A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Bellew, H.W. The Races o f Afghanistan: Being a Brief Account o f the


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

33 Bellew, H.W. The Races o f Afghanistan: Being a Brief Account o f the 
Principal Nations Inhabiting that Country. - Calcutta: Thacker, Spink and Co.; 
- London: Trubner and Co., 1880. - P. 30-31.
34 Файз Мухдммад. Сирож ат-таворих. 1-3 жилд. Кобул, 1331—1333-х.й. 
(1 9 1 2 /1 3 - 1914/15).- Б . 56.


1759-1761-yillarda Shimoliy Hindistonni poytaxt Dehli bilan bir- 
ga egallaydi. Shu tariqa jami bo‘lib 2 mln. kv. km.dan ortiq hudud- 
ni o‘z ichiga oluvchi Ahmadshoh Durroniy hukmdorligidagi afg‘on 
davlati yuzaga keladi. Ammo Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan 
bunday ulkan davlat uning vafotidan so‘ng 1773-yilda parchalanib 
ketadi va Ahmadshoh vorislari qoMida hozirgi Afg'oniston hududi 
va Pokistonning g ‘arbiy hududlarini o‘z ichiga olgan hudud qoladi.
Ahmadshohning o ‘g ‘li Temurshoh (1773-1793) va undan 
so‘ng nevarasi Zamonshoh (1793-1801) hukmronligi davrida 
afg‘on qabilalarining markaziy hukumatga nisbatan bo‘ysunmaslik 
harakatlari avj oldi va bu afg‘on davlati mustahkamligiga zarba 
berdi. Temurshohdan so‘ng hukmronlik qilgan afg‘on hukmdorlari 
kuchli qabilalar yetakchilari qo‘lida hatto “qo‘g‘irchoq” hukmdorga 
aylanib qolishadi. Bu vaqtda Ahmadshoh davrida barakzoylaming 
yetakchisi bo‘lgan Hoji Jamolxon Barakzoyning o‘g‘li Poyindaxon 
Barakzoy ham o‘z urug‘ining yetakchisi, ham davlat ishlarida 
nihoyatga katta ta ’sir kuchiga ega amaldorga aylanadi. Poyindaxon 
Barakzoy davlat boshqaruvida katta lavozim - “sardorlar sardori” 
(qo‘shinda “qo‘mondonlar qo‘mondoni” yoki “amir ul-umaro”) 
lavozimini egalladi va aynan Zamonshoh (Temurshohning beshin- 
chi o ‘g‘li)ning taxtni egallashida katta xizmat ko‘rsatdi.
Zamonshoh hukmronligi davomida Panjobga bir necha marta 
harbiy yurish qiladi va shu vaqtdan afg‘on davlati bilan Hindis­
tonni o ‘z mustamlakasiga aylantirishni boshlagan Buyuk Britaniya 
o ‘rtasida manfaatlari to‘qnashuvi ro‘y beradi. Britaniyaning Ost- 
Indiya kompaniyasi Eron hukumatidan Zamonshohning tug‘ishgan 
ukasi Mahmudni afg‘on taxti uchun kurashda qo‘llab-quvvatlashini 
so‘raydi. Bu orada bir qator qabila sardorlari va e’tiborli davlat 
amaldorlarining Zamonshohga qarshi fitnasi fosh etiladi hamda 
fitna ishtirokchilari qatl etiladi. Qatl etilganlar orasida barakzoylar 
yetakchisi Poyindaxon Barakzoy ham bor edi. Fitnada Poyindaxon 
Barakzoyning o‘g‘li Fathxon ham ishtirok etadi, biroq u qatldan 
qochib qutuladi hamda taxtni egallashga da’vogar Mahmudga 
borib qo‘shiladi. Oz sonli qo'shinga ega Mahmud barakzoylaming


qo‘llab-quvvatlashi bilan Qandahomi egallaydi. Zamonshoh ularga 
qarshi Ahmadxon Nurzoy boshchiligida katta qo‘shin jo ‘natadi. 
Biroq, Fathxon Ahmadxon Nurzoyni o‘z tomoniga og‘dirishga 
muvaffaq bo‘ladi va isyonchilar Kobulni egallaydilar. Zamonshoh 
qo‘lga tushirilib, ko‘zi ko‘r qilinadi va Bolo Hisor hibsxonasiga 
jo ‘natiladi.
Taxtni Mahmudshoh (1801-1803) egallaydi va Fathxon bosh 
vazir lavozimiga tayinlanadi. Lekin Afg‘onistonda tinchlik uzoq 
davom etmaydi va afg‘on xalqi Mahmudshohga Eron hukmdorlari 
tomonidan qo‘yilgan qo‘g ‘irchoq hukmdor sifatida qarar edi. Afg‘on 
xalqining noroziligidan ustalik bilan foydalangan Mahmudshoh- 
ning ukasi Shujoulmulk (1803-1809) taxtni egallaydi.
Shujoulmulk hukmronligi davridan boshlab ingliz huku- 
matining Afg‘onistonga bevosita kirib kelishi boshlandi. 1809-yil 
fevralda ingliz hukumati Afg‘onistonga mashhur davlat arbobi, 
mohir diplomat Monstyuart Elfinston boshchiligida missiyani 
jo ‘natadi35. Shujoulmulk ingliz missiyasini Peshovar shahrida 
qabul qiladi va muzokaralar natijasida ingliz-afg‘on bitimi tuziladi. 
Mazkur bitimdan inglizlar Napoleonning Sharqqa yurishlariga 
qarshi afg‘on davlatidan foydalanish maqsadini ko‘zlagan boMsalar, 
Shujoulmulk esa inglizlar ko‘magida ichki raqiblariga qarshi 
kurashib o ‘z mavqeini mustahkamlab olmoqchi edi.
1809-yil iyunida ro‘y bergan navbatdagi davlat to‘ntarishi 
natijasida Shujoulmulk taxtdan ag‘dariladi va taxtni yana 
Mahmudshoh (1809-1818) egallaydi. Bosh vazir lavozimini qayta 
egallagan barakzoylar yetakchisi Fathxonning davlat ishlarida 
ta’siri nihoyatda o‘sdi. Fathxon o ‘z ukalarini davlatning muhim 
lavozimlariga tayinlaydi. Ular orasidan 1792-yilda tug‘ilgan Do‘st 
Muhammadxon alohida ajralib turar edi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling