A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
Rasmdagi izohlar:
1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigiyenik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyga borgan holda laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va obyektni tekshiradi. 1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasi yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo‘lgan aniq qonun hujjatlari me’yorlarini ko‘rsatgan holda yozma javob yuboradi. Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi. 1v. O‘simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan vaqtning keyingi kunidan kechikmasdan tuman (shahar) o‘simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 79 21-rasm. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasi. 1g. O‘simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi. 2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek, veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigiyenik xulosa beradi. 3, 4. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun «GS1 Uzbekistan» («EAN Uzbekistan») ga murojaat qilishi mumkin. 80 5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan idoraga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi (ariza gigiyenik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin). 6. Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan idora 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari m e’yorlarini ko‘rsatgan holda yozma rad javobini beradi. «Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari»da ko‘rsatilganidek, sertifikatlashtirilgan mahsulotlarga qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilishi davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha mahsulot tavsifiga salbiy ta’sir etmaydigan bo‘lsa, yangi chiqarilayotgan mahsulotga qo‘shimcha sertifikatlashtirish o‘tkazilishi talab etilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilishi uchun talab etiladigan xavfsizlik majburiy tavsiflari standartlashtirish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. Ushbu qoidadagi talablar mahsulot yoki xizmatlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish davomida tatbiq etilishi mumkin. Sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidasiga asosan ikki bosqichda o’tkaziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling