A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Takrorlash uchun savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Takrorlash uchun savollar: 
1. Qadimda qanday uzunlik o’lchov birliklari mavjud bo’lgan? 
2. Qadimda qanday massa birliklari mavjud bo’lgan? 
3. Sharq mamlakati olimlarining o’lchov va o’lchov birliklari haqida 
qoldirgan ma’lumotlari. 


38 
4. G’arb mamlakati olimlarining yaratgan o’lchov asboblari. 
5. Metrologiyaga oid atamalarga ta’rif bering. 
6. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga qanday ob’yektlar kiradi? 
7. Asosiy va qo’shimcha birliklarga nimalar kiradi? 
8. Asosiy kattalik, hosilaviy kattalik, kattalikning o’lchami, kattalikning 
qiymati atamalariga ta’rif bering. 
9. O’lchamlarning turlari haqida ma’lumot bering. 
10. O’lchashdagi xatoliklar qanday sinflarga bo’linadi? 
11. Qanday o’lchash vosita turlari mavjud? 
12. Etalon turlari va ularning vazifalari haqida ma’lumot bering. 
13. Qurilishda metrologik ta’minotning vazifalari nimalardan iborat? 


39 
II-bob. QURILISHDA STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI 
2.1. "Standartlashtirish to’g’risida"gi qonunning mohiyati 
Standartlashtirish faoliyatning tarixi. Standartlishtirish sohasida xilma – xil 
atamalar mavjud. Turli xildagi buyumlarni, ularning tavsiflarini, usullar va 
belgilashlarning sonini qisqartirish jarayonini xar xil mamlakatda turlicha ataladi. 
Masalan, bu jarayonni AQSH va Angliyada «Standardization”, Germaniyada 
“Normung” va Frantsiyada “Normalisation” deb ataladi. Agarda standartlashtirish 
bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning nomlari taqqoslansa, u holda ko‘pchilik 
Yevropa tashkilotlari o‘z nomlarida “Normlien” (Shveytsariya), “Normalisatie” 
(Gollandiya) va h.k. so‘zlarni ishlatadilar. Keltirilgan barcha xorijiy atamalar ingliz 
tiliga “ Standartization“ atama bilan, italyan tiliga esa “Unificazione“ atama bilan 
tarjima qilinadi 
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’lchash hajmi amali me’yoriy qonunlar 
bilan muvofiqlashtirilgan. Uzoq o’tmish tariximizdan ma’lumki, O’zbekistonda 
hozirgi kundagi tarixiy yodgorliklar ya’ni bino va inshoatlarning qurilishida 
standartlashtirish faoliyati ham muhim o’rin tutib, o’sha paytdagi qurilish 
ashyolarini bir xillashtirish ya’ni peshtoqlardagi xandasaviy naqshlar, panjaralar va 
to’sinlar hamda poydevor va devorlardagi g’ishtlarning tarkibiy tuzilishi va 
o’lchamlarida 
standart 
andozalar 
qo’llanilganligi 
standartlashtirishdan 
foydalanganligining yorqin misolidir. 
1785-yili Fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol – aslaha qulflarini 
yaratdi, ularning har biri boshqa qurol – aslahalar uchun qo’shimcha ishlovsiz 
tushar edi, ya’ni o’zaro almashinuvchan bo’lgan. 
1846-yilda esa Germaniyada temir yo’llar yoni (koleyasi)ni va vagon ulash 
ilashmasining unifikatsiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshirildi. 1869-yilda esa 
temir yo’l relsi profili o’lchamlari bo’yicha standart namunalar to’plami chikdi.
1870-yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida “Standart” g’ishtlar ishlab 
chiqarila boshladi. 


40 
1891-yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida 
standart, parametrlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila 
boshlandi. 
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr» yaratilib, u yer 
meridiani chorak uzunligining o’n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil 
o’tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o’lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik 
birligi sifatida «metr»ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim 
hodisalaridan biri bo’ldi.
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan. Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq 
o‘zgartirishlar kiritilgan:

O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-Qonuni,

O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-Qonuni,

O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni. 
Qonun 4 ta bo‘lim, 12 ta moddadan iborat.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling