100a + 10b + c - ( a + b + c) = 99а + 9b = 9(11 а + b).
Ko'rib turganingizdek, 9 (11a + b) 9 ga bo'linadi.Demak, sondan
uning raqamlari yig'indisini ayirganda doimo 9 ga qoldiqsiz bo'lina
digan son chiqishi kerak.
Fokusni bajarishda sizga aytilgan raqamlar yig'indisining o'zi 9
ga (masalan, 4 bilan 5) bo'linishi ham mumkin. Bu esa o'chirilgan
raqam yo 0, yo 9 ekanligini ko'rsatadi. Shundagina siz aniq bitta
raqam ayta olmaysiz va o'chirilgan raqam yo 0, yo 9 deb javob
berishingiz kerak bo'ladi.
Shu fokusning boshqacharoq ko'rinishi ham bor. O'ylangan son
dan uning raqamlari yig'indisini ayirish o'miga shu sondan uning
raqamlari joyini o'zgartirish bilan hosil etilgan sonni ayirish mum
kin. Masalan, 8247 dan 2748 ni ayirish mumkin (agar o'ylangan
sondan katta son hosil bo'lsa, kattasidan kichigini ayirish lozim).
So'ngra ilgari aytilganday qilinadi: 8247 - 2748 = 5499; agar 4
raqami o'chirilgan bo'lsa, 5, 9, 9 raqamlarini bilgan holda siz 5 + 9
+ 9 dan hosil bo'lgan 23 ni undan keyingi 9 ga bo'linadigan son 27
dan ayirasiz. Demak, o'chirilgan raqam 27 - 23 = 4.
Do'stlaringiz bilan baham: