barakzoy urug‘i yetakchisi Hoji Jamolxon Barakzoy juda katta
ta’sir kuchiga ega edi30.
Ushbu Loyya Jirg‘a davomida afg‘on davlati hukmdorini saylash
bo‘yicha sakkiz marta ovoz berish o‘tkazilishiga
qaramasdan, asosiy
da’vogar bo‘lib turgan Hoji Jamolxon Barakzoy abdaliy qabilasining
boshqa yetakchilari ovozini olishga va
qoMlab-quvvatlashiga erisha
olmaydi. Chunki abdaliy qabilasining boshqa urugiariga mansub
yetakchilar shundoq ham nihoyatda kuchli bo‘lgan barakzoylaming
yanada kuchayib ketishini va boshqalar ustidan hukmronlik yurgizishi-
ni xohlashmas edi. Shunday murakkab vaziyatda islom dini
peshvosi,
sufiylik tariqati yetakchisi - shayx Sobirshoh so‘z olib, afg‘on davlati
hukmdorligiga Ahmadxon Sadozoyni taklif etadi. Hoji Jamolxon
Barakzoy katta obro‘-e’tiborga ega Sobirshohning taklifiga qarshi
bora olmaydi va darrov Ahmadxon Sadozoyni qo‘llab-quvvatlab ovoz
berishini ma’lum qiladi. Shundan so‘ng, yig‘inda
ishtirok etayotgan
afg‘on qabilalarining boshqa yetakchilari ham Ahmadxon Sadozoyni
qo‘llab-quvvatlab ovoz beradilar hamda u davlat hukmdori deb e’lon
qilinadi va o‘ziga “shoh” titulini oladi. Shu vaqtda Ahmadshoh yigirma
uch yoshda edi31.
Shu o ‘rinda yuqoridagi Loyya Jirg‘a jarayonining yana bir
jihatiga alohida e ’tibor qaratish lozim. Ya’ni,
unda muhokama
qilinayotgan masala yuzasidan qaror qabul qilishda nisbatan
ko‘pchilikning ovozini olish yoki qo‘llab-quvvatlashiga erishish
orqali
masala hal etilmadi, balki barcha ishtirokchilaming yagona
bir fikrga kelishi orqali masalaning yechimiga kelindi. Shundan ham
o‘z davrida muayyan masalaning yechimi uchun ko‘pchilikning
ovozi talab etiladigan demokratiyaning o ‘ziga xos ravishda afg‘on
davlati boshqaruvida qoMlanilganligini ko‘rish mumkin32.
Do'stlaringiz bilan baham: