A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Sifat menejmenti tizimi (SMT)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Sifat menejmenti tizimi (SMT) – bu tashkilotning sifat bilan bog’liq 
vazifalarni hal qiladigan usuldir. Keng ma’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan 
maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini qanoatlantirish uchun 
qo’llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish 
jarayonlari va resurslarni qamrab oladi. 
Sifat menejmenti tizimi – u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga 
oshirilishi, vazifalarni hal qilish usullari va erishilgan natijalarni qayd qilinishi 
bayoni masalalarini qamrab oladi. Ular asosan sakkiz tamoyildan tashkil topgan 
bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. 
Iste’molchiga yo’nalganlik. Tashkilotlar o’zining iste’molchilariga 
tobe bo’ladi va shuning uchun ularning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini 
tushunishi, ularning talablarini bajarishi va kutganidan ham ortiq yaxshi natijaga 
erishishi lozim.
2. 
Rahbarlarning peshqadamligi (sardorligi). Rahbarlar tashkilotning 
maqsadi va faoliyati yo’nalishini yagonaligini ta’minlaydi. Rahbarlar tashkilot 
oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishga xodimlarni jalb etish mumkin bo’ladigan 
ichki muhitni yaratishi va saqlashi lozim. 
3. 
Xodimlarning jalb qilinishi. Barcha pog’ona xodimlari tashkilot 
asosini tashkil etadi va ularni ishga to’liq jalb etilishi tashkilotga xodimlar 
qobilyatlaridan unumli foydalanish imkonini beradi. Har bir xodim sifatni 
ta’minlash ishida o’zining muhimligini tushunishi va sifatni yaxshilashda o’z 
vazifalariga ega. Xodimlarni to’liq jalb qilinishi ularni qobiliyatlarni tashkilot 
uchun maksimal foyda olishda qo’llash imkoniyatini beradi. Jarayonli 
yondashuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli 25-rasmda keltirilgan. 


113 
Shartli belgilar: 
Qiymat qo’shuvchi faoliyat 
Ma’lumot oqimi 
25-rasm. Jarayonli yondoshuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling