A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Statik sinovlar uslubiyati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
5.2.4. Statik sinovlar uslubiyati
Naturaviy sinovlar uslubiyati masalasida sinovlarni o’tkazish ishchi sxemasini tanlash muhim ahamiyatga ega. Ishchi sxemasi deganda sinash jarayonida qo’llaniladigan statik hisoblash sxemasi tushuniladi. Sinalayotgan konstruksiya uchun naturaviy sinovlar sxemasini tanlash deganda yuklarni joylashtirish tushuniladi. Shuni aytib o’tish joizki, ba’zi tadqiqotlar sinovlarning ishchi sxemasi loyihada qo’llanilgan hisoblash modeliga aniq mos kelishi kerak, deb xato fikr yuritadilar. Biroq sinash jarayonida qo’yilgan yuklar konstruksiyada hisobiy yuklar uyg’otadigan ko’chishlar va ichki kuchlarni vujudga keltirsa, shuning o’zi kifoya. Ishchi sxemada ustuvorlikni ta’minlovchi qo’shimcha tadbirlarga alohida e’tibor bermoq lozim. Chunki sinash jarayonida ustuvorlikning buzilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Masalan, ustuvorlikni yo’qotish hollari qurib bitkazilmagan inshootlarda torn yopma plitalari hali o’rnatilmagan fermalarda yuz berishi mumkin. Siqiluvchan elementlarning gorizontal yo’nalishdagi ustivorligi qo’shimcha uskunalar yordamida ta’minlanadi. Agar sinovlar jarayonida yoyiq kuchlar fermaning yuqori poyas tugunlariga yig’iq kuch ko’rinishida qo’yilsa, u holda siqiluvchan ustun va hovonlarda ustuvorlik buzilishi mumkin. Bunday hollarda sterjenlar qo’shimcha uskunalar bilan muhofazalanadi. Zavodlarda va qurilish maydonlarida qabul qilish sinovlarini o’tkazishda yuklar konstruksiyalarga maxsus uskunalar yordamida qo’yiladi. Konstruksiya elementlarini sinashda ularning tayanchlarini sharnirli qo’zg’aluvchan qilib olish tavsiya etiladi. 38-rasmda balka (5) ning sharnirli tayanishiga doir texnik yechimlardan biri berilgan. Sharnirli tayanchning katogi (yumaloq sterjeni) (4) yaxlit po’latdan yoki diametri 100 mm gacha bo’lgan, ichi 146 beton bilan to’ldirilgan trubadan ishlanishi mumkin. Po’lat taxtakachlar (2) ning qalinligi 20-40 mm. Qo’zg’almas tayanchda katok (1) taxtakachga payvandlanadi. Payvandlangan armatura sterjenlari (3) cheklagich vazifasini o’taydi. 38-rasm. Konstruksiyalarning sharnirli tayanch sxemasi Eksperimentni boshlashdan ilgari sinovda qo’llanadigan yukning miqdori va qo’yilish joyi aniqlanadi. Sinovlar oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga hamda konstruksiyaning tuzilishiga qarab sinov yuklarining qiymati quyidagi miqdorlarda bo’lishi mumkin: yuk ko’taruvchi elementning hisoblash modelini oydinlashtirish sinovida-me’yoriy yukning bir qismi; yoriqbardoshlikka hisoblashda — muvaqqat yukning to’liq qiymati; noyob konstruksiyalarni qabul qilish sinovlarida — hisobiy muvaqqat yukning o’zi; bosim ostida ishlaydigan idish(sosud)larni qabul qilish sinovlarida — hisobiy yukdan biroz ortiqroq; bino tiklanayotgan davrda o’tkaziladigan sinovlarda — me’yoriy muvaqqat yuklar bilan binoning yetishmayotgan qismlarining og’irliklari yig’indisi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling