A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Firibgarlikni
ratsionalizatsiyalash . Katta firiibgarikda ratsionaliziyalash asosiy tarkibiy element hisoblanadi. Ratsionalizatsiya o’g’irlik kabi noqonuniy yoki etika me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan xati-xarakatni tekshiruvchi shaxsni o’z tarkibiga oladi. Firibgarlik bilan bog’liq moliyaviy hisobot uchun ratsionalizatsiya “kompaniyani saqlab qolishdan” shaxsiy ochko’zlikgacha tebranib, quyilagilarnii o’z ichiga oladi: Barchalar moliyaviy hisobot bo’yicha oz-oz aldaydi; biz hamm usha o’yinni o’ynaymiz. XYZ kompaniyani sotib olish yoki xodimlarimizni aktsiyalar optsioni orqali saqlab qolish uchun aktsiyalarning yuqoriroq kursini talab qilamiz. Quyidagilar aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish uchun ba’zi bir umumiy ratsionalizatsiya bo’ladi: oila a’zosini yoki sevimli kishini moliyaviy inqirozdan qutqarib qolish maqsadida amalga oshirilgan firibgarlik o’zini oqlaydi; agar pulni qo’lga kiritmasak, unda biz barcha narsalardan (oila, avtomobil, uy va boshqalardan) mahrum bo’lamiz; tiashqaridan xech qanday yordam kelmaydi; bularning barchasi qarz olish, ularnii birinchi imkoniyat tug’ulganda qaytaramiz; biz o’z xarakatimizning oqibati to’g’risida yoki qabul qilingan odob va ishonch to’g’risida o’ylamaymiz. 7.3. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar Moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi va COSOningn firibgarlik to’g’risidagi ma’ruzasini auditorlarga ta’riflab bering. 136 Keyingi vaqtda sodir etilgan firibgarlikka misollar va ularning tashqi auditorlar uchun oqibati. Moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’r ko’rsatilishi SODIR ETILGAN FIRIBGARLIKKA MISOLLAR Enron dastlab kommunal korxona bo’lgan. So’ng rahbariyat uni energiyani sotish kompaniyasiga aylantirdi. Bitimlar yomon bajarilganligi natijasida rahbariyat moliyaviy kamchiliklarni quydagilar hisobidan yopib keldi: qarzlarni maxsus korxonalarning balansdan tashqari moddalariga o’tkazish; o’z nazorati ostitda bo’lgan maxsus maqsadli kompaniyalarga sotish orqali qadrsizlanib qolgan aktivlar bo’yicha daromadlarni tan olish; sotish va daromadni dastlabki tan oldishdan keyin enronga qaytib kelgan aktivlar bilan bog’liq bitimlarda ishtirok etish. bir-biri bilan bog’liq bo’lgan boshqa ko’p sonli operatsiyalar. WORLDCOM kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi (AT&Tdan keyingi) katta masofali amerika telefon kompaniyasi edi. Kompaniya o’z usishida tajovuz strategiyani qo’llab keldi. U boshqva telekommunikatsion kompaniyalarnii sotib ola boshlagan edi. Mazkur sotib olishlarning natijalri tebranganda raxbariyat xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni quyidagilar orqali qo’paytirdi: xarajatlarn kamaytirish uchun sotib olish orqali belgilangan restrukturizatsiyalashning ishlatilayotgan zaxiralari, masalan, kompaniya sotib olingandan keyin hosil bo’lgan ortiqcha yig’ilgan zaxiralar va kelajakdagi xarajatlarni kamaytirish uchun . .. zaxiralarni ishlatish; liniyani kapitallashgan xarajatlari Parmalat sut, meva sharbatlari va oziq-ovqatning bshqa turlari bilan shugullanuvchi Italiyaning transmilliy kompaniyasidir. XX asr 90-yillarining oxirida kompaniya turli xil sho’’ba korxonalarini qarzga sotib olgan edi. Natijada 137 firibgarlik Evropa miqyosida katta inqirozga olib keldi. Kompaniya sho’’ba korxonalaridan naqd pulni quydagi murakab chizma orqali tortib olgan edi: ko’paytrilib ko’rsatilgan naqd pul va naqd pulning qalbaqi yozuvlar vaholanki yirik banklarada saqlangan; kamaytirilib ko’rsatilgan qarz offshor zonalarda , masalan, Karib degizi mamlakatlarida joylashgan sho’’ba korxonalari bilan murakab munosabatlarda bo’lgan. HealthSouth AQShda tiklovchi statsionar kasalxonalarning eng ko’p sonli guruhini boshqaradi. Yuqori raxbariyat daromadni oshirish, aktsiyadorlar va tahlilchilar kutushlarnii qoniqtirish maqsadida kompaniya xodimlarini yuborishdi. Keng ko’llamli chizma ishlatildi Psixiatrik sessiyalarni o’ztkazganrligi uchun to’lovlar hisobini taqdim qilish, masalan, o’tkazilgan bitta mashg’ulot uchun unta alohida mashg’lotlar hisob to’lovini taqdim qilish; Xarajatlarni kamaytirish va daromadlarni yaxshilash maqsadida jurnaldagi provodkalarni to’g’rilash. DEL amerika kompyuterlar ishlab chiqarish kompaniyasi bo’lib, u oxir- oqibatda o’ziga nisbatan qo’yilgan firibgarlikda aybini olib tashlash uchun SECga 100 mln dollar to’lashga majbur bo’ldi. Firibgarlik sifatida ma’lumotlarni ochishdagi turli noaniqliklar ko’rsatilgan. Ular quyidagilardan iborat: Intelning rakiblari ishlab chiqargan protsessorlardan DEL foydalanmasligi uchun Intel tomonidan o’tkazilgan katta hajmdagi to’lovlar. Bu to’lovlar aslida katta pora bo’lgan. Intelto’lovlarini operatsiya sifatida noto’g’ri ko’rsatish kompaniyaga foyda ortirishdagi ko’rsatkichlarga erishishga yordam bergan. Koss Corporation amerikaning quloq tutqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Moliyaviy direktori o’zining shaxsiy xarajatlari uchun qisqa vaqt ichida 31 mln dollarni o’zlashtirib oldi. Buxgalteriya foydasi 26 mln dollar 138 bo’lgan. Oxir-oqitbatda u 34 mln dollar kompensatsiya sifatida pul to’lab, 11 yillik kamoq jazosini oldi. U firibgarlikni quyidagilar yordamida amalga oshirgan edi: Quyi halqada ishlovchilarni ko’rqitish; Amerika Ekspress orqali qilingan katta xarajatlarni tasdiqlash va boshqa korporativ kredit kartalar; Nazoratning yo’qligi va bosh direktr tomonidan tasdiqlash; Aud ustidan nazorat qilivchi qo’mitaning mavjud emasligi; Ichki auditning samarali vazifasi yo’qligi. Olimpous yirik trans milliy ishlab chiqaruvchi bo’lib, u meditsina, ijtimoiy, sanoat va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi. Yashirin zararlar yigirma yildan oshiq vaqt davomida qimmatli qog’ozlar investitsiyalari bilan bog’liq bo’lgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha masalalar ularning tashqi auditorlari bilan bog’liq bo’lgan; takomillashgan firibgarlik. Bu firibgarlik buxgalteriya noto’g’riliklar bilan bog’liq bo’lib, kompaniya prezidenti ishdan bo’shatilgandan so’ng aniqlangan. Longtop Xitoydagi dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchchi birinchi kompaniya bo’lib, NYSE listingiga kirigan edi. Kompaniya mamlakatdagi moliyaviy xizmatlar sanoatida ko’llagnilgan dasturiy ta’minotni eng yirik etkazib beruvchisi bo’lgan. Mazkur firibgarlik korporativ boshqaruvi kuchsiz bo’lgan Xitoy kompaniyalarga investorlar o’z mablag’larini kiritish jarayonida duch kelgan risklar bilan bog’liq bo’lgan. Personal xarajatlarini boshqa yuridik shaxs nomiga o’tkazish orqali foyda ko’rsatkichlari oshirib yozilgan. Dastlab tan olingan soxta daromadni qoplash uchun soxta naqd pullar. Firibgarlik auditorlar tomonidan fosh etilganda auditor firmasi xujjatlarini chiqarmaslik maqsadida auditorlik firma xodimlariga taziyiq o’tkazib ko’rqitgan. 139 Firibgarlik bo’yicha misollar audit o’tkazish bo’yicha quyidagilarni nazarda tutadi: Auditor oliy raxbariyatga bosim o’tkazadigan tahlil va daromad kutishlari to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lishi kerak; Agar potentsal daromad bilan bog’liq muammolar bo’lsa audit tugatilmasligi lozim va yil oxiridagi asosiy operatsiyalarni tekshirish lozim; Auditor iqtisodiy mohiyatni va iqtisodiy majburiyatlar mavjud bo’lgan tomonlarni aniqlash uchun murakab operatsiyalar mohiyatini tushunishi lozim; Auditor firibgarlik qaerda va qanday qilib sodir etilganligini aniqlash uchun tashkilot nazoratinig ichki vositalaridagi bo’sh joylarini aniq tushunishi va tahlil qilib chiqishi lozim; Firibgarlik sodir etilishini tushunish uchun auditorlik protseduralar mukammal ishlab chiqilishi lozim bo’ladi. Firibgarlik imkoniyatini tahlil qilganda auditorlardan professsional tanqidiy yondoshuvtalab qilinishinimazkur misollar ko’rsatadi. Bu erda ular ayniqsa kengaytirilgan auditorlik protseduralar o’tkazilishi boshqa kompaniyalarga nisbatan zid emas bo’lgan ishlab chiqarish va trendlariga va natijalarga alohida e’tibor berishlari lozim bo’ladi. Bunday protseduralar firibgarlik sodir etilishiga moyilik sharoit tugulganda ko’proq firibgarlikni aniqlashga yo’naltirlgan bo’lish lozim. KASBIY TANQIDIY YONDOSHUV / AMALIYOTDAGI AUDIT Kasbiy tanqidiy yondoshuv nima? Xech qachon firibgarlik sodir etilmagan muxitda, tekshirish faqat tarjibaga asoslangan holatda auditor kasbiy tanqidiy yondoshuvga qanday amal qiladi? Bizning audit sohasidagi tarjibamiz noto’g’iliklar mavjud ekanliklarni tekshirishga ko’p vaqt sarf etganimizni bildirmaydi. Bu faqat audit vaqtinig ko’payishiga olib kelib, qonunbuzarliklarni aniqlashga yordam bermaydi. O’zinig 2010 yildagi firibgarlik to’g’risidagi hisobotida Audit sifatining markazi (CAG) kasbiy tanqidiy yondoshuvni quyidagicha ta’riflaydi. Masalalarni 140 tadqiq qilish, isbotlarni tanqidiy baholash va nomuvofiqlarga e’tibor berish orqali ma’lumotlarni tekshirish tanqidiy yondoshuv mohiyatini tashkil qiladi. Tanqidiy yondoshuv shaxsiy maqsadga erishiish emas, yoki yomon sharoit sabablarini ochib berishga mo’ljallanmagan. Tanqidiy yondoshuv – bu barcha moliyaviy hisobot beruvchilardani talab qilinadigan kasbiy xolisonaliknining muhim elementidir. Tanqidiy yondoshuv nafaqat ta’minot zanjiridagi firibgarlikni aniqlash ehtimolini oshiradi, balki firbgarlik qo’llanish mumkinlik holatini ham ochib berishga imkon yaratadi. Bu esa korxonaga firibgarlik tomonidan etkazilishi mumkin bo’lgan risk zararlarini kamaytiradi. Auditor auditni kasbiy tanqidiy yondoshuv nuqtai nazaridan kelib chiqib rejalashtrishi, moliyaviy hisobotning jidddiy noto’g’riliklarga olib keluvchi sharoit mavjudligiga e’tibor berishi lozim. Firibgarlik mohiyatidan kelib chiqib, firibgarlik tufayli yuzaga kelgan jiddiy noto’g’riliklar risklarini ko’rib chiqishda kasbiy tanqidiy yondoshuvga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Kasbiy tanqidiy yondoshuv auditorlik isbotlarga nisbatan tahminlar bildirib, uni tanqidiy baholaydi. Kasbiy tanqidiy yondoshuv ma’lumot va auditorlik isbotlar firibgarlik tomonidan yuzaga kelgan muhim noto’g’riliklar mavjud ekanligini ko’rsatishi mumkin yoki mumkin emasligini o’rganishni nazarda tutadi. Standart quyidagilarni ham nazarda tutadi: Sub’ekt raxbariyati va raxbarlik vakolati berilgan shaxslarga nisbatan ularning to’g’ri ishlaganligi to’g’risidagi tarjibani auditor inkor qila olmaydi. Sharoitlar o’zgarib ketishi mumkinligi sababli kasbiy tanqidiy yondoshuv qoidariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. So’rov va auditorlik protseduralarni amalga oshirishda auditor kasbiy tanqidiy yondoshuvga rioya qilish shart. U raxbariyat va raxbarlik vakolati berilgan shaxslarning to’g’ri ishlashligi haqidagi fikrlarga asoslangan auditrorrlik isbotlarning ishonchli bo’lmaganlarini qabul qilmasligi lozim. Raxbarlik vakolati berilgan shaxslarga nisbatan kasbiy tanqidiy yondoshuvni ko’llash raxbarlik vakolati berilgan shaxslar to’g’risidagi 141 so’rab olingan ma’lumotlarni, boshqa isbotlar asosida olingan ma’lumotlarni va audit jarayonida olingan ma’lumotlarni sinchiklab ko’rib chiqishni bildiradi. Kasbiy tanqidiy yondoshuvning muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy unsurlari olingan ishonchli isbotlarni, ushbu isbotlarni tanqidiy tahlil qilishni, noto’g’riliklarga e’tibor qaratishni, tadqiq masalalarini aniqlashni kamrab oladi. Auditning mohiyati kasbiy tanqidiy yondoshuvdan iborat bo’lib, auditorni aldanishiga olib kelish imkoniyatlarini oldini olishi lozim. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling