A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Korxonalarda nazorat turlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Korxonalarda nazorat turlari. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida 
mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil et ish maqsadida xomashyoni qabul 
qilish uchun ish faoliyati va mas'uliyati aniq belgilangan xizmat turlari tashkil 
etiladi. Ularning tarkibi va a'zolari soni korxonaning turi hamda shtatlar jadvaliga 
bog'liq bo'ladi. 
Korxonaga keltirilayotgan xomashyo sifatini nazorat qilish uchun ta'minot 
bo'yicha direktor o'rinbosari, texnologlar, laboratoriya xodimlari va tovarshunoslar 
tarkibidan iborat birlamchi komissiya tashkil qilinadi. Xomashyoni birlamchi 
nazorat etish xizmati tomonidan mahsulot sifatini sertifikatlar hamda normativ-


96 
texnik hujjatlar asosida laborant yoki xomashyoni topshiruvchiningishonchli 
kishisi ishtirokida tekshiruvdan o'tkaziladi. Bu paytda agar laboratoriya 
tahlillarining natijalari bo'yicha juz'iy kamchiliklar bo'lsa yoki sifatsiz xomashyo 
olib kelingan bo'lsa, mas'ul shaxs sinovlarni qayd etish jurnaliga imzo chekadi. 
Bunday qaydnomaga asosan xomashyo olib keluvchi tomon sifatsiz 
mahsulot olib kelganligi uchun mas'ul shaxsga jarima soladi va undirib oladi. Agar 
bu hot ko'p marta takrorlansa, mahsulot keltirilishi bo'yicha tuzilgan shartnoma (1 
oy muddat ichida) bekor qilinadi. Shu vaqt ichida ta'minotchi korxonaga keltirilgan 
zararni qoplashi va sifatsiz mahsulot tayyorlashni to'xtatishi zarur. 
Xomashyoni birlamchi nazoraf qilish xizmati qabul qilinadigan mahsulot 
sifatiga to'la javobgardir. O'z vaqtida qaytarilmagan sifatsiz mahsulot, noto'g'ri 
to'ldirilgan yoki tuzilgan dalolatnoma, mahsulot bilan ta'minlovchi o'z vaqtida 
taqdim etmagan talabnoma (isk) sanitar qoidalari va mahsulotni sotish muddati 
buzilganligi - bularning barchasi zavod ma'muriyatining birlamchi nazorat 
xizmatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
Omborxonadagi mahsulotlar harakatlantirilganda, ombor mudiri yoki uning 
o'rinbosari va sex boshlig'i tomonidan mahsulotlar sifati bo'yicha va normativ-
texnik hujjatlarga asoslangan holda qabul qilinishi kerak. Agar qabul qilinadigan 
mahsulot sifatini baholashda ish lab chiqarish mudiri, sex boshlig'i va ombor 
mudiri o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqsa, qabul vaqtida korxona rahbarlari 
(direktor yoki bosh muhandis) taklif etiladi. Aybdor shaxsga nisbatan chora 
ko'rilib, xatoni qayt etish jurnaliga yozib qo'yiladi. 
Texnologikjarayonlarning tezkor nazorati sex boshlig'i, ishlab chiqarish 
mudiri va uning yordamchisiga yuklatiladi. Tezkor nazorat xatoga yo'l 
qo'yilishning o'z vaqtida oldini oladi. 
Tezkor nazorat texnologik jarayonning alohida bosqichlarini organoleptik 
yoki boshqa yo'llar bilan baholashga, xomashyoni texnologik kartalar asosida 
tuzilganligiga, texnologik rejimni tekshirgan holda va mahsulot massasining 
chiqishiga qarab ish olib boradi hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar maxsus jurnalda 
qayd etib boriladi. 


97 
Qabul qilish nazorati korxona turiga qarab tashkil etiladi. Tayyorlangan har 
qaysi partiyadagi mahsulotdan organoleptic va fizik-kimyoviy xususiyatlari 
bo'yicha, normativ-texnik hujjatlar asosida hamda mahsulotning chiqish massasiga, 
o'rash va tamg'alashga qo'yiladigan talablar bo'yicha nazorat olib boriladi. 
Mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari texnologik laboratoriyalarda tahlil 
qilinadi. 
Bir smenada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ulaming sifatini belgilovchi 
hujjat - guvohnoma beriladi. Guvohnoma raqamlangan alohida blankada 
rasmiylashtiriladi. Bu blanka buxgalteriya tomonidan beriladi va mas'uliyat ishlab 
chiqarish tarmog'i rahbariga yuklatiladi. Tayyor mahsulotni sotishga faqat sex 
boshlig'i yoki ishlab chiqarish mudiri tomonidan to'ldirilgan sifat ko'rsatkichli 
guvohnoma bo'lgandagina ruxsat etiladi. Ekspeditor esa o'zi qabul qilib olgan 
mahsulotlarining tovar ko'rinishiga, saqlanish rejimiga va muddatiga to'liq shaxs 
hisoblanadi. 
Tayyor mahsulotning sifatini baholash mas'uliyati brokeraj komissiyasi 
a'zolariga yuklatiladi. Brokeraj komissiyasi a'zolari tarkibiga ishlab chiqarish 
mudiri yoki uning o'rinbosari, muhandis-texnolog, mahsulot ishlab chiqarish sexi 
boshlig'i kiritiladi. Korxona bo'yicha bir oyda bir marta mahsulotlaming sifatini 
baholash bo'yicha tezkor majlis o'tkaziladi. Sexlarda esa har haftada har bir 
ishchining ishi nazorat qilinadi. Sifatsiz mahsulot chiqishi yoki xatarga yo'l 
qo'yilsa, ulaming ishi qoniqarsiz deb baholanib, maxsus jumalga yozib boriladi. 
Ikki yillik muddatga uch kishidan iborat komissiya tuziladi. Bu komissiya 
a'zolari brokeraj o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar. Tekshirishlarda xatoga yo'l 
qo'yilganligi aniqlansa, u holda ikki nusxada tekshirish akti tuziladi. Brokeraj 
komissiyasining ishi davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Inspeksiya xodimlari mahsulotlar sotuvini va omborxonalarni nazorat qilish hamda 
o'z vaqtida sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish huquqiga 
egadirlar. 
Nazorat qilish turlari quyidagi alomatlar bo’yicha tasniflanadi: 


98 
1. Texnologik jarayon nazorat qilishni o’tkazish joyi, vaqtiga qarab quyidagi 
(nazorat qilish bosqich)lariga bo’linadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling