62
O‘zaroalmashinuvchanlik koeffitsiyenti. O‘zaroalmashinuvchanlik
detallar
va tarkibiy qismlarni tayyorlashga sarflangan mehnatning buyumni tayyorlashga
sarflangan umumiy mehnatga nisbati.
O‘zaroalmashinuvchanlik prinsipi – boshlang‘ich ilmiy-texnikaviy
qoidalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular,
loyixalash, ishlab chiqarish va
foydalanish jarayonlarida
bajarilganda detallar, yig‘ma qismlar va buyumlarning
o‘zaroalmashuvchanligi ta’minlanadi.
Ob’yektlarning mos keluvchanligi. Ob’yektlarning
tayyor murakkab
buyumda o‘z o‘rnini egallashi va foydalanishi sharoitlarida birgalikda yoki ketma-
ket ishlaganda ularning talab etilgan vazifalarni bajara olish xossasi.
O‘lcham. Chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, va h.k.) ning tanlangan o‘lchov
birliklaridagi sonli qiymati.
Haqiqiy o‘lcham – joiz xatolik bilan o‘lchash natijasida aniqlangan haqiqiy
o‘lchash.
Nominal o‘lchash. Chekka o‘lchamlarni aniqlash va og‘ishlarni hisoblash
boshi bo‘lib xizmat qiladigan o‘lcham.
Chekka o‘lchamlar – ikkita chekka joiz o‘lcham bo‘lib, haqiqiy o‘lcham
ular o‘rtasida joylashishi yoki ularga teng bo‘lishi lozim.
Og‘ishlar deb, haqiqiy yoki chekka o‘lchangan o’lcam
bilan nominal
o‘lcham orasidagi algebraik farqqa aytiladi. Demak, og’ish de, nominalga nisbatan
o’lchamning qancalik farqlanishiga aytiladi. Ikki xil chekka o’lchamlar bo’lganligi
uchun og’ishlar
yuqori va
quyi bo’ladi. Og’ishlar musbat va manfiy bo’lishlari
mumkin (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: