orasidan bir qator mohir lashkarboshilar ham yetishib chiqadi. Ana
shunday qo‘mondonlardan biri abdaliy qabilasi sadozoy urug'iga
mansub Ahmadxon bo‘lib, u yoshligidan Nodirshoh qo‘shinida
xizmat qilib, jang olib borishning barcha sir-sinoatlarini puxta
egallaydi.
Eron qo‘shinidagi sadoqatli
xizmatlari uchun Ahmadxon
tuman27 lashkarboshiligiga qadar ko‘tariladi. 1747-yilda Nodir
shoh suiqasd natijasida oMdirilgach, uning qo‘shinini
sarosima
qamrab oladi va mazkur qo‘shin bir-biriga dushman bo‘lgan bir
necha qismga boMinib ketadi. Ahmadxon tezda o ‘zi qo‘mondonlik
qiladigan afg‘on qabilalaridan iborat qo‘shin bilan Qandahorga
qaytadi. U o ‘zi bilan Nodirshoh
xazinasining katta qismini, shu
jumladan Nodirshoh 1739-yilda Hindistonga yurishi vaqtida qo‘l-
ga kiritgan mashhur “Ko‘hi Nur” nomli olmosni ham olib ketadi28.
Nodirshoh hukmronligiga barham berilgach, afg‘on
qabilalari
yetakchilari orasida mustaqil afg‘on davlatini barpo etish g‘oyasi
paydo bo‘ladi. 1747-yilda chaqirilgan afg‘on qabilalari sardorlari
yig‘ini - Loyya Jirg‘a29da yangi barpo
etilgan davlat hukmdori-
ni saylash masalasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur yig‘inda abdaliy
qabilasining bir qator yetakchilari
- Hoji Jamolxon Barakzoy,
Nasrulloxon Nurzoy, Muhabbatxon Popolzoy, Musoxon Is’hoqzoy,
Nur Muhammadxon kabilar qatorida
Ahmadxon Sadozoy ham
ishtirok etadi va ulaming barchasi afg‘on davlati hukmdorligiga
nomzod edi. Mazkur nomzodlar
orasidan ayniqsa, abdaliy qabilasi
27 10 ming nafar jangchidan iborat qo‘shin tuzilmasi.
28 Barfield, T. Afghanistan: a Cultural and Political History. - New Jersey:
Princeton University Press, 2010. - P. 98.
Do'stlaringiz bilan baham: