A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
III-bob. QURILISHDA SERTIFIKATLASHTIRISH. SHTRIX-KODLASH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
III-bob. QURILISHDA SERTIFIKATLASHTIRISH. SHTRIX-KODLASH
TIZIMI 3.1. "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida"gi qonunning mazmuni O’zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’grisida"gi qonuni 1993 yilning 28 dekabridan kuchga kiritilgan. Mazkur qonun O’zbekiston Respublikasining mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’yektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilab beradi. Bu qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo’lib, qonunning bo’limlari quyidagicha nomlanadi: 1-bob. Umumiy qoidalar. 2-bob. Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar. 3-bob. Mahsulotlarni majburiy va iqtisodiy sertifikatlashtirish. 4-bob. Nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Qonunning I bo‘limi 1—6-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari; sertifikatlashtirish to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar; O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari; sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari haqidagi tushunchalardan iborat. Qonunning II bo‘limi 7—9-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, unda muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi; sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish; sertifikatlashtirish to‘g‘risida axborotlar yoritilgan. Qonunning III bo‘limi 10—19-modda, 16-moddaga qo‘shimcha moddadan tashkil topgan va majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish; majburiy sertifikatlashtirishni o ‘tkazish shartlari; majburiy sertifikatlashti rilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar; tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) 67 mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari; chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish; majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minoti; majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati; nazorat yo‘sinidagi tekshiruv; ixtiyoriy sertifikatlashtirish; ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar; ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari haqidagi tushunchalar keltirilgan. Qonunning IV bo‘limi 20—23-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, unda mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar, shikoyatlarni qarab chiqish; sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi; tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qonunda import bo‘yicha keltiriladigan va eksportga chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirish shartlari belgilangan. Sertifikatlashtirish shart bo‘lgan mahsulot uning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat va muvofiqlik belgisiga ega bo‘lishi lozim. Muvofiqlik sertifikati yo‘q bo‘lganda bojxona tekshiruv idoralari keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish Milliy tizimi qoidalari bo‘yicha sertifikatlashtirishni o ‘tkazish masalasi hal etilgungacha to‘xtatib qo‘yadi. Qonunda sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha masalalar ham aks ettirilgan. Manfaatdor tomon sertifikatlashtirish natijasiga norozi bo‘lganda «O‘zstandart» agentligining Apellatsiya kengashiga murojaat qilish huquqiga ega. «O‘zstandart» agentligining Apellatsiya kengashi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va sinash laboratoriyalari (markazlari)ning qarorlariga shikoyatlarni ham ko‘rib chiqadi. Qonunda tayyorlovchilarning majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik, shuningdek, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarning sertifikati asossiz berilganligi va so‘rovchining tijorat sirini oshkor qilganligi uchun mas’ulligi ko‘zda tutilgan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim 68 bo‘lgan, sertifikatlashtirilmagan mahsulotni sotuvga chiqarganlik uchun aybdorlar o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. Mazkur qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling