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunki nopok shaxslar firibgarlikni amalga oshirish maqsadida inventirizatsiyadagi kamchiliklardan foydalanmoqda. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling