A k a d e m I ya a. A. Akilov, A. A. Qahhorov, M. X. Sayidov


 Kuzov jihozlari va uning tuzilishi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana11.12.2020
Hajmi1.7 Mb.
#164864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2012-akilov-avtomobil-разблокирован


7.1. Kuzov jihozlari va uning tuzilishi 
Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, 
yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda 
ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi. 
Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun (yog‘och yoki temir 
platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo‘ladi. 
Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani 
bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda 
maxsuslariga (laboratoriya, ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan 
xavfli) bo‘linadi. 
84-rasm. Yuklamani to‘la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi.
1-oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk 
xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper. 
6
2
1
3
4
5
7

 135
Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun 
ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil 
avtomobil kuzovlari). 
Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la qabul qiluvchi va 
yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi (84-rasm).
Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga 
kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, 
oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun 
payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot 
bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib 
biriktirilgan (84-rasm). 
Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshik-
lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan 
tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. 
Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch 
qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz 
hisoblanadi. 
Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak 
bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. 
Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega. 
Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik 
komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lov-
chilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U 
qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida 
ichidan qulf o‘rnatilgan. 
Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi 
va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va 
suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan. 
85-rasm. NEXIA avtomobilini buyash
.

 136
Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul kiluvchi, ikki 
katta bo‘laqsan iborat, beshta eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab 
yasalib payvanddab yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama 
lonjeronli va ko‘ndalang joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab 
yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, unga dvigatel va transmissiya 
agregatlari mahkamlanadi. 
Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi 
turiga mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan 
qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig‘ilgan. Oldi qismida ikkitadan 
lonjeron va to‘sindan iborat qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya 
agregatlari biriktirilgan. 
Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni 
payvandlab yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. 
Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib, 
kuzov yo‘lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. 
 
Kuzovni zavod tomonidan buyosh usuli 85-rasmda ko‘rsatilgan.  
7.2. Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda  
uchraydigan asosiy nosozliklar 
Avtomobil kuzovining asosiy nosozliklarlari: ularning qiyshayi-
shi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli 
birikmalarni bo‘shashib ketishidan iborat.  
Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, 
payvantlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar 
qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi.  
Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda 
yordamida tozalanadi. Payvantlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli 
payvantlash turidan foydalaniladi. Payvantlash qo‘l bilan yoki avtomatik 
ravishda bajariladi. 
Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq 
bo‘lib, ular avtomobillarning yurgan yo‘li va ishlash muddati 
hisoblanadi.   
Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallarini ikki guruhga ajratamiz: 
¾ oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism 
qirralari; 

 137
¾ oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari. 
Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 
yil yoki ellik ming kilometrni tashkil qiladi.  
Birinchi guruhga kiruvchi kuzov detallari yaroqsiz holga kelishi, 
kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo 
baquvvatligini susaytirmaydi. 
Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobilning 
baquvvatligini susaytiradi. 
Kuzov bo‘yoq qoplamasining zanglashiga qarshi muhofaza 
choralari.  
Avtomobil detallarini atmosfera omillari ta’sirida yemirilishidan 
saqlash va ko‘rkam qilish maqsadida qoplamalarining turli tizimlaridan 
foydalaniladi. Qoplamalar tizimi turli vazifalarga mo‘ljallangan lak-
bo‘yoq materiallarning ketma-ket surtilgan qatlamlari majmuidir. 
Qoplama egallashi lozim bo‘lgan xilma-xil xossalarni birgina material 
bilan berish mumkin bo‘lmaganidan qoplamalar tizimi qo‘llaniladi. 
Lak-bo‘yoq materiallar suyuq birikmali bo‘lib, ular detal yuzasiga 
yupqa qilib surtilganda, qurigandan so‘ng yuza bilan mustahkam 
ishlashishi lozim bo‘lgan parda hosil qiladi.  
Lak-bo‘yoq qoplamalarining ishonchli ishlashi qoplama material va 
himoyalanayotgan buyum materialining issiqdan kengayishi koeffit-
siyentlari har xilligi hamda qoplamada atmosferadagi mavjud namlik, 
chang va turli gazsimon aralashmalar shimilishi natijasida pardaning 
yorilishiga bog‘liq. Bu jarayonlarning mexanik yemirilishi va eskirishiga 
olib keladi. 
Lak-bo‘yoq qoplamalar eskirishi (qoplamaning yaltiroqligi yo‘qo-
lishi uning eskira boshlaganini bildiradi) natijasida elastikligini 
yo‘qotadi, yorilib ketadi, yuzadan ko‘chadi va yemiriladi. 
Agar qoplama pardasining suvga chidamliligi yetarli bo‘lmasa, 
uning g‘ovaklari orqali suv kirib, metalga tegishi natijasida parda 
ostidagi metall zanglaydi. Korroziya mahsulotlari lak-bo‘yoq pardani 
shishiradi, oqibatda u metall sirtidan ajraladi. 
Yengil avtomobil shamollatish va isitish hamda havosini kondit-
siyalash yo‘lovchilarga qulaylik yaratish bilan birga lak-bo‘yoq 
qoplamasining zanglashiga qarshi muhofaza qilish usullaridan biridir. 

 138
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 
 qisqacha texnik tavsifnomalari 
MODEL 
DAMAS TIKO 
MATIZ 
NEXIA 
(SONS/DONS) 
MODIFI-
KAɌSIYA 
BUS(7) 
STD 
BUS 
(7) 
DLX
VAN
(7)  
STD
(5)ST
D
(5) 
DLX
M(5)
STD 
MX(5)
DLX
GL(5)
STD 
GLE(5)
DLX
Kuzov 
turi 
5 eshik 
 Hatch back
5 eshik 
 Hatch back
5 eshik 
 Hatch back
4 eshik 
 Sedan
O‘rindiqlar 
soni 
7 7 2 



O‘lcham-
lari (mm) 
 
 
 
 
uzunligi 3230  3340 
3495 
4482 
eni 1400 
1400 
1495 
1662 
balandligi 1920  1395 
1485 1393 
Baza 1840  2335 
2340 
2520 
Koleya 
(old/orqa) 
1220/1210 1220/1200 
1315/1280 
1406/1400 
Dvigatel
turi 
F8CB,SONɋ 2V  
karbyuratop 
F8C,SONɋ
2V
karbyurator
F8CV,SON
ɋ 2V
injektor
SONɋ
2V/DONS 4V 
imjektor 
Ish hajmi 
796 
796 
796 
1498 
Slindr 
diametri va 
porshen 
yo‘li (mm)
68,5×72,0 68,5×72,0 
68,5×72,0 
76,5×81,5 
Siqish 
darajasi 
9,3 9,3 
9,3 
8,6/8,3 
Mak. quv-
vat (kVt/a
yl.min) 
  28   
.
5000
30,15
5500
  36
.
6000
 37,5 
.
5900
 55 
.
5400
 62,5 
.
5600
Ot kuchi 
38
41 
49 
51 
75 
85 
Mak. 
burovchi  
moment 
(Nm/ayl. 
min)
 62,8 
.
3000
 58,8 
.
2500
 65 
.
3800
 68,6 
.
3600
 123 
.
3400
 130 
.
4400

 139
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ȼɚɡɢɪɥɚɪ Ɇɚԟɤɚɦɚɫɢɧɢɧɝ 2006 ɣɢɥ 2 
ɚɜɝɭɫɬɞɚɝɢ 156-ɫɨɧɥɢ ԕɚɪɨɪɢɝɚ ɚɫɨɫɢɞɚ ɬɚɣɺɪɥɚɧɝɚɧ  «ȼ» ɬɨɢɮɚɥɢ
ɚɜɬɨɬɪɚɧɫɩɨɪɬ ɜɨɫɢɬɚɥɚɪɢ ԟɚɣɞɨɜɱɢɥɚɪɢɧɢ ɬɚɣɺɪɥɚɲ ʆԕɭɜ ɞɚɫɬɭɪɢ / 
Ɍɭɡɭɜɱɢ  – Ɍ., 2008. 
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɧɢɧɝ Ƀʆɥ ԟɚɪɚɤɚɬɢ ԕɨɢɞɚɥɚɪɢ – Ɍ., 2010. 
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ȼɚɡɢɪɥɚɪ Ɇɚԟɤɚɦɚɫɢɧɢɧɝ 2010 ɣɢɥ 31 
ɞɟɤɚɛɪɞɚɝɢ 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɞɚ
ɚɜɬɨɦɨɬɨɬɪɚɧɫɩɨɪɬ
ɜɨɫɢɬɚɥɚɪɢɧɢ ɛɨɲԕɚɪɢɲ ԟɭԕɭԕɢɧɢ ɛɟɪɢɲ, ԟɚɣɞɨɜɱɢɥɚɪɢɧɢ ɬɚɣɺɪɥɚɲ ɜɚ
ԕɚɣɬɚ ɬɚɣɺɪɥɚɲ ɬɚɪɬɢɛɢɧɢ ɬɚɤɨɦɢɥɥɚɲɬɢɪɢɲ ɱɨɪɚɥɚɪɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ»ɝɢ
325-ɫɨɧɥɢ ԕɚɪɨɪɢ.
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɂɂȼɧɢɧɝ 2011 ɣɢɥ 23 ɮɟɜɪɚɥɞɚɝɢ
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɞɚ
ɚɜɬɨɦɨɬɨɬɪɚɧɫɩɨɪɬ
ɜɨɫɢɬɚɥɚɪɢɧɢ
ɛɨɲԕɚɪɢɲ ԟɭԕɭԕɢɧɢ ɛɟɪɢɲ, ԟɚɣɞɨɜɱɢɥɚɪɢɧɢ ɬɚɣɺɪɥɚɲ ɜɚ ԕɚɣɬɚ
ɬɚɣɺɪɥɚɲ ɬɚɪɬɢɛɢɧɢ ɬɚɤɨɦɢɥɥɚɲɬɢɪɢɲ ɱɨɪɚɥɚɪɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ»ɝɢ 28-ɫɨɧɥɢ
ɛɭɣɪɭԑɢ.
Akilov A.A., Dimetov R.N. Yo‘l harakati qoidalari (belgilar, atamalar va 
tushunchalar): Lug‘at-ma’lumotnoma. – Ɍ., 2012.  
ɆɭΣɢɬɞɢɧɨɜ ɇ.Ɏ., ΢ɚɦɢɞɭɥɥɚɟɜ Ⱥ.Ⱥ.,  ɍɦɚɪɨɜ Ȼ.ɒ. Ƀʆɥ ԟɚɪɚɤɚɬɢ
ԕɨɢɞɚɥɚɪɢɝɚ ɲɚɪԟɥɚɪ ɜɚ ɚɦɚɥɢɣ ɬɚɜɫɢɹɥɚɪ  (ɃԞԔɥɚɪɧɢ ɛɭɡɝɚɧɥɢɤ ɭɱɭɧ
ɫɨɥɢɧɚɞɢɝɚɧ ɠɚɪɢɦɚɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ɛɢɪɝɚɥɢɤɞɚ). – Ɍ., 2011. 
Θɨɞɢɪɨɜ ɋ.Ɇ., ɇɚɡɚɪɨɜ Ʉ.Ɇ. Ƀʆɥ-ɬɪɚɧɫɩɨɪɬ ԟɨɞɢɫɚɥɚɪɢ ɬɚԟɥɢɥɢ. – 
Ɍ., 2002.  
Ɇɚɦɚɬɨɜ ɏ.Ɇ. ɜɚ ɛɨɲΙ. Ⱥɜɬɨɦɨɛɢɥɥɚɪ. – Ɍ., 2000. 
Ɏɚɣɡɭɥɥɚɟɜ ɗ. ɜɚ ɛɨɲΙ. Ɍɪɚɧɫɩɨɪɬ ɜɨɫɢɬɚɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɭɡɢɥɢɲɢ ɜɚ
ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. – Ɍ., 2005. 
DAEWOO TICO ɪɭɤɨɜɨɞɫɬɜɨ ɩɨ ɪɟɦɨɧɬɭ ɢ ɷɤɫɩɥɭɚɬɚɰɢɢ. – Ȼ,  2000. 
DAEWOO DAMAS ɪɭɤɨɜɨɞɫɬɜɨ ɩɨ ɪɟɦɨɧɬɭ ɢ ɷɤɫɩɥɭɚɬɚɰɢɢ. – Ȼ,
2000. 
Ɇɚɦɚɬɨɜ ɏ.Ɇ. Ⱥɜɬɨɦɨɛɢɥɢ. – Ɍ., 1992. 
Ɂɟɥɟɧɢɧ ɋ.Ɏ.,  Ɇɨɥɨɤɨɜ ȼ.Ɇ. ɍɱɟɛɧɢɤ ɩɨ ɭɫɬɪɨɣɫɬɜɭ ɚɜɬɨɦɨɛɢɥɹ. – 
Ɇ., 2000. 
ɂɜɚɧɨɜ Ⱥ.Ɇ. ɢ ɞɪ. Ɉɫɧɨɜɵ ɤɨɧɫɬɪɭɤɰɢɢ ɚɜɬɨɦɨɛɢɥɹ. – Ɇ., 2000. 
Ɍɟɯɧɢɱɟɫɤɚɹ ɷɤɫɩɥɭɚɬɚɰɢɹ ɚɜɬɨɦɨɛɢɥɟɣ: ɍɱɟɛɧɢɤ / ɉɨɞ ɪɟɞ. ɩɪɨɮ.
ȿ.ɋ. Ʉɭɡɧɟɰɨɜɚ. – Ɇ., 2001. 
Ȼɨɪɨɜɫɤɢɯ ɘ.ɂɢ ɞɪ. Ⱥɜɬɨɦɨɛɢɥɥɚɪɧɢɧɝ ɬɭɡɢɥɢɲɢ, ɬɟɯɧɢɤ ɯɢɡɦɚɬ
ɤʆɪɫɚɬɢɲ ɜɚ ɬɚɴɦɢɪɥɚɲ. – Ɍ., 2001. 
Ʉɭɡɧɟɰɨɜ
ȿ.ɋ.
Ⱥɜɬɨɦɨɛɢɥɥɚɪɧɢɧɝ
ɬɟɯɧɢɤ
ɷɤɫɩɥɭɚɬɚɰɢɹɫɢ / 
ɒ.ɉ.Ɇɚɝɞɢɟɜ ɬɚɪɠɢɦɚɫɢ. – Ɍ., 2003. 

 140
MUNDARIJA 
KIRISH………..…………………………………………………………………...3 
1-bob.
AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI
1.1. Avtomobilning rivojlanish tarixi……………………………………………….4 
1.2.  Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari……………….7 
1.3. Yengil avtomobillar haqida umumiy ma’lumot………………………………11 
2-bob.
ICHKI  YONUV  DVIGATELI 
2.1. Krivoship-shatunli mexanizm………………………………………………...25 
2.2. Gaz taqsimlash mexanizmi……………………………………………………29 
2.3. Sovitish tizimi…………………………………………………………………34 
2.4. Moylash tizimi………………………………………………………………...40 
2.5. Ta’minlash tizimi……………………………………………………………..44 
2.6. O’t oldirish tizimi……………………………………………………………..53 
2.7. Avtomobillardan foydalanish davrida dvigatelda uchraydigan asosiy   
       nosozliklar……………………………………………………………...……..63 
3-bob.
TRANSMISSIYA
3.1. Ilashish muftasi……………………………………………………………….71 
3.2. Uzatmalar quttisi……………………………………………………………...73 
3.3. Kardanli uzatma………………………………………………………………76 
3.4. Asosiy  uzatma,  differensial va yarim o‘qlar………………………………...78 
3.5. Avtomobillardan foydalanish davrida transmissiyada uchraydigan  
       asosiy nosozliklar……………………………………………………………..83 
4-bob.   
YURISH QISMI 
4.1. G‘ildirak va shinalar………………………………………………………….86 
4.2. Osmalari………………………………………………………………………89 
4.3. Old g‘ildirakni o‘rnatish burchagi…………………………………………….95 
4.4. Avtomobillardan foydalanish davrida yurish qismida uchraydigan asosiy  
       nosozliklar…………………………………………………………………….96 

 141
5-bob. BOSHQARUV MEXANIZMI
5.1. Rul boshqarmasi……………………………………………………………..99 
5.2. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida uchraydigan  
       asosiy nosozliklar……………………………………………………………105 
5.4. Tormoz tizimi……………………………………………………………….106 
5.5. Avtomobillardan foydalanish davrida tormoz boshqarmasida uchraydigan  
       asosiy nosozliklar……………………………………………………………112 
6-bob. AVTOMOBILNING  ELEKTR  JIHOZLARI 
6.1. Tok manbalari………………………………………………………………115 
6.2. Dvigatelni ishga tushirish tizimi……………………………………………122 
6.3. Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar………………………………………126 
6.4. Nazorat-o‘lchov asboblari…………………………………………………...129 
6.5. Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida elektr jihozlarida uchraydigan  
       asosiy nosozliklar……………………………………………………………130 
7-bob.
AVTOMOBIL KUZOVI 
7.1. Kuzov jihozlari va uning tuzilishi………………………….………………..134 
7.2. Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda uchraydigan asosiy 
       nosozliklar……………………………………………………………….…..136 
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
……………………………………..…..138 

 142
AKILOV Akmal Akbarovich; 
QAHHOROV Azamat Abdug‘ofurovich; 
SAYIDOV Maxmud Xamidovich 
AVTOMOBILNING  UMUMIY  
TUZILISHI 
Darslik 
       Muharrir       Sarvarbek Qosimov 
Texnik muharrir       Davron Hamidullayev 
Bosishga ruxsat etildi    . 08. 2012. Nashriyot hisob tabog‘i 8,5. 
Adadi        nusxa. Buyurtma Bahosi shartnoma asosida. 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling