A k a d e m I ya a. A. Akilov, A. A. Qahhorov, M. X. Sayidov


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana11.12.2020
Hajmi1.7 Mb.
#164864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2012-akilov-avtomobil-разблокирован


3.2. Uzatmalar qutisi 
Vazifasi:  
¾ uzatishlar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan 
avtomobil harakat tezligini va yetaklovchi g‘ildiraklardagi tortish 
kuchini miqdorini o‘zgartirish; 
¾ dvigateldan kelayotgan burovchi momentni yo‘nalishini o‘zgar-
tirish (avtomobilni orqaga yurishini ta’minlash); 
¾ dvigatel tirsakli valini yetakchi g‘ildiraklardan uzoq muddatga 
ajratib qo‘yishni ta’minlaydi. 
 
Uzatmalar qutisining uzatishlar soni uning yetakchi va yetakla-
nuvchi vallarining aylanish chastotalarining nisbatiga teng. Uzatishlar 
sonini o‘zgartirishning zarurligi, yo‘l sharoitiga bog‘liq bo‘lgan 

 74
avtomobil harakatiga qarshilik kuchlari keng diapazonda o‘zgaradi, 
porshenli dvigatelning burovchi momenti esa, eng yuqori yonilg‘i 
uzatilganda, bor-yo‘g‘i 10-30% ga o‘zgarishi mumkin. Avtomobil 
joyidan o‘zalishida tez-tezlanish olish uchun va harakatiga sezilarli 
qarshilik kuchlarini yengish uchun, masalan to‘liq yuk bilan yuqoriga 
harakat qilganda, dvigatelning maksimal momentiga to‘g‘ri keladigan 
qiymatga qaraganda tortish kuchi bir necha bor katta bo‘lishi kerak. 
Tortish kuchini bunday kupaytirishni uzatishlar soninini o‘zgartirish 
bilan ta’minlanadi.  
Uzatmalar qutisining turlari: Uzatishlar sonini o‘zgartirish 
tavsifiga binoan uzatmalar qutisining pog‘onali, pog‘onasiz va aralash 
turlarga bo‘linadi. Yetakchi va yetaklanuvchi vallar orasidagi bog‘lanish 
tavsifiga asosan uzatmalar qutisi mexanik, gidravlik, elektrik, aralash, 
boshqarish usuli bo‘yicha esa avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga 
ajratiladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga yurishdagi uzatishlar soni 
bo‘yicha farqlanadi (4 pog‘onali, 5 pog‘onali va h.k.). 
46-rasm. Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar.
1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val; 
 5-trasmission moyni to‘kish jumragi; 6-oraliq val; 7-qobig‘i. 
Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi. Tishli mexanizmli pog‘onali 
mexanik uzatmalar qutisi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Bunday 
uzatmalar qutisidagi o‘zgartirilayotgan uzatishlar soni, odatda 4-5, 
ba’zida esa 8 va undan ko‘p qiymatga ega. Uzatishlar soni qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, dvigatel quvvatidan shunchalik yaxshi foydalaniladi va 
yonilg‘i tejamkorligi ham ortadi, biroq bunda uzatmalar qutisining 
konstruksiyasi murakkablashadi, vazni og‘irlashadi, o‘lchamlari oshadi 
va mavjud harakat sharoitlari uchun optimal bo‘lgan uzatmalarni tanlash 
qiyinlashadi (46-rasm).  

 75
 
Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mexanizmlari odatda 
silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zalmas geometrik o‘qli yoki 
planetar qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning 
kichigini-shesternya, kattasini-g‘ildirak deb ataladi (47-rasm). 
Ishlash prinsipi: Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va 
yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesternya va tishli 
g‘ildiraklarni o‘zaro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini  
hosil qilish hisobiga amalga oshiriladi tishli shesternya A dan tishli 
g‘ildirak B ga burovchi moment uzatilganda uning miqdori 2 marotaba 
oshadi, chunki uzatishlar soniga teng, lekin ikkinchi valning aylanishlar 
soni 2 marotaba birinchi valning aylanishar soniga nisbatan kamayadi 
(47-rasm). 
Uzatmalar qutisida bir nechta yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli 
shesternya va tishli g‘ildiraklar o‘rnatish hisobiga bir nechta uzatishlar 
sonini olish mumkin. Masalan, (47a, b-rasm) yetaklovchi, valga 
dvigatelning tirsakli validan kelayotgan burovchi moment tishli 
shesternya (yetaklovchi)dan tishli g‘ildirak (yetaklanuvchi)ga o‘tganda 2 
marta oshadi yetaklanuvchi valning aylanishlar soni esa marta kamayadi, 
so‘ngra ikki marta oshgan burovchi moment yetaklovchi shesternyadan 
yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka o‘tganda uning qiymati ikki marta 
oshadi, lekin yetaklanuvchi valning aylanishlar soni ikki marta 
kamayadi. Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning umumiy 
miqdori uzatmalar qutisidan uzatilganda marta oshadi, valning 
aylanishlar soni esa marta kamayadi. 
                     a)     
 
 
 
 
         b) 
47-rasm. Uzatishlar sonining o‘zgarishi.
Xuddi shu tarzda pog‘onalar sonini oshirish hisobiga turli miqdordagi 
uzatishlar sonini olish mumkin va turli yo‘l sharoitiga mos ravishda 
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
ayl/min 
ayl/min 
ayl/min 
ayl/min 
ayl/min 
tishlar

 76
yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentni va avtomobil harakat 
tezligini ta’minlash mumkin. 
48-rasm. Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi.
Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning yo‘nalishini o‘zgar-
tirish sxemasi 48-rasmda keltirilgan. Dvigateldan kelayotgan burovchi 
moment birlamchi (yetaklovchi) val, shesternyadan orali valga uzatiladi, 
so‘ngra burovchi moment oraga yurishni ta’minlash shesternyasidan 
o‘tadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, yo‘nalishi o‘zgargan burovchi 
moment (yetaklanuvchi) ikkilamchi valdan yetaklovchi g‘ildiraklarga 
yetkaziladi. 
Tishli g‘ildiraklarning qo‘zg‘almas o‘qli uch valli uch pog‘onali 
uzatmalar qutisining sxemasini (48-rasm) ko‘rib chiqamiz. Yetakchi
yetaklanuvchi va oraliq  vallar, yetakchi va yetaklanuvchi vallar qutida 
podshipniklarda o‘rnatilgan. Yetakchi valda oraliq valning g‘ildiragi 
bilan doimiy ilashishlikda turgan shesternya qattiq qotirilgan. Boshqa 
shesternyalar xuddi shunday oraliq valda qattiq qotirilgan. Yetaklanuvchi 
valning g‘ildirak-koretkasi val bilan shlitsalar yordamida shunday 
birlashtirilganki, uni val bo‘yicha surish mumkin. Xuddi shunday, 
yetaklanuvchi valdagi tishli muftani val bo‘ylab siljitish mumkin. Tishli 
g‘ildirak bu valda erkin o‘rnatilgan va shesternya bilan doimiy ilashishda 
bo‘ladi. 
3.3. Kardanli uzatma 
Kardanli uzatmaning vazifasi o‘qlari bir chiziqda yotmagan va 
o‘zaro joylashuvi o‘zgarib turadigan vallar orasida burovchi momentni 
uzatib berishdan iborat. 

 77
Kardanli uzatma quyidagilardan tashkil topgan: 
 elastik mufta
 shlitsali birikma
 oldingi kardanli val
 tayanch podshipnik
 oldingi kardan sharniri
 orqa kardan val
 orqa kardan sharniri
Kardanli uzatma o‘klari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini 
o‘zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzat-
maning bir agregatidan boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning 
kuch uzatmasiga o‘rnatilgan kardanli uzatma dvigateldan olinadigan 
burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali bitta yetakchi ko‘prikka 
tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko‘prikka uzatib berishi lozim. 
Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga 
nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu 
sababli burovchi momentning uzatmalar kutisidan (yoki taqsimlash 
kutisidan) yetakchi ko‘prikga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda 
kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga 
nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi momentni o‘zaro uzatish 
uchun xizmat kiladi. Tepish va buralma tebranishlar xavfini kamaytirish 
uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli, sharnirli hamda ikkita 
val shuningdek, oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan 
foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan 
shlitsali birikma mavjud. 
49-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnir.

 78
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi: 
¾ burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar (49-rasm), 
¾  burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar (50-rasm).  
Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida 
kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin. 
Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning 
oraliq tayanchlaridan tashkil topgan. Kardan sharniri deb, sharnirli 
bo‘g‘inga aytilib, uning yordamida aylanma harakatni (burovchi 
momentni) bir valdan ikkinchi valga o‘zgaruvchan burchak ostida 
uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar ishlatiladi. Bikr kardanli 
sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni biriktiruvchi  krestovina-
lardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga 
nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin. 
50-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir. 
Kardan sharnirlari aylanayotganida kardan valining og‘ishi, yetakla-
nuvchi vilkaning krestovinada og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi, 90° gradus-
ga burilganida esa, yetakchi vilkada  krestovinani og‘ishi sodir bo‘ladi.
3.4. Asosiy  uzatma,  differensial va yarim o‘qlar 
Zamonaviy avtomobillarda o‘lchamlari va massasi nisbatan katta 
bo‘lmagan, tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat hosil qiladigan 
dvigatellar qo‘llanilmoqda. Biroq shunga qaramay, bu dvigatellar 
vallarida hosil bo‘ladigan burovchi moment (agar bu momentni 
o‘zgartirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga 

 79
uzatilsa) avtomobilning turli yo‘l sharoitlarida yura olishiga yetarli emas. 
Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g‘ildiraklaridagi 
burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida 
bajarilishini yuqorida aytib o‘tilgan. Lekin avtomobil ish mobaynida 
ko‘p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to‘g‘ri uzatmada harakatlanadi. 
Demak, to‘g‘ri uzatmada dvigatel validagi burovchi moment 
o‘zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli bo‘lmagan holda 
yetakchi g‘ildiraklarga uzatilgan bo‘lar edi. Shu sababli avtomobilning 
yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar chastotasini 
kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga 
asosiy uzatma kiritiladi (51-rasm). 
51-rasmAsosiy uzatmaning sxemasi: 
1-flanes;2-yetaklovchi val shesternyasi; 3-yetaklanuvchi shesternya; 4-yetakla-
nuvchi shesternya; 5-yetaklovchi (orqa) hildirak; 6-yarim o‘qlar; 
 7-asosiy uzatma ‘g‘ilofi. 
Asosiy uzatma tishli g‘ildiraklarining yetakchisi kichik diametrli 
yetaklanuvchisi esa, katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim 
o‘qlarning aylanishlar chastotasi (uzatish soniga qarab) kardan valning 
aylanishlar chastotasiga qaraganda kam bo‘ladi. Yarim o‘qlarning va u 
bilan bog‘liq bo‘lgan yetakchi g‘ildiraklarning aylanishlar chastotasi 
kardan val aylanishlar chastotasiga nisbatan qancha kam bo‘lsa, ulardagi 
burovchi moment shuncha ko‘p bo‘ladi. Demak, yetakchi g‘ildirak-
lardagi burovchi momentning, kardan valnikiga nisbatan ortishi asosiy 
uzatmaning uzatish soniga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy uzatmaning uzatish 
soni asosan dvigatelning quvvatiga va tezyurarligiga, shuningdek, 

 80
avtomobilning massasi va qanday ishga mo‘ljallanganligiga bog‘liq 
bo‘lib, u yuk avtomobillarida 6,5...9,0; yengil avtomobillarda esa 
3,5...5,5 oralig‘ida bo‘ladi (52-rasm). 
52-rasmAsosiy uzatma va differensial: 
1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi shesternya;3-yetaklanuvchi shesternya; 4-yarimo‘q  
shesternyasi; 5-sotolet shesternyasi. 
Asosiy uzatmalar, ilashishdagi tishli g‘ildiraklarning soniga qarab 
yakka yoki qo‘shaloq bo‘lishi mumkin. 
Yakka uzatma bir juft tishli g‘iddirakdan, ko‘shaloq uzatma esa 
ikki juft tishli g‘ildiraklardan iborat. Yakka uzatmalar o‘z navbatida 
silindrik, konussimon, gipoidli yoki chervyakli bo‘lishi mumkin 
 
Qo‘shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik 
tishli g‘ildiraklardan tashkil topib, ular o‘z navbatida ko‘prik o‘rtasida 
yaxlit joylashgan markaziy uzatma yoki ikki qismga bo‘lingan, ajratilgan 
uzatma bo‘lishi mumkin. Yakka uzatmalar ko‘pincha yengil yoki o‘rta 
yuk avtomobillarida qo‘llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko‘prigi 
orqada joylashgan kompanovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli 
uzatmalar ishlatiladi. Kompanovkasi old yuritmali bo‘lgan yengil 
avtomobillarda (Neksiya, Tiko, MATIZ, VAZ-2108, VAZ-2109) 
silindrik uzatmalar qo‘llanilmoqda. 
Konnussimon asosiy uzatmaning ishlashidagi o‘ziga xos 
xususiyatlari val tayanchlariga o‘zaro perpendikular bo‘lgan uchta 
yuzada katta kuchlarni ta’sir etishidir. Bu kuchlar ta’sirida tishli 
g‘ildiraklarning vallari o‘qi bo‘ylab siljishga intiladi. Bundan tashqari 
yetakchi tishli g‘ildiraklarning tayanch podshipniklari valning bir 
tomonida joylashganligi, uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi 
kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo‘shimcha dinamik 
kuchlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Konussimon asosiy 
uzatmaning uzoq muddat ishlashi uchun tishlarning boshlang‘ich konus 

 81
uchlari (vershina) 0 nuqtada bo‘lgan holda ularning ilashishi talab etilgan 
aniqlikda bo‘lishi shart. Boshlang‘ich konus uchlarining siljishi 
uzatmaning ishlash sharoitini tez yomonlashtirib yeyilishini tezlashtiradi 
va shovqinini oshiradi. Tishli g‘iddiraklarning aniq ilashishini, shuning 
bilan, ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularning podshipniklari 
oldindan tig‘izlab o‘rnatiladi va karterining bikrligi oshiriladi. Bundan 
tashqari o‘tuvchanligi yuqori bo‘lgan yengil avtomobillarda, shuningdek, 
yuk avtomobillarida qo‘llanilgan konussimon yoki gipoidli uzatmalarda, 
katta yuklanishda ishlaganda, ilashishning aniqligini saqlash maqsadida 
yetakchi tishli g‘ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka 
qo‘shimcha tayanchlar ishlanadi. 
O‘qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli 
uzatmaning orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa o‘z navbatida 
avtomobilning og‘irlik markazini pasaytirib, uning turg‘unligini oshiradi. 
Bundan tashqari, gipoidli uzatmada tishlarning spiral burchagi katta 
bo‘lgani uchun, ularning uzunliga ham katta bo‘lib, bir vaqtda ilashib 
turgan tishlarning soni konussimon uzatmaga qaraganda ko‘p bo‘lib, 
ilashib turgan tishlarning har biriga to‘g‘ri keladigan yukni kamaytiradi. 
Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g‘ildirak diametri bir xil bo‘lgan, 
ikki xil uzatmalar taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli 
g‘ildirakning diametri konussimon uzatmadagi yetakchi tishli 
g‘ildiraknikiga qaraganda kattaroq, ya’ni bikrligi yuqoriroq bo‘ladi. 
Bularning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi hisoblanib, uning 
mustahkamligini va uzoq muddat ishonchli shovqinsiz, ravon ishlashini 
ta’minlaydi. 
Uzatmaning kamchiliklari g‘ildirak tishlarining spirall burchagi 
katta bo‘lganligi tufayli tish sirtlari o‘zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular 
nisbatan tez yeyiladi, yeyilishni oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan 
tish sirtlarida mustahkam moy qatlami hosil qiladigan maxsus gipoid 
moyidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli 
g‘ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig‘ishdagi aniqlik 
darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin 
shunga qaramay, bu kamchiliklar gipoidli uzatmaning afzalliklariga hech 
qanday zarar yetkazmaydi. 
Chervyakli asosiy uzatmalar tishli g‘ildirakli uzatmalardan o‘zining 
ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning 
F.I.K. konusli va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik va uni 
tayyorlashda qimmat metall (bronza) ishlatilganligi sababli 
avtomobillarda deyarli qo‘llanilmaydi. 

 82
Differensialning vazifasi va turlari. Ma’lumki, avtomobil 
burilayotganda uning g‘ildiraklari har xil yo‘l bosib turli chastotada 
aylanadi. Masalan, avtomobil burilayotganda uning tashqi g‘ildiraklari 
ichki g‘ildiraklariga qaraganda ko‘proq yo‘l bosib tez aylanadi. 
G‘ildiraklarni bunday turli chastotada aylanishi avtomobilning 
notekisliklarda (to‘g‘ri yo‘nalishda) harakatlanganda, shuningdek, 
g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yeyilishi yoki havo bosimi 
turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganda ham ro‘y beradi. Yetakchi bo‘lmagan 
oldingi g‘ildiraklarni bir-biriga nisbatan turli chastotada mustaqil aylana 
olishini ta’minlash uchun ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘qlar 
(sapfalar)ga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yetakchi g‘ildiraklarga esa burovchi 
moment asosiy uzatmadan uzatiladi. Agar burovchi moment 
g‘ildiraklarga bitta umumiy val orqali uzatilgundek bo‘lsa, avtomobil 
burilayotganida uning g‘ildiraklari turli chastotada aylana olmasdan 
yo‘lga nisbatan sirpana boshlaydi. Shuning uchun yetakchi g‘ildiraklarni 
bitta butun valga o‘rnatilmasdan, har biri mustaqil aylana oladigan va 
yarim o‘q deb nomlangan alohida-alohida vallarga o‘rnatiladi. 
Demak, differensialning vazifasi avtomobilning burilishida yoki 
notekisliklarda harakatlanganida burovchi momentni yetakchi 
g‘ildiraklarga taqsimlash bilan ularni turli tezliqda aylana olishini 
ta’minlashdir. Avtomobillarda asosan shesternyali va kulachokli 
differensiallar ishlatiladi. Shesternyali differensiallar konstruksiyasi 
bo‘yicha birmuncha oddiy. 
Avtomobillarda konussimon shesternyali differensiallar keng 
tarqalgan bo‘lib, u differensial qutisisotollitlar, yarim o‘q shesternyalari 
tashkil topgan. Yarim o‘q shesternyalari yarim o‘qlar orqali yetakchi 
g‘ildiraklar bilan ulangan. Differensial planetar mexanizm bo‘lib, uning 
yetakchi zvenosiga differensial qutisi, yetaklanuvchi zvenosiga esa 
o‘lchamlari bir xil bo‘lgan yarim o‘q shesternyalar va kiradi. 
Differensiallar Transmissiya da o‘rnatilish joyiga qarab g‘ildirak-
lararo (burovchi momentni bir ko‘priqdagi yetakchi g‘ildiraklarga 
taqsimlash) va o‘qlararo (4x4; 6x4; 6x6 rusumli avtomobillarda burovchi 
momentni yetakchi ko‘priklarning asosiy uzatmalariga taqsimlash)larga; 
burovchi momentni yetakchi ko‘priklarga qanday nisbatda 
taqsimlanishiga qarab simmetrik va nosimmetriklarga bo‘linadi. 
Yarim o‘qlar vazifasi va turlari. Yarim o‘qlar differensialdan 
burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda 
ko‘llaniladigan yarim o‘qlarining asosiy turlari kuyida keltirilgan. Yarim 

 83
o‘qlarning tashki uchlari g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlis 
yordamida ulanadi. Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q 
shesternyasi bilan shlis yordamida biriktiriladi. 
Avtomobil harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan 
tashqari eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar 
avtomobilning yetakchi gildiraklariga ta’sir etadigan kuyidagi 
kuchlardan vujudga keladi radial kuch (avtomobilning og‘irligidan 
tashkil topgan reaksiya kuchi), tortuvchi kuch–R; yondan ta’sir kiluvchi 
kuch-(avtomobil burilishida xosil bo‘ladigan kuch). 
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga karab, 
eguvchi momentlardan to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. 
Avtomobillarda ishlatiladigani uch xil, ya’ni eguvchi momentlardan 
yarim yuksizlantirilgan, kismga yuksizlantirilgan va tula yuksizlan-
tirilgan buladi. 
3.5. Avtomobillardan foydalanish davrida transmissiyada 
uchraydigan asosiy nosozliklar 
Kardanli uzatmaning nosozliklariga, uning shovqin bilan ishlashi 
(avtomobilning harakatida bir uzatmadan boshqasiga o‘tishda va tirsakli 
valning aylanishlar sonini oshishida, hamda avtomobilni tormozlab keyin 
tezlik oshirilayotganda), 1000Sdan yuqori harorata qizib ketishi, tebranib 
aylanishi va boshqalardan iborat. Yuqoridagi nosozliklar kardan ayrisi 
teshiklari, ignasimon podshipnik, krestovina va kardan vali shlitsali 
birikmalarining yeyilishidan hosil bo‘ladi, natijada kardan valining 
muvozanatligi buziladi va ignasimon podshipnikda o‘q bo‘ylab zarbli 
zo‘riqish kuchayadi. Kardan valining krestovinasi salnigining ishdan 
chiqishi, ignasimon podshipnik va mahkamlash tirnog‘ining yeyilishiga 
olib keladi. 
Kardanli uzatmaga TXKdan avval diagnoz qo‘yiladi, buning uchun 
maxsus asbob yordamida kardan valini qo‘l bilan ikki tomonga keskin 
burab aylantirib, lyufti aniqlanadi. Kardan valini erkin buralish kattaligi 
bo‘yicha kardan va shlitsali birikmasining yoyilish darajasi aniqlanadi. 
Har 8-10 ming km masofadan so‘ng uzatmalar qutisi va orqa ko‘prik 
orasidagi kardanli val flanetsi boltli birikmalarining mahkamlanishi 
tekshirib turiladi. TXK paytida kardan vali flanetsini orqa ko‘prikka va 
uzatmalar quttisining yetaklovchi valiga mahkamlovchi hamma boltlari 
(80-10 Nm kuch bilan) burab qotiriladi. Kardan valining ignasimon 

 84
podshipnigi Transmissiya  agregatlarini moylashda ishlatiladigan (TAp-
10, TAp-15, TAp-15V, MT-16p) suyuqq moy bilan krestovinaning 
moylash jumrakchasidan (himoya klapanidan moy chiqquncha) bosim 
bilan yuborib moylanadi. Shlitsali birikmalar (US-1 va USS-1) quyuq 
moylari bosim orqali yuboriladi. 
Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilari va ularni bartaraf 
etish usullari.Uzatmalar qutisining detallari katta yuklanishlarda 
tinimsiz ishqalanib ishlashi natijasida ularning yeyilishiga olib keladi. 
Shuning uchun uzatmalar qutisining ishqalanuvchi yuzalarini o‘z vaqtida 
belgilangan tartibda o‘zining surkov moylari bilan moylab turish zarur. 
Uzatmalar qutisi nosozliklarining kelib chiqishi sabablarini 
o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, uzatmalardan-uzatmaga o‘tishda qotib 
qolishi ya’ni bir uzatmadan ikkinchi uzatmaga ravon o‘tmasligi hamda 
yetakchi valdan kelayotgan burovchi moment kuchini yetaklanuvchi 
valga to‘liq yetkaza olmasligi va shunga o‘xshash qator kamchiliklarni 
misol qilsa bo‘ladi. 
Uzatmalar qutisida paydo bo‘lgan qator nosozliklarni bartaraf etish 
uchun ishdan chiqqan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shesternyalarni, 
prujinalarni va boshqa ehtiyot qismlarini qayta ta’mirlash yoki 
almashtirish maqsadga muvofiq.  
Uzatmalar qutisining barcha detal va qismlarini o‘z vaqtida 
belgilangan tartibda tegishli surkov moylari bilan moylab tursak uning 
detal va qismlarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlaymiz. 
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling