A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsiyaviy nazorat
- Yaxlit nazorat
Dastlabki nazorat – keladigan ashyolar, buyumlar, qurilmalar, grunt va
boshqalarni, shuningdek texnikaviy hujjatlarni nazorat qilish. Nazorat qilish ko’pincha ro’yxatga olish usuli bilan (sertifikatlar bo’yicha), kerak bo’lgan hollarda esa o’lchash usuli bilan amalga oshiriladi; Operatsiyaviy nazorat - ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita tugatilgandan so’ng, bajariladigan nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda ishlatayotgan sifatni boshqarish tizimi ko’zda tutgan hujjatlarda qayd qilinadi; Qabul qilish nazorati – ob’yekt qurilishining yoki ob’yekt qurilishi bosqichlarining, yopiq ishlarining va boshqa nazorat ob’yektlarining tugallanishi bo’yicha nazorat ob’yektining ishlatishga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. U yoki bu ko’rsatkichni qabul qilish nazorati bir necha bosqichda va turli usullarda amalga oshirilishi mumkin (masalan, alohida qatlamdagi gruntning va butun to’kmaning zichligi). Bunda pastki sathni tekshirish natijalari, yuqoridagi sathni tekshirishga dalil bo’lib xizmat qilishi bo’yicha yopiq ishlarining tekshiruv dalolatnomalari butun to’kmalarni qabul qilishda taqdim etiladi. Qabul qilish nazorati natijalari yopiq ishlarning tekshiruv dalolatnomalarida, muhim qurilmalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalarida va qurilish ishlari, binolar va inshootlarni qabul qilish bo’yicha mavjud me’yorlarida qayd etiladi. 2. Nazorat qilinadigan ko’rsatkichlarning qamroviga qarab quyidagilar (nazorat hajmlar)ga bo’linadi: Yaxlit nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotlarning barcha miqdori (barcha choklar, barcha qoziqlar, barcha qurilmalar, zaminning barcha sirtlari va boshqalar) tekshiriladi; Tanlama nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotning qandaydir miqdori (tanlamasi) tekshiriladi. Tanlash hajmi qurilish me’yorlari va qoidalarida, loyihada va boshqa hujjatlarda belgilanadi. Agar qurilish me’yorlarida nazorat 99 qilish nuqtalari tasodifan joylashishi talab etilsa, tanlash "sochma" usulda, nazorat qilishga ko’rsatilgan mahsulotlar uchun GOST 18321-73 bo’yicha belgilanadi. 3. Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi (nazorat qilish davriyligi) larga bo’linadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling