A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
Standart bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko‘rsatmalarni o‘zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. Bu talablar, ba'zan, mahsulotlar yoki xizmatlar jarayonlari tavsifi bilan tushuntiriladi. 41 Standartlar kelishuvlar natijasidir va ular tegishli organ tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar maqsadi belgilangan doiradagi tartibini optimal darajasiga erishishdir. Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va mahlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o‘z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan mehyoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 4 Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan. Standartlashtirish obyekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi. Standartlashda 7 turdagi me’yoriy hujjatlar ishlatiladi: 1. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. 2. O’zbekiston Respublikasining standartlari – standartlashtirishda me’yoriy- texnik hujjat bo’lib, standartlashtirish ob’yektiga kompleks me’yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek, me’yorlar, talablar, qoidalarga ishlab chiqiladi. 4 Anwar El-Tawil, Standarts and Quality, 2015. 42 3. Texnik shartlar. Standartlashtirshdagi me’yoriy - texnik hujjat bo’lib, ma’lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda va nazoratda umumiy talablarni belgilab beradi. 4. TST – tarmoq standartidan shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlar foydalanadilar, shuningdek, bu buyumni tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi va qo’llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham foydalanadilar. 5. KST – korxona standarti, shu standartni tasdiqlagan korxonagagina mansub bo’ladi. 6. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 7. Ma’muriy-hududiy standartlar. O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida"gi qonuni 1993 yil 28 dekabrdan beri amal qilib kelmoqda. Bu qonun 4 bo’lim va 12 moddadan iborat: 1-bo’lim. Umumiy qoidalar. 2-bo’lim. Standartlashtirishga oid normativ hujjatlar. 3-bo’lim. Standartlar ustidan davlat nazorati. 4-bo’lim. Davlat yo’li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo’llashni rag’batlantirish. Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi: Darajaviy : kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari. Ilmiy : oziq-ovqat, tekstil va menejment injeniringi kabi. Aspekt : qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: - mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholini hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; - mahsulotlarning o’zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan; 43 - iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; - mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlashdan; - o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir. Respublika standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: -xalq xo’jaligi tarmoqlarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya (O’zstandart) agentligi; -qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda-O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, hamda qolgan sohalarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. Standartlashtirishning asosiy vazifalari: - iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish; - davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi mehyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlardan nazorat qilish; - standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini tahminlash; - bir-biriga mosligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro almashinuvchanligini tahminlash; - parametrik va turlar o‘lchovi katorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish; - mahsulot, uning tarkibiy kismlari, buyumlari, xom-ashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi; 44 - material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash; - mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi; - metrologik mehyor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi; - standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish; - xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish; - texnologik jarayonlarga talablarni belgilash; - mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish; - texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish; - sinovlarni mehyoriy-texnika jihatidan tahminlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi. Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga komplekt bo’lmagan, noto’g’ri idish yoki g’iloflangan, belgilashga bo’lgan talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar yetkazib berilsa, ta’minotchi (ishlab chiqaruvchi) O’zbekiston Respublikasi fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar. Unifikatsiya (lotinchadan: yagona tartibga, formaga keltirish) - bu ob’yektni iqtisodiy qo’llanilishi ma’lumotlari asosida bir xil funksiyada bajaradigan ob’yektlarni belgilangan ko’rsatkichlari bo’yicha bir xillikka keltirishdir. Shunday qilib, unifikatsiyada eng minimal, kerakli, buyumlarni yetarli sonli, xillari, turlari, 45 o’lchamlari, shuningdek yuqori sifat ko’rsatkichlari va to’la o’zaro almashinuvi ta’minlanishi belgilab beriladi. 5 Unifikatsiyaning asosi – tizimlashtirish va tasniflashtirishdir. Buyumlarni tizimlashtirish hodisa yoki tushuncha bo’lib, aniq bir sistemani tashkil qiluvchi, ishlatish uchun qulay bo’lish ketma-ketligi va ma’lum tartibda joylashtirish maqsadida o’tkaziladi. Tizimlashtirishning eng oddiy usullaridan biri ob’yektlarni alfavit tizimi bo’yicha joylashtirishdir. Tasniflashtirish – tizimlashtirishning turi hisoblanadi. U umumiy belgilariga nisbatan buyumlarni, hodisa va tushunchalarni, sinflarga, sinfchalarga va darajalarga joylashtirish maqsadida o’tkaziladi. Uning asosida mahsulotlarning klassifikatori yaratilgan: UDK (universalnoye desyatichnoye klassifikatsiya) texnik va gumanitar adabiyotlarni indeksda ko’rsatish bo’yicha xalqaro tizim sifatida qabul qilingan, masalan, UDK 62-texnika, UDK 621- umumiy mashinasozlik, UDK 6213-elektronika. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling