A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Kompetentlik (layoqatlilik)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Kompetentlik (layoqatlilik) — o ‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish 
qobiliyati. 
Sertifikatlashtirish: 
- odamlarning hayoti, sog’ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki 
hamda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat 
etib borish; 
- mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash; 
- mamlakat korxonalari, qo’shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro 
miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda 
ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
-iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan 
himoya qilish; 
-mahsulot 
tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat 
ko’rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo’ladi. 
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda 
sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu 
sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo’ladi. 
Sertifikatlashtirilishi shart bo’lgan mahsulotlarning ro’yxatini O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot 
xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, 
nazorat yo’sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni o’z 
ichiga oladi. 


72 
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) 
tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar 
bo’lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan 
usullarda amalga oshiriladi. 
Arizachi o’z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o’tkazishga 
sarflagan mablag’lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo’shiladi. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga 
ega bo’lmagan mahsulotni targ’ib qilish man etiladi. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar quyidagi hollarda: 
-sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo’lsa; 
-sertifikatlashtirish 
talablariga 
muvofiq 
emasligi 
sababli 
sertifikatlashtirishdan o’tmagan bo’lsa; 
-agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi 
to’xtatib qo’yilgan (bekor qilingan) bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi hududida 
realizatsiya qilinishi mumkin emas. 
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi 
hujjati bo’lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda "O’zstandart" 
agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o’tkazish 
yoki chet el sertifikatini e’tirof etish to’g’risidagi masala sertifikatlashtirish milliy 
tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni 
ta’qiqlab qo’yadilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling