A k a d e m n a s h r
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOKUSNING SIRI NIMADA ILK 0 ‘YLANGAN SONNI TOPISH
Hamyondagi pul:
1-safar ikki hissa oshirilganidan keyin: 1 s. 0 5 1. 2 = 2 s. 1 0 1. 1-to'lovdan keyin: 2 s. 1 0 1. - 1 s. 2 0 1. = 90 t. 2-safar ikki hissa oshirilganidan keyin: 9 0 1. ■ 2 = 1 s. 8 0 1. 2-to‘lovdan keyin: 1 s. 8 0 1. - 1 s. 2 0 1. = 60 t. 3-safar ikki hissa oshirilganidan keyin: 6 0 1. 2 = 1 s. 2 0 1. 3-to‘lovdan keyin: 1 s. 2 0 1. - 1 s. 2 0 1. = 0. 3-BOB QIZIQARLI FOKUSLAR FOKUSNING SIRI NIMADA? ILK 0 ‘YLANGAN SONNI TOPISH Bu fokusni1 ko'rsatish uchun sizga to'rtta ishtirokchi kerak. Bi rinchi ishtirokchi sizga ko'rsatmasdan oq qog'ozga istalgan uch xonali sonni yozsin. Bu sonda nollar bo'lsa ham mayli. Keyin uning davomidan yana shu uch xonali sonni yozsin. Shunda qog'ozda olti xonali son hosil bo'ladi. Keyin u qog'ozni ikkinchi ishtirokchiga uzatsin. Qog'ozni olgan ishtirokchi yozilgan olti xonali sonni yetti- ga bo'lsin. Siz unga tashvishlanmay bo'lish amalini bajaraverishini, и u d u n y c u t y c a q u i u t c j b i z . U U l l l l i b l l l l l l cay Ш l y ^ D U y d p l l i y i Z U l l d l l S I Z go'yo qog'ozdagi sonni bilib olgandek taassurot uyg'otasiz). Bo'lib bo'lgach bo'linmani u uchinchi ishtirokchiga uzatsin. Bu ishtirok chiga esa bu sonni endi 11 ga bo'lishini ayting. Unga ham berilgan son 11 ga qoldiqsiz bo'linishini qo'rqmasdan aytavering. Keyingi ishtirokchi esa chiqqan natijani 13 ga bo'lsin. Garchi 13 ga kamdan kam son qoldiqsiz bo'linsa-da, to'rtinchi ishtirokchi qo'lidagi son o'sha kamdan kam sonlardan biri ekanini eslatib qo'ying. Bo'lib bo'lgach natijani bir qog'ozchaga yozib, qog'ozni buklab, sonni siz ga ko'rinmaydigan qilib yashirishsin va sizga uzatishsin. Mana endi fokusning eng qiziq joyiga keldik. Siz qog'ozni oling-da, qo'llaringizni «fokuschi»larga xos tarzda havoda o'ynatib, qog'ozni ochmasdan birinchi ishtirokchiga uzating va baland ovoz- da: «Marhamat qilib o'zingiz o'ylagan dastlabki sonni qabul qilib oling», - deng. Do'stingiz yuzidagi hayrat ifodasi, umid qilamizki, sizni yana ham zavqlantirib yuboradi. O'zingizni chinakam fokus- chilardek his qila boshlaysiz! Endi esa bu fokusning siriga, ya’ni mohiyatiga nazartashlaymiz. Demak, o'ylangan son ustida qilingan amallarga diqqat qiling. Eng awal uch xonali sonni va yoniga yana bir marta aynan o'zini yozib
olti xonali sonni hosil qildik. Bu esa, aslida, o'ylangan uch xonali son yoniga uchta nol yozib, keyin dastlabki sonni qo'shish degani bo'ladi. Masalan: 872 872 = 872 000 + 872. Endi bu son qanday o'zgarganligi ravshan: u 1000 ga ko'pay- tirildi va sonning o'zi yana bir qo'shildi. Oddiy qilib aytganda, son 1001 ga ko'paytirildi. Keyin bu ko'paytmani ketma-ket 7 ga, 11 ga va 13 ga bo'lishdi. Natijada son 7 -11 • 13 = 1001 ga bo'lindi. Shunday qilib, dastlab o'ylangan son aw al 1001 ga ko'payti- rilib, keyin 1001 ga bo'lindi. Natijada yana o'sha uch xonali sonning o'zi hosil bo'lganiga taajjublanishning hojati bormikan? Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling