A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
A fg i oniston arab xalifaligi tarkibida
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barmoqiylar
- “G‘oziyIar”
A fg i oniston arab xalifaligi tarkibida
IX asrga kelib ham Xuroson hududida hali ham arablar hukmronligi davom etardi. Ammo ushbu hududda mustaqil markazlashgan davlat barpo etishga bo'lgan intilishlar kuchayib bordi. Bunday harakatlar arab istilochilarini har doim tahlika va qo‘rquv ostida saqlab turdi. Arablar joylardagi hatto o'zlaridan chiqqan hukmdorlarga ham shubha bilan qarar va ishonmas edilar. Arablaming Xurosondagi boshqaruviga chek qo‘yish tarafdorlaridan biri Xolid ibn Barmoq edi. Arablar bosqinining dastlabki bosqichida ularga xizmat qilgan Barmoqiylar Xuro- sonni idora qilish bilangina cheklanib qolmadilar. Ulaming ta’siri markaziy arab xalifaligida ham kuchli bo‘lgan. Abbosiylar hukm ronlik qilgan davrda qariyb ellik yil mobaynida davlatni idora qilishning mas’ul lavozimlari Balxdan chiqqan Barmoqiylaming qo‘lida bo‘lgan. Abbosiylar bunday mas’uliyatli lavozimlami barmoqiylar qo‘liga berishga majbur bo‘lsalar-da, biroq ulaming kuchayib borayotganligidan qo‘rqar edilar. 786-809-yillarda xalifalik qilgan Xorun ar-Rashidning barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich zarba berganligi buning isbo- tidir. Xorun Ar-Rashid barmoqiylarga qarshi kurashda hatto o‘ziga yaqin bo‘lgan qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan edi. Natijada Xurosonda Barmoqiylar o‘miga hokimiyat tepasiga Tohiriylar keladi. Tohiriylar ham Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo‘lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushang shahridan edi. Kuchli lashkarboshilik qobiliyatiga ega Tohir ibn Husayn 809-813-yillarda Xorun ar- Rashidning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida hokimiyat uchun bolgan kurashda Ma’mun tomonida bo‘ldi hamda unga Bag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi. 813-yilda Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach, Tohir ibn Husayn katta hurmat va e’tiborga loyiq, nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821-yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Uning qarorgohi Nishopur shahrida edi. Arab xalifaligi tarkibidagi eng katta viloyatlardan bo‘lmish Xuroson viloyatining noibi bo‘lib olgach, Tohir o‘z qo‘l ostidagi katta mulkni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq harakatni boshlab yubordi. U noiblikka tayinlangan kundan bir yil o‘tar-o‘tmas, jom e’ masjidida o‘qiladigan juma nomozidagi xutbadan xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o‘sha davr uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan vafot etdi. Shundan keyin Tohiming har bir qadamini kuzatib yurgan xalifa uni zaharlab o‘ldirgan degan gap tarqaldi. Xalifa bunday mayda-chuyda gaplarga asos qoldirmaslik maqsadida Xuroson noib- ligi taxtiga Tohir ibn Husaynning o‘g‘illari Talxa va Abulabbos Abdullohni navbat bilan noiblikka tayinladi va shundan so‘ng Tohiriylar sulolasiga asos solindi. Abulabbos Abdulloh noibligi davrida (830-844) Xuroson arab xalifaligiga rasman qaram - vassal bo‘lsa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib poytaxtni Marvdan Nishopurga ko‘chirdi. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida xalifalik hukmronligini xavf ostida qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turadigan xalq qo‘zg‘olonlari edi. Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 806-yilda isyonkor arab lashkarboshisi Rofi’ ibn Lays boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Xalifa- likni zirqiratgan ushbu qo‘zg‘olon Movarounnahr va Xuroson hududlarini qamrab oldi. Qo‘zg‘olonchilar Muqanna boshchiligida 769-783-yillarda bo‘lib o‘tgan isyon an’analarini davom ettirishdi. Ushbu qo‘zg‘olonni har galgidek turklar yana qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘zg‘olonchilar Samarqandni egalladilar. Xalifa Ma’mun bu harakatning xalifalik uchun o‘ta xavfli ekanligidan tashvishda edi va uni bostirish uchun turli vositalami ishga soldi. Nihoyat qo‘zg‘olon 810-yilda bostirildi. Uni bostirishda Somon ibn Asad hamda uning o‘g‘illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta hissa qo‘shdilar. Ular aslida Balx viloyatining Somon qishlog‘i oqsoqoli Somon Xu- dotning avlodlari boMganlar. Somoniylar xonadoni Balx xalqidan bo‘lib, zardushtiylik diniga mansub edilar. Bu xonadonning ulug‘i bo'lgan Somonxudot Balxning hokimi edi. Arablardan Xuroson hokimi etib tayinlangan Asad VIII asming o‘rtalarida Somon bilan do‘st tutindi va So mon islom diniga kirib, o‘z o‘g‘liga Asad ismini qo‘ydi. Ana shu Asadning o‘g‘illari mashhur shaxslar bo‘lib yetishdilar va IX asrda Abbosiy Ma’mun hukmronligi davrida Movarounnahr va Hirotning mahalliy hukumatlarini boshqardilar. 819-820-yillarda arab xalifasi Ma’mun Somon ibn Asad va uning farzandlari xizmatlari evaziga Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, Yahyoni Shosh va Ustrushonaga, Ilyosni esa Hirotga noib etib tayinladi. Shu tariqa Movarounnahr va Xurosonning bir qismida Somoniylar sulolasi qaror topdi. Albatta bu yerda Tohir ibn Husaynning Somon ibn Asad o‘g‘illarini yaxshi bilganligi va ularga xayrixohlik qilgani ham katta rol o‘ynagan. So mon hali Marvda noib bo‘lib turgan paytida Tohir ibn Husayn va xalifa Ma’munningdiqqatinio‘zigatortgan edi. Somon Ma’munning ta’sirida otashparastlik dinidan chiqib, islom dinini qabul qilgan edi. IX asming o‘rtalariga kelib Movarounnahming deyarli barcha hududi Ahmad va uning o‘g‘illari ta’siri doirasiga kirdi. Bu ishga Xurosonda hukmronlik qilayotgan Tohiriylar sulolasi vakili Tohir ibn Abdulla (844-862) qarshilik qilmadi. Chunki endi Somoniylar ustidan ilgarigidek ota-bobosi singari hukmronlik qila olmasligini yaxshi bilardi va Tohiriylar sulolasining o‘zi borgan sayin inqirozga yuz tutmoqda edi. IX asming 60-yillaridan e’tiboran Xurosonda Tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. “G‘oziyIar” asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumlarini bartaraf etish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin boiib, bu harakatni aka-uka Yoqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873-yilda Tohiriylaming qo‘shiniga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopumi egalladilar. Shu davrdan e’tiboran Tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar16 qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan Tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlaming o‘lka- ni to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda Somoniylar siyosiy kurash maydonida erkin harakat qila boshladilar. 888-yildan boshlab Somoniylar davlatini Ismoil (888-914) boshqara boshladi. 893-yilda Ismoil Somoniy ko‘chmanchi turk qabilalari ustiga yurish qildi. Bu yurishda u katta tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. Taroz (hozirgi Jambul) shahrini egalladi va turklaming xonini 10 ming askari bilan birga asir oldi. Bu jang davomida shu darajada katta o‘lja qo‘lga kiritildiki, oddiy jangchilar ham juda katta miqdorda daromad ko‘rishgan edi. Bu yurish Ismoilning dasht ko‘chmanchilariga qarshi uyushtirgan oxirgi va so‘nggi yurishi bo‘ldi. Chunki Ismoil ta’sir doirasining kengayib borayotganligi 16 «G‘oziylar» yetakchilari aka-uka Yoqub va Amrbinni Layslaming asli kasblari miskarlik bo‘lgani uchun ular hokimiyatni egallashganidan so‘ng davlat nomi ham ulaming kasbiga nisbat berilib «Safforiylar» deb atala boshlandi. Arab tilida «saffor» - miskar degani. Xuroson hukmdori Amr ibn Laysga ham, arab xalifasi Mu’tazid (892-902)ga ham xush kelmas edi. Shu bois xalifa bir o‘q bilan ikki quyonni urish maqsadida 900-yilda Ismoil bilan Xuroson hokimi SalToriy Amr ibn Lays o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Amr ibn Lays hukmronligi (879-900) davrida o‘zining aqlliligi va serg‘ay- ratliligi tufayli kuchli hokimiyat barpo qildi. Arab xalifasi undan qo'rqardi. Xalifa Amr ibn Laysni Xuroson bilan Movarounnahr ustidan ham hukmronligini ta’minlovchi farmon chiqardi. U mazkur farmoni bilan Amr ibn Lays hamda Ismoil Somoniyni to‘qnashtirib, o ‘rtada o‘zi yutib chiqishni mo‘ljallagan edi. Lekin voqealaming rivojlanib borishi xalifa umidlarini chippakka chiqardi. 900-yilda Somoniylar Safforiylar ustidan g‘alaba qozondi va ularga tegishli bo‘lgan hududlarda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. So moniylar Afg‘onistonning Xuroson va Tohariston viloyatlari, shu ningdek, Amudaryoning shimoliy hududlarini yagona davlatga birlashtirdi. Somoniylar va Safforiylar o‘rtasida bo‘lgan urushda Ismoil katta g‘alaba qozondi va uning davlati, kuch va qudrati yanada yuksaldi. Safforiylar qoldirgan meroslami o‘ziniki qilib olgan Is moil butun Xurosonni ham Somoniylar davlatiga qo‘shib oldi. Ismoil Somoniy davrida Xuroson va Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadul-abad ozod bo‘ldi va Somoniylaming hukmdorligi 100 yildan ortiq davom etdi. Somoniylar sulolasi o‘zining islom diniga bo‘lgan e’tibori, shuningdek, fors adabiyoti, ma’daniyatiga bo'lgan xislati tufayli ajralib turardi. Ammo bir qarashda qudratli bo‘lib ko‘ringan bu davlatni ich- ichidan yemirayotgan bir qator ijtimoiy ziddiyatlar bor ediki, buni hatto Ismoil Somoniy ham bartaraf eta olmadi. Bu markaziy hokimi yat bilan mahalliy hokimiyat vakillari o‘rtasidagi qarama-qarshilik edi. Somoniylar har qancha urinsalar-da, hozirgi Afg‘oniston hududidagi Seyiston, G ‘uzg‘on va G ‘aznani o‘zlariga batamom bo‘ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning hokimlari Somoniylaming markaziy hokimiyatini rasman tan olsalar-da, amalda mustaqil siyosat yurgizardilar. Ismoil Somoniydan so‘ng uning vorislari davrida Somoniylar sulolasi inqiroz sari yuzlandi. Somoniylar davrida qo‘shinda yetakchi mavqeni turk sarkardalari va g‘ulomlari egallagan edilar. Ularga hamma vaqt ham ishonib bo‘lmasdi. Afg‘oniston hududlarida hukmronlik qilgan keyingi sulola bu Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling