A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTON MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammad- 
ga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Bu paytda Chingizxon 
lashkarlarining umumiy soni to‘g‘risida adabiyotlarda turlicha 
raqamlar keltiriladi. Jumladan, tarixchi A.R.Muhammadjonov 
“Chingizxonning jam i askari 200 mingdan oshmas edi”, desa, 
M.Ivanin: “...Muhammadga hujum boshlashdan aw al Chingizxon­
ning qo‘shini 250 ming nafar jangchidan oshishi mumkin emas edi” 
deydi. Ba’zan esa hatto 600 ming raqami ham uchraydi, ammo bu 
raqam haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Chingizxonga uyg‘ur xoni Ediqut ham qo‘shiladi. Chingiz­
xon Irtish qirg‘oqlaridan to Sayxun sohillarigacha bo‘lgan harakati 
davomida hech qanday qarshilikka duch kelmaydi. Hujumning 
dastlabki zarbasi 0 ‘trorga qarshi qaratiladi. Shu yerda Chingizxon 
o‘z lashkarlarini to‘rt qismga bo‘ladi va Movarounnahr hamda 
Xorazmni tezroq zabt etish maqsadida ulami to‘rt yo‘nalish bo‘yi- 
cha yalpi hujumga tashlaydi.
1220-yilda Chingizxon Samarqandni qo‘lga kiritish uchun bu- 
tun vujudi bilan qamal qilib jang qilayotgan vaqtda Xorazmshoh 
Muhammad batamom umidsizlikka tushib, davlat va xalq 
manfaatlaridan umuman uzoqlashib, faqat o‘z jonini qanday qilib 
bo‘lsa-da, saqlab qolishni o‘ylar edi.
Xorazmshoh Muhammad o‘z vazirlari va lashkarboshilari bilan 
davlatni halokatdan qutqarish choralari to‘g‘risida maslahatlashadi. 
Tajribali va tadbirkor jangchilar hozir Movarounnahmi himoya 
qilish payti emasligini aytib, Xuroson va Iroqni himoya qilishga


asosiy diqqatni qaratish lozimligini maslahat beradilar. Boshqa 
birlari esa Xorazmshohlaming qolgan barcha qo‘shinini G ‘aznada 
to‘plab shu yerda dushmanga qarshi jang qilish va agar zaruriyat 
bo‘lib qolsa, Hindistonda yashirinishni taklif qiladilar. Iroqlik bir 
vazir esa Iroqi Ajam yurtiga chekinishni maqsadga muvofiq deb 
m a’qullaydi. Xorazmshoh Muhammadga so‘nggi taklif ma’qul 
tushadi va u Iroqqa yurishga qaror qiladi.
Xorazmshohning katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasi bilan 
birga edi. U barcha harbiy kuchlami to‘plab Jayhun daryosi bo‘yini 
himoya qilishni va dushmanni daryoning chap sohili, ya’ni hozir- 
gi Afg‘oniston va Turkmaniston hududiga o‘tkazmaslik bo‘yicha 
maslahat beradi. Biroq Muhammad Iroq tomon chekinishga 
qat’iy qaror qilgach, Jaloliddin otasining qarorini inkor etib yurt- 
ni dushmandan himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo bu 
gaplar Xorazmshoh qulog‘iga kirgan ham emas. U o‘z bilganidan 
qolmaydi.
Xorazmshoh Muhammad Buxoro va Samarqandning dushman 
tomonidan zabt etilganligini Balxda eshitadi. Uni battar vahima 
bosadi. Xorazmshohning qo‘shinlari asosan turk va turkmanlardan 
tashkil topgan, boshliqlari o‘z onasi Turkon xotunning odamlaridan 
iborat edi. Ular o‘z sultonlariga qarshi suiqasd uyushtiradilar. Buni 
sezib qolgan Muhammad kechasi yotar joyini o‘zgartirib boshqa 
chodirga kirib yotadi. Ertalab turib qarasa, u yotishi kerak bo‘lgan 
chodir o‘qlar bilan ilma-teshik qilib tashlangan. Dahshatga tushgan 
Xorazmshoh shoshilinch suratda Nishopur sari otlanadi. U yerda 
ko‘p vaqt o‘tmasdan ov qilishni bahona qilib Iroqqa jo ‘naydi.
Xorazmshoh Muhammadni ta’qib qilib kelayotgan Jebe va 
Subutoy Termiz yonida ko‘priksiz va kemasiz Jayhun daryosini ke- 
chib o‘tadilar va tezda Balx orqali Nishopurga yetib keladilar.
1220-yilning yozida Xorazmshoh Nishopurdan Qazvin 
shahriga o‘tadi. Bu yerda 30 ming lashkar to‘plangan bo‘lishiga 
qaramay mo‘g‘ullarga qarshi turishga ju r’at qila olmaydi. 
Qazvindan u Bag‘dod, G ‘ilon va Kaspiy dengizi qirg‘oqlari 
bo‘ylab Mozandaronga yuradi. Xorazmshoh bu shaharda turib


Mozandaron viloyatining savdo-sotiq shahri Astrobod va asosiy 
shaharlardan bo‘lgan Amoyni mo‘g‘ullar bosib olgani va talon- 
taroj qilganligidan xabar topadi. Chorasiz qolgan va baxti qaro 
Xorazmshoh Muhammad viloyat amirlari maslahatiga ko‘ra Kaspiy 
dengizining Obeskun oroliga borib yashirinadi va u shu yerda 1221- 
yil fevralida vafot etadi.
Yozma manbalaming guvohlik berishicha, Xorazmshoh o‘limi 
oldidan Xorazm saltanatini faqat sulton Jaloliddin saqlab qola 
olishiga nihoyat ko‘zi yetadi hamda to‘ng‘ich o‘g‘lining beliga 
qilich taqib, Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e ’lon qiladi. 
Qolgan farzandlariga Jaloliddinning izmidan chiqmaslikni vasiyat 
qiladi.
Chingizxon Movarounnahr va Xorazmni qo‘lga kiritgan bo‘lsa- 
da, sulton Jaloliddin hayot ekan tinchlik yo‘q edi. Go‘yo uning 
toju-taxtining shavkati va borligi, istiqboldagi muvaffaqiyati-yu, 
o‘zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo‘lida-yu, uning ixtiyorida. 
Ayniqsa, 1221-yilda Jaloliddinning mo‘g‘ullar ustidan Niso, Nisho- 
pur va G ‘azna atroflarida qozongan g‘alabalari Chingizxon oromini 
buzmoqda edi19.
1221-yilning bahorida Sulton Jaloliddin G‘aznaga yetib 
kelganda Xorazmshohning tarqalib ketgan qo‘shinlari uning 
atrofida to‘planadilar20. Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluxondan 
mag‘lubiyatga uchrab G‘azna tomon ehekingan Hirot kuchlari 
ham Jaloliddinning kuchlariga qo‘shiladilar. Qabaqliyon qavmidan 
bo‘lgan 40 ming qo‘shin Xorazmdan yetib keladi. Xullas, 
dushmanga qarshi tura oladigan katta kuch to‘planadi. Jaloliddin 
bu kuchlar bilan G‘aznaga yaqin bo‘lgan Valiyon qal’asi atrofida 
Chingizxonning Bekchak va Timkur ismli lashkarboshilari boshliq 
qo‘shinini yakson qiladi. Dushman to‘qqiz ming jangchisidan judo 
bo‘lib juda ko‘p o‘lja, boyliklami tashlab qochadi. Chingizxon bu
19 Tanner, S. Afghanistan. A Military History from Alexander the Great to the 
Fall of the Taliban. - Cambridge (Massachusetts): Da Capo Press, 2003. - P. 93-97.
20 Sykes P. A History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. 
Ltd, 1 940.-P. 223.


shum xabami Taluqonda turganida eshitadi va Jaloliddinni tezda 
daf qilish uchun eng ishonchli va dongdor lashkarboshisi Qayqur 
nuyon boshchiligida 30 ming kishilik qo‘shinni yuboradi.
Ikki o‘rtadagi jang 1221-yilning yozida Parvona dashtida 
bo‘ladi. Jaloliddin janglar tarixida birinchi marta mo‘g‘ullarga 
qarshi kurashda yangi taktik usulni qo‘llaydi, ya’ni jangchilarga 
otdan tushib, jilovlami bellariga bog‘lashni va kamon bilan jang qi- 
lishni buyuradi. Tun qorong‘usiga qadar davom etgan jangda ikki to- 
monning birortasiga ham zafar kulib boqmaydi. Ertasi kuni Qayqur 
nuyon harbiy hiyla ishlatmoqchi bo‘ladi. U dushmanni yangi 
qo‘shinlar kelib qo‘shildi, deb ishontirish maqsadida kigiznamat va 
choponlar orasiga poxol xashaklar solib sun’iy boshlar yasab, ulami 
otlar ustiga o‘tqizib qo‘yadi. “Soxtajangchilar”ni tuyalar karvoni va 
aravalar orasiga joylaydilar. Bu hiyla Jaloliddin askarlarini dastlab 
ancha dovdiratib qo‘yadi. Ulaming ba’zilari hatto chekinishga 
maslahat ham beradilar. Ammo sulton og‘ir va bosiqlik bilan 
awalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom et- 
tirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir necha hujumi qaytarilgach, 
sulton buyrug‘i asosida chalingan kamay sadolari ostida Jaloliddin 
askarlari otlarga minib, shovqin-suronlar bilan mo‘g‘ullar ustiga 
tashlanadilar. Dushman tilka-pora qilinadi va juda katta talafot 
ko‘radi. Qayqur nuyon ozgina qo‘shin bilan Chingizxon huzuriga 
kirib boradi. Bu xabami eshitgan Chingizxon dahshatga tushadi. U 
shu zahotiyoq o‘zining barcha kuchlarini jamlab, sulton Jaloliddinni 
daf qilish maqsadida shaxsan o‘zi otlanadi.
Parvona dashtidagi g‘alaba sulton Jaloliddinga qimmatga 
tushadi. Mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonilgandan so‘ng qo‘lga 
kiritilgan o‘ljani taqsimlash paytida nizo kelib chiqadi. 0 ‘ljaga 
tushgan bir arabi ot uchun Xorazmshohning mo‘tabar amirlaridan 
Sayfiddin 0 ‘g‘roq bilan Hazora maligi Amin Malik janjallashib 
qoladilar. Qizishib ketgan Amin Malik tortishuv paytida 
0 ‘g‘roqning boshiga qamchi bilan tushiradi. Sulton Jaloliddin 
bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo‘lgan Sayfiddin 0 ‘g‘roq 30 
ming askari bilan ketib qoladi. Qabakli turkman va xalaj sipohlari


ham sultondan yuz o‘giradilar. Natijada Jaloliddinning qo‘shinlari 
yarmiga kamayib kuchsizlanib qoladi.
Chingizxon ikki o‘rtadagi masofani juda tez fursatda bosib o‘tib 
G‘aznaga yetib keladi va Jaloliddinni 1221-yilning kuzida ta’qib 
qila boshlaydi. Jaloliddin Chingizxonning ko‘p sonli qo‘shinlariga 
qarshi tura olmasligini payqab, avval G ‘aznaga, so‘ngra Sind (Hind) 
daryosiga chekinadi. Chingizxon Sind daryosiga yaqinlashganda 
Jaloliddinning keyingi kuni daryoni kechib o‘tmoqchi ekanligini 
eshitib shu kechaning o‘zidayoq daryoning kechuv yo‘lini to‘sadi. 
U sulton qo‘shinining orqadagi qismiga yetib olib uni tor-mor qiladi.
1221-yil 9-dekabrda Jaloliddinning yarim oy shaklida joy- 
lashtirilgan hamda qanotlari bilan Sind daryosiga tiralgan oz sonli 
qo‘shinini o‘rab oladi. Sulton Jaloliddin uchun hech bir tomondan 
chiqib ketishning iloji yo‘q edi va u noiloj jangga kirishdi.
Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin qo‘lga olishga farmon beradi. 
Xorazm bahodiri yetti yuzta mard yigitlari bilan jang maydoni 
o‘rtasida arslonlardek jon berib jon olardi. Ammo Chingizxon 
lashkari hisobsiz edi. Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari 
parokanda bo‘lish arafasida turgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming 
nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal 
qiladi. Sulton Jaloliddin vaziyatning g‘oyat og‘ir va mushkulligini 
hisobga olib, rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo‘liga 
tushishini istamay ulami Sind daryosiga cho‘ktiradi. Chunki o‘sha 
kuni mo‘g‘ullar Jaloliddinning qo‘lga tushirilgan yetti yoshli 
o‘g‘lining yuragini tiriklayin sug'urib olgan edilar.
Jaloliddinning o‘zi esa qora to‘riq otiga minib, so‘nggi bora 
mo‘g‘ullarga hamla qilib, so‘ng oti jilovini orqaga tortadi. Sovutini 
yelkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan 
o‘zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin daryoning narigi sohiliga 
o‘tib oladi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Daryo qirg‘og‘iga kelib bu 
voqeani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va hayratdan yoqasini 
ushlaydi va “Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug‘ilmagan. U 
sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi 
botir”.


Dushmandan omon-eson qutulgan Jaloliddin o‘zining oz 
sonli askari bilan Shimoliy Hindistonning bir chekkasiga o‘tib 
omonatgina jon saqlashga majbur bo‘lgan edi. Bundan xabar 
topgan Shatra viloyatining podshosi chaqirilmagan mehmonlar- 
ning og‘ir ahvolidan foydalanib, ulami daf qilmoqchi bo‘ladi va 
hujum uyushtiradi. Ahvolining tangligini hisobga olgan Jaloliddin 
tavakkal qilib Shatra podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi. 
Bu jangda g‘alabaga erishgan sultonga Shatra podshosining mingta 
otliq va besh mingta yaxshi qurollangan jangchilari taslim bo‘ladilar 
va uning tomoniga o‘tadilar. Bu muvaffaqiyatdan so‘ng tevarak- 
atrofdagi yangi-yangi kuchlar Jaloliddinga kelib qo‘shiladilar.
Hindiston shimolida o‘z davlatini barpo etgan musulmon 
lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish ham umumiy dushman -
mo‘g‘ullarga qarshi kurashmoq maqsadida 30 ming nafar otliq va 
100 ming nafar piyoda askarlarini olib Jaloliddin huzuriga keladi. 
Shamsiddin Eltutmish ixtiyorida 300 ta fil ham bor edi. Shu tariqa 
Jaloliddin Hindiston shimolida katta davlat barpo etadi, o‘z nomidan 
kumush va tilla tangalar zarb ettiradi hamda bir qator islohotlami 
amalga oshiradi. Shundan keyin Kavkaz va Iraq hududlarida 
mo‘g‘ullarga qarshi qattiq kurash olib borgan Jaloliddin bu yerlarda 
ham kuchli davlat barpo etadi va uning davlati 1231-yilgacha, ya’ni 
Jaloliddinning fojiali o‘limiga qadar mavjud bo‘ldi.
Mo‘g‘ullar bosqini davrida boshqa joylarda bo‘lgani kabi 
Afg‘oniston hududi ham butkul vayron etildi. Xo‘jalik hayoti, 
savdo-sotiq va madaniyat tamomila inqirozga uchradi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling