A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot sifati
- Mahsulotning ekologikligi
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni
qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog’liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo’lsa, 102 mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o’zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g’ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog’liq. Mahsulot sifati – o’zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi uning yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko’rsatkichlari yordamida baholanadi. Bunda ulkan ko’p xilli mahsulotlar turlari tavsiflovchi turli xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko’rsatkichlari ham ko’p bo’ladi. Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi. Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning to’g’riligini, kompozitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi. Mahsulotning xavfsizligi – bu uning murakkab xossasi bo’lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko’rsatkichidir. Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof – muhitga zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydi. Tayyor mahsulot o’zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi harajatlarning yig’indisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi. Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi bo’yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi harajatlar bo’yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi. Sifat ham boshqa tushunchalar singari o’zining tizimiga egadir. 103 Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilish, ma’suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig’indisi bo’lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling